Fanning ta`limdagi o`rni
Talabalar nazariyada olgan bilim, malaka va ko`nikmalarini rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar maxsus maktab-internatlaridagi amaliyotda takomillashtiradilar. Nazariy bilimlarini ilk bor hayotga tatbiq etish ko`nikmalari hosil qilinadi. SHuning uchun ushbu fan asosiy ixtisoslik fani hisoblanadi, defektolog kadrlarni tayyorlash jarayonida muhim ahamiyatga egadir.
Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalar
Talabalarni maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi fanini o`zlashtirishlari uchun o`qitishning ilg`or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish muhim ahamiyatga egadir. Ma`ruza hamda amaliy mashg`ulotlarga mos ravishda ilg`or pedagogik texnologiyalar qo`llaniladi. Mazkur fanni o`qitish jarayonida zamonaviy metodlar, pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarini qo`llanilishi nazarda tutilgan:
- maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi fani bo`yicha ma`ruzalar darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektoron texnologiyalar;
- maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi fani bo`yicha amaliy mashg`ulotlarda aqliy hujum, kichik guruh munosabatlari, PMK, FSMU, elkan, 3 bosqichli intervyu, gamburger texnologiyalarini qo`llash nazarda tutiladi.
Asosiy qism
Fanning nazariy mashg`ulotlari mazmuni
Eshitishida nuqsoni bor bolalar nutqini o`stirish Nutq o`stirish kursining mazmuni va vazifalari
Kursning nazariy va amaliy mohiyati. Boshqa fanlar aloqasi, tekshirish metodlari. Fan sifatida hozirgi vaqtdagi holati. Jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalarga hamda shaxslarga ta`lim-tarbiya beri shva ularning sog`lig`ini saqlash masalalariga oid ishlari farmonlari. Milliy dastur, ta`lim qonunlari.
Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish
Nutqning tovush madaniyati tushunchasi. Bolalarni atrofdagilar bilan nutqiy munosabatini o`stirish, bola nutqiy munosabatini o`stirish, bola shaxsini umumiy rivojlanishi va ularni maktabga tayyorlashda nutqning roli maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni bor bolalar tovushlar talaffuzi va intonatsiyani ifodalash vositasining o`ziga xos xususiyatlari. eshitish va nutq harakat analizatorlarning roli. eshitishida nuqsoni bor bolalar nutq apparatining anatomo-fiziologik xususiyatlari va ularning tovushlari talaffuziga ta`siri. YOsh guruhlarda tovush madaniyatini shakllantirishning ish tizimi. Fonematik idrokini rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |