Mahsus pedagogikaning klinik asoslari
-mavzu. Inson nutqi nuqsonlarini o'rganish metodlari
Download 1.47 Mb.
|
Document
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar va iboralar
12-mavzu. Inson nutqi nuqsonlarini o'rganish metodlari
Reja: Sistcmali nutq buzilishlariga ta’rif. Alalik bolalarning kliniko—pedagogik—psixologik tavsifi. Afaziyali bolalarning kliniko—pedagogik—psixologik tavsifi. Tayanch so’zlar va iboralar: alaliya, motor alaliya, sensot alaliya, afaziya. Alaliya — homila ichi yoki bolaning erta rivojlanish davrida bosh miya po‘stlogdda nutq zonalarining organik shikastlanishi natijasida nutqning umuman yo'qligi yoki chala rivojlanishidir. Adabiyotlarda alaliya tushunchasiga ma’nodosh sifatida «tugma afaziya», «antogenetik afaziya», «disfaziya», «nutq rivojlanishining ortda qolishi», «til o'zlashtirishning buzilishi» va boshqa atamalar qodlaniladi. XX asrning 30-yillarigacha, «alaliya» va «afaziya» tushunchalari o‘rtasida aniq chegara bodmagan, keyinchalik esa «alaliya» — nutqning chala rivojlanishi ajralila boshladi. 50—60-yillarga kelib esa bu ajratishlar ko'pchilik mualliflar tomonidan e’tirof etila boshladi. Hozirgi kunda alaliyani o‘rganishning hamma muammolari o‘z yechimini topmagan, lckin logopediyaning zamonaviy bosqichida alaliyaga bo'lgan qarashlar turlicha yondashishga nisbatan bir xil fikrlash tomon ko‘proqdir. A.Libman (1925) alaliyaning 4 ta shaklini farqlaydi: motor alaliya; sensor alaliya; sensomotor alaliya; alaliya va og‘ir mogilaliya o‘rtasidagi o‘tuvchi shakli. V.A.Kovshikov bo‘yicha alaliyaning 2 ta turi bor: impressiv (sensor); ekspressiv (motor). Alaliya nutq rivojlanishining faqatgina vaqtincha funksional orqada qolishi cmas. Bunda nutqning butun shakllanish jarayoni markaziy asab tuzilishidagi patologik holat sharoitida kechadi. Alaliyada nutq va nutqqa aloqasi bo’libmagan belgilar o‘rin tutadi. Alaliyada til buzilishlari ustun turadi. Nutqqa bog‘liq bo'lmagan belgilar ichida motor, sensor, psixopatologik simptomlar farqlanadi. Hozirgi kunda alaliya mexanizmlari haqidagi munozaralar murakkab va bahslidir. Alaliya mexanizmini tushuntiruvchi sabablar sharlli ravishda sensomotor, psixologik va til mexanizmlariga bo’libinadi. Sensomotor yo'qolishi tarafdorlari alaliyani sensomotor funksiyalar (agnoziya, aproksiya) patologiyasi bilan boglaydi. Psixologik yo‘nalish tarafdorlari fikricha, alaliyada ruhiyat faoliyatining ayrim tomonlarining patologiyasi kuzatiladi. Til konsepsiyasi tarafdorlari nutqning to‘liq rivojlanmasligini idrok etish va nutq jarayon larining o‘zaro mos kelmasligi natijasida kelib chiqadi, deb hisoblashadi. Oxirgi nuqlayi nazar eng tasdiqlovchi hisoblanib, hozirgi zamonaviy qarashlarga mos keladi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling