Fanning o`quv rejadagi boshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Psixologik praktikum fani ixtisoslik fani hisoblanadi. Dasturni amalga oshirish o`quv rejasida rejalashtirilgan umumiy pedagogika, psixologiya, oligofrenopsixologiya, oligofrenopedagogika, surdopedagogika, surdopsixologiya, tiflopedagogika, tiflopsixologiya kabi qator fanlardan etarli bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlik talab etiladi.
Fanning ta`limdagi o’rni
Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash, ijtimoiy moslashuvining samarali bo’lishi uning imkoniyatlarini va rivojlanish xususiyatlarini bilishga bog’liqdir. To’g’ri tashkil etilgan korrektsion-pedagogik ishlar olib borish integratsiyaning samarali bo’lishi asosi hisoblanadi.
Shuning uchun ushbu fan ixtisoslik fani hisoblanib, rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni tarbiyalash, o’qitish tizimining ajralmas bo’g’inidir.
Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Ushbu fanni o`rganishda talabalar o`qitishning ilg`or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir.
Mazkur fani o`qitish jarayonida ta`limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-texnologiyalari qo`llanilishi nazarda tutilgan.
-maxsus pedagogika yo`nalishlari bo`yicha ma`ruzalar darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektoron texnologiyalar;
- rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, shakllari, usullari, tamoyillari bo`yicha mavzularda o`tkaziladigan amaliy mashg`ulotlarda «Aqliy hujum», «BBB» kabi pedagogik texnologiyalardan;
- rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar maxsus korrektsion mashg`ulotlar tashkil etish usullarini aniqlash, tahlil etish bo`yicha amaliy mashg`ulotlarda kichik guruh munosabatlari, «PMK», «FSMU», «Elkan», «3 bosqichli intervyu», «Gamburger» texnologiyalarini qo`llash nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |