Inventarlashni o‘tkazish uchun byudjet tashkiloti tarkibida: -Byudjet tashkiloti rahbari yoki uning o‘rinbosari (komissiya raisi); - boshqa mutaxassislar (muhandislar, iqtisodchilar, texniklar va hokazolar) bo‘lgan doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyalari tuziladi. Ish beruvchining mulkiga yetkazilgan zarar hajmi, zarar uchun xodimning moddiy javobgarlik chegaralari va tartibini aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi. Bir oylik o‘rtacha ish xaqidan oshmaydigan yetkazilgan zarar summasini aybdor xodimdan undirish ish beruvchining farmoyishiga muvofiq amalga oshiriladi. Farmoyish yetkazilgan zarar aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechikmasdan chiqarilishi mumkin. (MEHNAT KODEKSI 207-modda) Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun quyidagilardan foydalanish mumkin: - ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan va ularning rasmiy dilerlaridan, tovar xom ashyo birjalaridan, ko‘chmas mulk birjalaridan yozma shaklda olingan xuddi shunday mahsulotga doir narxlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar;
b) Markaziy bankning kamomad (ortiqcha) aniqlangan sanadagi va tegishli mulkni sotib olish sanasidagi kurslarning nisbati shaklida aniqlangan hisob-kitob koeffitsiyentini qo‘llagan holda sotib olish sanasidagi (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda) mol-mulklarning erkin konvertatsiyalanadigan valyuta (EKV) dagi qiymati to‘g‘risidagi maʼlumotlar; v) tegishli davlat idoralarida mavjud bo‘lgan narxlar darajasi to‘g‘risidagi maʼlumotlar; g) inventarizatsiya o‘tkazilayotgan davrda ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda eʼlon qilingan narx darajalari to‘g‘risidagi maʼlumotlar; d) tegishli mol-mulkning qiymati to‘g‘risida baholovchining ekspert xulosasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |