Mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash
Quritish shkafida namlikning vazni ulushini aniqlash
Download 4.82 Kb. Pdf ko'rish
|
masulotlarsifatinianiklasvasertifikatlas (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 0„Ichashning xatolik me‟yori
Quritish shkafida namlikning vazni ulushini aniqlash
Har bir namuna chigitni maydalash uchun ishlatiladigan taram- taram valikli qurilma orasidan o„tkaziladi yoki temir havonchada maydalanadi. Agar namlik 12 % dan yuqori bo„lsa (chigitlar maydalanmaydi), unda har bir namuna qism quritish shkafida 110±1,5°C da bir soat mobaynida quritilib keyin maydalanadi. Maydalangan namuna qismlar byuksga solinadi. Ochiq byukslardagi namunalar 110±1,5°C gacha qizdirilgan quritish shkafiga joylashtiriladi. 4 soatdan keyin byukslar chiqariladi, ulaming usti yopilib, sovitish uchun 30 daqiqaga eksikatorga joylashtiriladi. Namuna qismlar solingan byukslar sovitilgach, o„lchanadi, shundan keyin bo„shatilgan byukslarning o„zi ham ikkinchi o„nli qiymatgacha aniqlikda oichanadi. USX-1 yoki VXS-MI rusumli termonamoichagichda namlikning vazniy ulushini aniqlash. Ishga tayyorlangan termonamoichagichning 136 quritish zonasida chigitning namuna qismi bir tekis qilib yoyiladi, qopqogi zich qilib yopilib, vaqtni 0„lchash relesining tugmasi bosiladi. Quritish boshlangandan rosa 4 daqiqadan keyin quritish kamerasi ochiladi, namuna byuksga yig„iladi, byuks berkitilib, 0„lchab quritiladi. So„ngra qopqoq bilan yopilgan bo„sh byuks 0„lchanadi. Tortish ikkinchi o„nli qiymat aniqligigacha o„lchanadi. Katta miqdordagi o„lchovlarda boshidagi 2-3 marta oichan- gandagi byuksning vazni 0,01 g dan ortiq o„zgarmasa, u holda qolgan olchovlarda bo„sh byuks o„lchanmasi ham bo„laveradi. Keyinchalik esa bo„sh byuksning vazni har 10 o„lchovdan keyin tekshirib turiladi. Quritish shkafi yordamida o„lchovlar olib borilganda oxirgi natija qilib bir vaqtning o„zida o„tkazilgan to„rtta o„lchovning o„rta arifmetik qiymati olinadi. 0„Ichashning xatolik me‟yori Quritgich shkaflari qoilab, namlikning vazniy ulushini aniqlash usulida parallel quritilgan namunalar orasidagi tasodifiy xatolikni tashkil qiluvchi o„rtacha kvadratik tafovut 0,1 abs. %; — ishonchlilik ehtimolligi 0,95 bo„lganda namlikni oichashda- gi sistematik xatolik chegarasi 0,1 abs. %; — to„rtta parallel quritilgan namunalami aniqlashda oxirgi natijalar orasidagi tafovut 0,5 abs. %. Termonamo„lchagichlarida namlikning vazniy ulushini aniqlash usulida parallel quritilgan namunalar orasidagi o„rtacha kvadratik tafovut 0,15 abs. %; — ishonchlilik ehtimolligi 0,99 boiganda namlikni oichashda- gi tizimli xatolik chegarasi 0,5 abs. %; — ikkita parallel aniqlashning natijalari orasidagi ruxsat etilgan tafovut 0,5 abs. %. Ta‟minlovchi va iste‟molchining laboratoriya tahlillarining natijalari o„rtasidagi tafovut 0,5 % dan oshmasligi kerak. 137 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling