Mahsulot tannarxini aniqlashda amortizatsiya xarajatlari hisobi I. Kirish II. Asosiy qism
Download 388.39 Kb. Pdf ko'rish
|
MAHSULOT TANNARXINI ANIQLASHDA AMORTIZATSIYA XARAJATLARI HISOBI
X U L O S A
Hozirgi kunlarda har bir korxona va tashkilotlar mahsulot ishlab chiqarish tannarxini takomillash uni pasaytirishga qaratilgan ishlar olib bormoqda. Chunki bugungi kunda bozor iqtisodiyoti sharoiti ekan, korxonalar nafaqat ichki bozorlarda balki tashqi bozorlarda, o‟z raqobatbardoshligini oshirishga harakat qiladi. Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishda korxona moliyaviy holatining yuqoriligi juda ahamiyatga ega ekanligini. Korxonalarning mahsulot ishlab chiqarishida kerakli bo‟lgan zamonaviy texnologiyaning sotib olinishi mahsulot sifatini hamda hajmini oshirib, juda kup ijobiy natijalarni keltirib chiqaradi. Bulardan eng asosiysi mehnat unumdorligi. Chunki bugungi kunda mahsulot ishlab chiqarishda eng katta xarajatlardan biri mehnatga haq to‟lash xarajatlaridir. Ayrim korxonalarda, masalan kompyuter dasturlari ishlab chiqaruvchi va uni tuzatuvchi korxonalarda eng katta xarajat mehnatga haq to‟lash xarajatlari hisoblanadi. Bunday sharoitda korxonada ishchi hodimlardan samarali foydalanib, ular ishlab chiqarishini ko‟paytirish hamda mahsulot sifatini oshirish juda katta ahamiyat kasb etadi. Buning natijasida korxona mahsulot ishlab chiqarish tannarxi yanada tushadi. Mehnat unumdorligi oshirilishi natijasida mahsulot tannarxi tarkibiga kiruvchi ijtimoiy sug‟urta fondiga ajratmadan ham samarali foydalangan bo‟ladi. Bu ajratma ham korxona uchun asosiy xarajatlardan biri bo‟lib, mehnatga haq to‟lash xarajatlariga to‟g‟ri proporsional xisoblanadi. Agarda korxona mehnatga haq to‟lash xarajatlarining samaradorligiga erishilsa, o‟z navbatida mazkur xarajatning ham samaradorligiga erishgan bo‟ladi. Shunday qilib, mahsulot(ishlar, xizmatlar) yaratishda mehnat haq to‟lash xarajatlari asosiy xarajatlardan biri ekanligini ko‟rishimiz mumkin bo‟lar ekan va bu mavzuni qanchalik chuqur o‟rgansak, tahlil qilsak va shular orqali tannarxni kamaytirish to‟llarini topsak bu orqali korxonalar faoliyatini yanada kengaytirishga va daromadlarini oshishiga imkon yaratgan bo‟lar ekanmiz. 32 Yuqoridagi xulosalar asosida kurs ishimda quyidagi takliflarini keltirdim: 1. Sanoat korxonalarda xom ashyo va materiallardan samarali foydalanish, ya‟ni ulardan ortikcha isrofgarchilikka yul kuyilmasligi lozim. Aks xolatda korxonaning xom ashyo va materiallarga bo‟lgan xarajatlarini oshirib mahsulot ishlab chiqarish tannarxini oshiradi. Agarda ulardan okilona foydalanishni yo‟lga kuyilsa mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishga erishgan bo‟ladi. 2. Korxona ishchi xodimlaridan samarali foydalanishni yo‟lga kuyish orqali Mehnat unumdorligini oshirish lozim. Ulardan mahsulot ishlab chiqarishda sifat va mikdorining yaxshilashi ustidan nazoratni kuchaytirish lozim. Mehnat unumdorligi qancha oshsa mahsulot tannarxi xam shuncha kamayadi. 3. Korxonalarda ishchi xodimlarni kamaytirish va ularning o‟rniga taxnika vositalaridan ko‟proq foydalanish orqali mehnat unumdorligini oshirish va shu orqali mahsulot tannarxini kamaytirishga erishish. Download 388.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling