Amaliy mashg`ulotlarni tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar
Maktabgacha tarbiya metodikasi fanida rejalashtirilgan amaliy mashg`ulotlari butun kurs mazmunini qamrab olgan. Amaliy mashg`ulotlarda talabalar fan bo`yicha ajaratilgan mavzularni amaliy jihatdan o`rganadilar.
Amaliy mashg`ulotlarning tavsiya etiladigan mavzulari:
Eshitishida nuqsoni bor bolalar nutqini o`stirish. Dastur tahlili va nutq o`stirish bo`yicha ishlarni hisobga olish va rejalashtirish. Dasurning «Nutq o`stirish» bo`limini tahlil qilish. Bo`limning mazmuni va ajratilgan soatlari. Har bir guruhda olib boriladigan mavzular. Mavzularni bolalarning individual va yosh xususiyatlariga mosligi. Bolalar bog`chasida nutq o`stirish bo`yicha ishlarni rejalashtirishning ahamiyati. Ishlarni rejalashtirish printsiplari. Kalendar va perspektiv ish rejalariga talablar. Pedagogning ish rejasida bolalar bilan individual ishlar. Nutq o`stirish bo`yicha ishlarni hisobga olish va uning ahamiyati.
Maxsus bolalar bog`chasida nutq o`stirish bo`yicha korrektsion pedagogik ish tizimi. eshitishida nuqsoni bor bolalar nutqini fonetik, leksik, grammatik tomonlarini tekshirish va olib boradigan korrektsion-pedagogik ish tizimini kuzatish. eshitishida nuqsoni bor bolalarning nutq rivojlanishini o`ziga xos xususiyatlarini aniqlash.
Eshitishida nuqsoni bor bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish. Dastur tahlili. Tevarak-atrof bilan tanishtirish mashg`ulotlarini rivojlantirish va hisobga olish. Dasturning tevarak-atrof bilan tanishtirish bo`limining tahlili. Dasturning tuzilish printsiplari. Tevarak-atrof bilan tanishtirish bo`limining mazmuni va ajratilgan soatlari. Mavuzlarningn bolalarni individual va yosh xususiyatlariga mosligi. Turli yosh guruhlarda tevarak-atrof bilan tanishtirish bo`yicha ishlarni rivojlantirish. Rejalashtirishda mavsumiy o`zgarishlarni hisobga olish. Mavsumiy o`zgarishlar bo`yicha mashg`ulot va ekskursiyalar tizimini rivojlantirish.
Mashg`ulot kuzatish va tahlil qilish. Maxsus bolalar bog`chasida tevarak-atrof bilan tanishtirish mashg`ulotlarini kuzatish va tahlil qilish. Pedagog tomonidan qo`llaniladigan metodlarini daftarga belgilash.
Do'stlaringiz bilan baham: |