Mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash


Download 4.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet75/119
Sana02.06.2024
Hajmi4.82 Kb.
#1836242
TuriУчебник
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   119
Bog'liq
masulotlarsifatinianiklasvasertifikatlas (1)

chigit sinfi;
 
chigit kategoriyasi;
— dala guruhi;
— to„daning haqiqiy va konditsion massasi, kg;
— hosil yili.
Taxlangan uyumlar 0„lchamlari bo„yicha quyidagilardan oshmasligi 
kerak:
40-jadval
Chigit turi
Uzunligi
Eni
Balandligi
Tukli chigitlarga
20
15
3
Tuksiz
chigitlarga
18
12
3
Uyumlar orasidagi masofa hamda uyumlar va xona devorlari orasidagi 
masofa 1 m dan каш boimasligi kerak.
Paxta mahsulotlarini standartlash va sertifikatlash «Sifat» markazi va 
«Paxta sanoat ilimiy markazi» AJ, g„o„za urug„chiligini nazorat qilish 
markazi, «Go„za seleksiyasi va urug„chiligi», «Paxta»,
О „ zdavurug„markazi tomonidan ishlab chiqildi.
Standartlash bo„yicha «Paxta» va «Navurug„nazorat» texnik 
uyushmalari tomonidan kiritildi.
131 


6.3. Texnik chigit namunalarini tanlash, qismlarga ajratish, 
nuqsonlarini aniqlash
 
Chigitning nuqsondorligini aniqlashdan maqsad - mag„zming rangini, 
ezilganligini, shikast yetganligini, mag„zi bo„sh bo„lgan chigitlarni toza 
chigitlardan ajratishdan iborat.
Texnik chigitlarni toza chigitlardan ajratish uchun nuqtali namunalar 
olish va tahlil qilish tartibi OzDSt 598-raqamli davlat standartida, 
nuqsonligini aniqlash 0„zDSt 597-raqamli davlat standartida aniq 
ko„rsatilgan.
Ushbu standartlaming talablari majburiy hisoblanadi.
Nuqtali namunalar olish
 
Maxsus omborlarda yoki maydonlarda sochilgan holda saqlanadigan 
chigit to„dasidan nuqtali namuna har xil 20 ta joydan, 10- 15 sm 
chuqurlikda qo„l bilan olinadi.
Temir yo„l vagonlarida keltirilgan chigit to„dasidan nuqtali namuna
chigit vagonlardan tushirilayotganda, qoi bilan bir xil vaqt oralig„ida 
olinadi. Vagondan olingan namunalar miqdori 20 tad an kam bo„lmasligi 
kerak.
Avtotransportda keltirilgan chigit to„dasidan namuna chigit 
mashinalardan tushirilishidan oldin namuna oluvchi qisqich bilan har bir 
transport vositasidan 10 ta joydan har xil chuqurlikda va tushirilgandan 
keyin ham 10 ta joydan har chuqurlikda olinadi.
Chigit transportyorlar orqali uzatilganda, undan namuna olish paxta 
zavodida qo„l bilan shnekning chiqish uchidan yoki PXS tipidagi mexanik 
namuna tanlagich bilan chigit tashlagich novidan, yog„-moy zavodlarida esa 
transportyordan keyin amalga oshiriladi.
Namuna olish vaqti qo„lda olinganda -2 soatda, PXS namuna olgichda 
esa 7-10 daqiqada amalga oshiriladi.
Bitta nuqtadan olingan namunaning vazni temir yo„l vagonlaridan 
olinganda kamida 100 g, avtotransportdan olinganda kamida 200 g, 
transportyorlardan olinganda kamida 600 g, PXS namuna olgichda 
olinganda esa kamida 40-60 g boiishi kerak.
Olingan namunalar zich yopiladigan qopqoqli bankalarga yoki 
polietilen qopchalarga joylashtiriladi.
132 


To„dadan olingan namunalaming yig„indisi birlashtirilgan namu- nani 
tashkil qiladi, uning vazni esa 2 kg dan kam bo„lmasligi kerak

Download 4.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling