Mahsus pedagogikaning klinik asoslari
Roland yoki markaziy egatcha
Download 1.47 Mb.
|
Document
Roland yoki markaziy egatcha miya yarim sharlarining yuqori gichetidan, Silviyev egati tomon pastga qarab yo‘nalgan bo'lib, kata yarim sharlarning peshana bo'lagini tepa bo'lagidan ajratadi. Shuningdek, ensa tepa egatchasi kata miy ayarim sharlarining orqa tomonida ko'ndalang yo'nalgan bo'lib, ensa bo'lagini tepa bo'lagidan ajratadi. Har qaysi bo'lakda mayda egatchalar bo'lib, ular pushtalar yordamida bir-biridan ajraladi. Katt amiya yarim sharlarining orolcha bo'lagi Silviyev yorig'ining chuqurligida yotadi, peshana, tepa, chakka bo'laklari bilan o'ralgan bo'ladi.
Peshana bo'lagida to'rtta: oldingi markaziy, yuqorigi, o'rta va pastki pushtalar bo'ladi. Oldingi markaziy pushta Roland egatining oldida joylashgan, qolgan uchtasi ko'ndalang joylashgan. Tepa bo'lagida uchta: orqa markaziy va ikkita ko'ndalang pushtalar ajratiladi. Chakka bo'Iagining yon yuzasida uchta, pastki yuzasida esa ikkita pushta ajratiladi. Ensa bo'lagida uchta kichikroq pushta bo'ladi. Bosh miya katta yarim sharlar po'stlog'i. Bosh miya katta yarim sharlarining kulrang moddasi bosh miyaning yuza qismida joylashgan bo'lib, u miya po'stlog'i deb nomlanadi. Miya po'stlog'i nerv hujayralari tanasining to'plamidan tuzilgan 2—4 mm qalinlikda bo'ladi. Miya po'stlog'i bosh miya katta yarim sharlari egatchalari ichiga ham o'tib, 2200 mm yuzani hosil qiladi. Bu yuzaning 1/3 qismi egatcha hisobiga hosil bo'ladi, 2/3 qismi erkin yuza hisoblanadi. Bosh miyaning katta yarim sharlar po'stlog'i filogenetik jihatdan uning eng so'nggi qismi hisoblanadi. Po'stloq hujayralarida tashqi va ichki ta’sirni qabul qilish, analiz qilish, sintez qilish protsesslari va unga javob reaksiyasi hosil bo‘ladi. Miya po’stloghda hosil bo‘lgan impulslar ixtiyoriy harakatlarni vujudga keltiradi. Miya po‘stlog‘idagi hujayralar joylashishi va shakliga qarab 6 qavat, ba’zi qismlarda undan ham ko‘p (ensa 9 qavat) bo‘ladi. Eng ustki birinchi qavat molekulyar qavat deyilib, u mayda neyrogliya hujayralari va boshqa qavatda joylashgan nerv hujayralari o‘simtasidan iborat. Ikkinchi qavat tashqi donachali qavat deyilib, u zich joylashgan yumaloq va ko‘p burchakli mayda nerv hujayralaridan tuzilgan. Uchinchi piramidasimon qavati turli hajmdagi piramidasimon hujayralardan tashkil topgan. To‘rtinchi qavat donador ikki qavat bo‘Iib, mayda hujayralardan tashkil topgan. Beshinchisi tugunli qavat bo’lib, unda yirik piramidasimon hujayralar joylashgan. Miya po‘stlog‘ining ba’zi qismlari juda yirik nerv hujayralaridan tashkil topgan. Oltinchi qavati duksimon va piramidasimon hujayralardan iborat bo'lib, har xil shakldagi hujayralar qavati deyiladi. Ba’zan bu qavat ikkiga, ya’ni duksimon va piramidasimon qavatga bo‘Iib o’rganiladi. Miya po‘stlog‘ining hidlash qismida hujayralar bcsh qavat bo‘ladi. Ba’zi mualliflar ma'lumotiga ko‘ra, miya po‘stlog‘i hujayralarining umuniiy soni taxminan 14 mlrd ga yetadi. Piramidasimon hujayralar harakat hujayralari bo’lib, uzun o’simtalari — aksonlari muskullarga impuls o'tkazadi. Yulduzsimon hujayralar esda saqlash nerv protsesslarining almashinishida ishtirok etadi. Duksimon hujayralar po’stloq ichiga qochuvchi sistemalar bilan bog'laydi. Miya po‘stlog‘ining yuqori qavatlarida uzun o‘simtali hujayralar bo’lib, ular miya yarim sharlarining oq moddali qismiga o‘tib, miya po'stlog‘ining turli qismlarida va miya yarim sharlaridagi markazlarni bir-biri bilan bog'laydi. Katta o’simtali hujayralar miya po‘stlog‘idagi markazlarni bir-biri bilan bogMaydi. Shunday qilib. odam bosh miya po'stlog’i tuzilishining hayvonlar bosh miya po‘stlog‘iga qaraganda takomillashganligi, murakkabligi mayda O‘simtali hujayralarining ko’pligiga, miya po‘stlog‘i hajmining kattaligiga, turli markazlarni bog'lovchi assotsiativ nerv hujayralarining rivojlanganligiga bog'liq. Miya po‘stlog‘idagi markazlar. Bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ini juda ko‘p olimlartekshirib, miya po'stlogdda ta’sirni qabul qilib olish harakat va assotsiativ funksiyalar bajarilishini aniqlaganlar. Hayvonlarda bosh miya po'stlogd ayrim qismlarini olib tashlash va shartli reflekslar metodi bilan olingan ilmiy ma’lumotlar natijasida miya po'stlogdda tashqi dunyodagi ta’sirlarni qabul qiluvchi va organizmda turli funksiyalarning nerv markazlari joylashganligi isbotlangan. Miya po‘stlog‘ida nerv markazlari juda ko‘p bodib, bular morfologik, llziologik jihatdan bir-biridan farq qiladi. Uning ensa qismida ko'rish ta’sirlarini qabul qilib oladigan ko‘rish markazi (19) joylashgan, chakka bodimida Kortiyev organidan kelayotgan ta’sirni qabul qilib oluvchi eshitish markazi (41,42), oldingi markaziy pushtada harakat nerv markazlari (6), keyingi markaziy pushtada sezishning oliy markazi joylashgan. Bulardan tashqari, miya yarim sharlarining 44—45, 6, 39, 41—42-qismlari bilan bogdangan nutq-eshitish, nutq-harakat, nutq-ko'rish va boshqa analizatorlarning yozma va og‘zaki nutq bilan bogdiq bodgan markazlari joylashgan. Bazal hujayralar (asos yadrolari) filogenctik jihatdan qaraganda miya po'stlogddan oldin paydo bodgan yirik yadrolardir. Bularga: dumsimon; yasmiqsimon; ihota (to'siq); bodomsimon yadrolar kiradi. Dumsimon yadro ko'rish bo'rtigdni oldindan, yuqoridan va yondan o'rab turadi. Yasmiqsimon yadro ko'rish bo'rtiqlaridan tashqarida joylashgan bodib, uch qirrali piramida shaklida bodadi. Bosh miya katta yarim sharlaridagi bu yadrolar eng muhim harakat yadrolari hisoblanadi. Bosh miya asosiy patoiogiyasi. Bosh miya kasal 1 i к lari n i o'z navbatida 2 guruhga bodib o'rganish mumkin: 1. Bosh miyatiing tug'ma kasalliklari 2. Bosh miyaning inson hayoti davomida orttirilgan kasalliklari. Bosh miyaning tugdna kasalliklariga: Gidrosefaliya; Ensefalopatiya; Anensefaliya; Bosh miyaning tug‘ma nuqsonlari (o'smalar, yetishmovchiliklar va h.k.). Gidrosefaliya atamasi grekcha gidrosistem — suv ma’nosini beruvchi so‘zdan va kefal — bosh ma’nosini beruvchi so‘zdan olingan. Bosh miyadagi orqa miya suyuqligi (likvor)ning haddan ortiqligini bildiradi. Qoidaga ko’ra, qorincha sisteniasining ba’zi qismlaridagi delatatsiya borligi va miya ichi suyuqligining oshishi qanday yuzaga kelishini ko'rsatadi. Gidrosefaliyaga olib keluvchi Under-stand mexanizmlari bosh miyadagi tayanch qorincha sistemasi tushunchasi uchun zarur. Qorincha sistemasi to’rtta g‘ovak bo‘shliqdan iborat (ya’ni qorinchalar) bodib, ular bir-biri bilan kanallar (ya’ni cho’zinchoq) yordamida bogdangan. Miya ichi suyuqligi — bu tiniq suyuqlik bodib, qorinchada joylashgan tomir to’qimasi hisoblanadi. Miya ichi suyuqligi birqancha funksiyalarga ega. Shu jumladan, miyani yumshatib, uni shokdan himoyalaydi. Uni oziq moddalar bilan ta’minlaydi va markaziy nerv sistemasining umumiy harakatini boshqaradi, ishlab chiqarish chiqindilarini yo‘q qiladi va bioximikatlarni yetkazib beradi. Gidrosefaliya tug’ma yoki orttirilgan bodishi mumkin, shu bilan birga rivojlanishning har xil bosqichida sodir bodadigan tibbiy sharoitlar ham gidrosefaliyaga olib kelishi mumkin. Shunday qilib gidrosefaliyaning o'zi kasallikning o’ziga xos subyekti hisoblanmaydi. Kasallik alomatlari: Miya ichi suyuqligi haddan ortiq o'zgarishi,miya ichki bosimi oshishining ikkilamchi alomatlari. Yosh kasallik kelib chiqish sabablariga bogdiq. Chaqaloqlarda kattalarga nisbatan miya ichi suyuqligi bosimi boshqacha, miya suyaklarini birlashtiruvchi choklar hali berk bodmaydi va o‘sibborayotgan miya ichi suyuqligining joylashishi uchun kcngayishi mumkin. • Shunday qilib bolalarda gidrosefaliyaning kcng tarqalgan alomatlari bu — boshning odatdan tashqari katta hajmga egaligi va boshning noodatiy o‘sib ketishi (acceleration). Yana bir alomatlari — uyquchanlik, asabiylik, qayt qilish va shaytonlashdir. Katta yoshdagi bolalar bosh og‘rig‘i, ko'ngil aynishi, qayt qilish, ko‘z nervi diskining kattalashuvi, ko‘rishning noaniqligi, diplopiya (ikkita ko'rish). Balansning buzilishi, harakat va yurishning o‘zaro mos emasligi, siydik tuta olmaslik, bo'shashish kabilar ko‘p kuzatiladi. Bundan tashqari, shaxsiy va kognitiv o'zgarishlar bo‘lishi mumkin. Kasallikning kelib chiqishi va tarqalishi. Gidroscfaliyaning ikkita asosiy turi bor: obstruktiv va muloqot. Obstruktiv gidrosefaliyada miya ichi suyuqligi drenaji qorincha sistemasining qaysidir paytida sodir bo‘ladi. Nerv trubasining yetishmovchiligi bilan bog‘liq ko'pgina buzilishlar, shu jumladan umurtqa pog‘onasining yorig'i obstruktiv gidrosefaliya bilan bog‘liq. Bundan tashqari, obstruktiv gidrosefaliya miya o'smasi holatlarida, ayniqsa miya tanasi, orqa miya chuqurchasi olsmasi, shuningdek, aqueductal stcnozi, uchinchi va to'rtinchi qorinchalarni bogMovchi serebral kanallarning torayishida uchrashi mumkin. Gidrosefaliyada orqa miya suyuqligi oqimining tiqilib qolishi, miya ichi suyuqligining qorinchani tark etishi, miya ichi suyuqligi ishlab chiqarishni ikkilamchi o'sishi yoki miya suyuqligining normal so'rilishi pasayishida sodir boladi. Masalan, ba’zi bir o‘smalar, lomir to‘qimalari papillomalari va karcin to'qimalari miya suyuqligining oshib ketishiga olib keladi. Bolalarda gidrosefaliya 30% holatlarda muloqot, qolgan holatlarda esa obstruktiv hisoblanadi. Bundan tashqari ikkita boshqa atama odatda de-scribe gidrosefaliya uchun ishlatiladi. To'xtatib qolingan gidrosefaliya shundayholatlarga tegishliki, chanoq ichki bosimining oshishi davridan so‘ng qorincha tizimi muvozanatini o‘rnatish yoki jarrohlik yo‘li bilan yoki ichki sabab lufayli yuz berislii mumkin. Bunday compensated yoki nonprocressive gidrosefaliya kabi atamalar kopincha bu holatlarni tasvirlash uchun ishlatiladi. Adabiyotda normal gidrosefaliya uchun boshqa atamadan foydalaniladi. Histori-cally xulosasiga ko'ra, yoshi katta bemorlarda yurish muammosi hamda siydik tuta olmaslik bilan bog’liq. Ba’zi mualliflarning qayd etishicha, bu surunkali gidrosefaliya atamasining ta’rifi faol, lekin sekin o‘sib boruvchi jarayon bo‘lib, bolalikdan mavjud bo‘ladi. Gidrosefaliya bilan bogMiq tibbiy sharoitlar. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling