Mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash


Chetdan olib kelinadigan va chetga olib chiqib ketiladigan


Download 4.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet99/119
Sana02.06.2024
Hajmi4.82 Kb.
#1836242
TuriУчебник
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   119
Bog'liq
masulotlarsifatinianiklasvasertifikatlas (1)

Chetdan olib kelinadigan va chetga olib chiqib ketiladigan 
mahsulotlarni majburiy sertifikatsiyalashtirish
 
Majburiy 
sertifikatsiyalashtirilishi 
lozim 
boigan 
mahsulotlarni 
0„zbekiston Respublikasiga yetkazib berish uchun tuziladigan
174 


kontraktlar (shartnomalar) shartida mahsulotlarning belgilangan talablarga 
muvofiqligini tasdiqlovchi, O„zbekiston standartlashtirish agentligi 
tomonidan berilgan yoki e‟tirof etilgan muvofiqlik sertifikatlari va 
muvofiqlik belgilari boiishi nazarda tutilishi kerak.
Milliy muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilari yoki boshqa 
davlatlaming 0„zbekiston standartlashtirish agentligi tomonidan e‟tirof 
etilgan muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilari arizachi (mahsulot 
yetkazib beruvchi) tomonidan bojxona nazorati idoralariga yukka taalluqli 
bojxona deklaratsiyasi bilan birgalikda taqdim etiladi va ular mahsulotni 
respublika hududiga olib kirishga ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar 
hisoblanadi.
Chetdan 
olib 
kelinayotgan 
mahsulotning 
xavfsiz 
ekanligini 
tasdiqlovchi hujjati boimagan taqdirda bojxona nazorati idoralari bu 
xususda «0„zbekiston standartlashtirish agentligi»ni xabardor etadilar
hamda mahsulotni sertifikatsiyalashtirishdan oikazish yoki chet el 
sertifikatini e‟tirof etish to„g„risidagi masala sertifikatsiyalashtirish milliy 
tizimi qoidalariga muvofiq hal etilgunga qadar bu mahsulotni chetdan olib 
kirishni ta‟qiqlab qo„yadilar.
Sertifikatsiyalashtirilishi shart boigan mahsulotlarni 0„zbekiston 
Respublikasi hududidan olib chiqish tartibini 0„zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Majburiy sertifikatsiyalashtirish ishlarining davlat tomonidan
 
moliyaviy ta‟minoti
 
Quyidagi ishlar:
- sertifikatsiyalashtirishni rivojlantirishning istiqbollarini, hamda uni 
oikazish qoidalari va tavsiyalarini ishlab chiqish;
- sertifikatsiyalashtirish sohasida rasmiy axborotlar bilan ta‟minlash;
- xalqaro (mintaqaviy) sertifikatsiyalashtirish tashkilotlari ishida 
qatnashish, hamda chet el milliy sertifikatsiyalashtirish idoralari bilan 
birgalikda ishlar oikazish;
- sertifikatsiyalashtirish yuzasidan xalqaro (mintaqaviy) qoidalar va 
tavsiyalar ishlab chiqish, hamda ulami ishlab chiqishda qatnashish;
175 


- sertifikatsiyalashtirish yuzasidan umumdavlat ahamiyatiga molik 
ilmiy-tadqiqot ishlari va boshqa ishlar olib borish;
- sertifikatsiyalashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan hamda 
sertifikatlangan mahsulot ustidan davlat tekshiruvi nazorati olib borish 
ishlari davlat tomonidan moliyaviy ta‟minlanadi.

Download 4.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling