0„rtacha namunaning nazorat qismini saqlash tartibi va
muddati
Namunaning nazorat qismi ajratilgandan keyin o„sha zahotiyoq zich
yopiladigan qopqoqli bankaga yoki polietilen qopchalarning ichiga
joylashtiriladi, so„ngra olingan muddati, to„da nomeri ko„rsatilgan yorliq
solinadi va 15 kungacha saqlanadi. Saqlash muddati, agar chigitning
buzilish belgilari ko'rinsa, qisqartirilishi mumkin, bu esa o„z navbatida
tuzilgan dalolatnomada qayd qilinadi.
Nuqsonli chigitni aniqlash usuli mag„zining rangiga qarab ajratilgan
past sifatli va shikastlangan chigitlarga asoslangan.
Nuqsonli chigitlardan 598-raqamli standart bo„yicha namuna tan-
lanadi va namuna qismi ajratiladi. Mineral va organik aralashmalaming
vazniy ulushi 599-raqamli standart bo„yicha aniqlanadi.
Bu standart bo„yicha iflos aralashmalardan tozalangan chigit-ning
xohlagan ikkita joyidan har biri 100 ta chigitdan iborat bo„lgan ikkita
namuna qismini ajratib, so„ngra tortish kerak, ular 0,01 g gacha xatolikda
tortiladi.
Har bir namuna qismidan mag„zi yarmidan kam bo„lgan urilgan va
shikastlangan chigit, chigitning butun mag„zi va uning qismlari ajratiladi.
So„ngra butun chigit ko„ndalangiga kesib ko„riladi.
Qizish jarayonida boigan, mag„zining rangi shu navning 596- raqamli
standart bo„yicha ko„rsatilgan rangidan to„qroq boigan chigit ajratib olinadi
va uni shikastlangan chigit solingan byuksga joylashtiriladi.
Mag„zi puch va mag„zi qora rangli boigan chigitni alohida byuksga
joylashtiriladi. Ajratilgan chigit tortiladi. Nuqsondor chigitning (D) vazniy
ulushini foizlarda quyidagi formula bo„yicha hisoblanadi:
Agar ikki parallel ta‟rifhirig o„rtasidagi farq yuqorida ko„rsatilgan
qiymatlardan oshmasa, oichov natijasi qilib, ulaming o„rta arifimetik
qiymati qabul qilinadi, aks holda tahlil takrorlanadi. Agar takror aniqlashda
ham tafovut ruxsat etilgandan oshsa, u holda nuqson chigitning vazniy
ulushi to„rtta ta‟rifhing o„rta arifmetik qiymati bo„yicha hisoblanadi.
134
Do'stlaringiz bilan baham: |