Махсус фан дастури сурдо йуна


Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni


Download 1.58 Mb.
bet17/25
Sana27.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1132115
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
10068 1 мактабгача сурдопед

Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni

Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi – o`qituvchining rahbarligi va nazorat ostida talabada muayyan o`quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo`lgan bilim va ko`nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir.


Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o`zlashtirish ko`nikmalariga ega bo`lish;

  • kerakli ma`lumotlarni izlab topish qulay usullari va vositalarini aniqlash;

  • axborot manbalarni va manzillaridan samarali foydalanish;

  • an`anaviy o`quv va ilmiy adabiyotlar, me`yoriy hujjatlar bilan ishlash;

  • Internet tarmog`idan maqsadli foydalanish;

  • berilgan topshiriqning ratsional echimini belgilash;

  • ma`lumotlar bazasini tahlil etish;

  • ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert xulosasi asosida qayta ishlash;

  • topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshish;

  • ishlab chiqish yoki g`oyani asoslash va mutaxassislar jamoasida himoya qilish.

Mustaqil ta`lim talabalarning, nazariy bilimlarini yanada boyitish, darsdan tashqari holatda mustaqil bilim ko`nikmalarini egallashlari uchun manba bo`lib xizmat qiladi. Ayniqsa, kadrlar tayyorlashning hozirgi sifat bosqichida mustaqil ta`limga alohida e`tibor qaratilib, o`quv jarayonining ajralmas qismi sifatida muayyan soatlar ajratilgan. Mustaqil ta`limda ko`zda tutilgan asosiy maqsad talabalarni yangicha fikrlash va mushohada qilishga o`rgatish, nazariy va amaliy bilimlarini mukammallashtirish uchun to`liq, imkoniyatlar yaratishga qaratilgan, o`qituvchi dars jarayonida talabalarning har biriga fanga doir zamonaviy mavzularni mustaqil ishlashlari uchun topshiradi. Talabalar o`zlariga biriktirilgan mavzularni referat, lektsiya shaklida tayyorlab, seminar-amaliyot darslarida lektsiya qilib, keng doirada muhokama qilishadi. Talabalar ba`zi bir mavzular bo`yicha adabiyotlarni qiyosiy tahlil qilib, dars jarayonida o`rganib chiqadilar. Mustaqil ta`limning qisqacha mazmuni berilgandan so`ng, namunaviy mavzulari beriladi.
Mustaqil ta`limning namunaviy mavzulari talabalar mustaqil o`rganadigan lektsiya va amaliy mashg`ulotlardan beriladi. Mustaqil ta`limning namunaviy mavzulari talabalarning fan bo`yicha nazariy bilimlarini mustahkamlashga, mavzularni tushunish qobiliyatini maksimal darajada rivojlantirishga, umumiy dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning tahminiy mavzulari:



  1. Imo-ishora nutqini so`zlashuv nutqini rivojlanishiga ta`siri.

  2. Nutq o`stirish bo`yicha korrektsion faoliyatining olib borish tartibi.

  3. Daktil nutqning nutq o`stirishda tutgan o`rni.

  4. Bolalarning atrofdagilar bilan nutqiy munosabatlarini o`stirish.

  5. Lug`at ishi metodikasi.

  6. ENB bolalarning nutq apparatining anotomo-fiziologik xususiyatlari va ularning tovushlar talaffuziga ta`siri.

  7. ENB bolalarning nutqni o`stirish va maktabga tayyorlash.

  8. So`zlashuv nutqga o`rgatish.

  9. So`zlashuv nutqga qo`yiladigan talablar.

  10. Atrof-muxit bilan tanishtirish metodlari.

  11. Turli yosh guruhlaridagi bolalarni jonli tabiat bilan tanishtirish.

  12. Bolalarni vatanga muhabbat ruxidi tarbiyalash.

  13. O`yin turlari.

  14. ENB bolalarning ijodiy o`yinlarni tashkil qilish metodikasi.

  15. Syujetli rolli o`yinlarni tashkil qilishning mazmun mohiyati.

  16. Rasm chizishga o`rgatish.

  17. Yopishtirish va qurish, yasashga o`rgatish metodikasi.

  18. ENB bolalarga oddiy matematik tasavvurlarni shakllantirishning mazmuni.

  19. Fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish.

  20. ENB bolalar surdopedagog va tarbiyachiga taqlid qilish asosida xulq malakalarini shakllantirish.

  21. Madaniy gigienik malakalarini rivojlantirish asosida so`zlashuv nutqiga o`rgatish.

  22. Nutqning lug`aviy tarkibini shakllantirish.

  23. 2 dialogik nutqni rivojlantirish.

  24. Monologik nutqni rivojlantirish.




Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling