Mahsus pedagogikaning klinik asoslari


Download 1.47 Mb.
bet76/122
Sana07.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1174995
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   122
Bog'liq
Document

Kar-soqov bolalar. Soqovlik — tug‘ma karlik yoki bolaning erta rivojlanish davrida yuzaga kelgan karlik tufayli yuzaga keladi. Nutq apparatining periferik qismida yoki markaziy qismida hech qanday organik o'zgarishlar bo’libmaydi. Bola eshitmagani uchun so’zlarni taqqoslab eshita olmaydi; eshitmagani uchun bor nutqi ham yo'qolib boradi. Karlikning tug‘ma shakli kam uchraydi. Orttirilgan karlikning sabablaridan birinchio‘rinda yuqumli sercbrospinal meningit asosiy o‘rinni egallaydi. Каг-soqov bolalar o'qiydigan maktabdagi tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki 1600 bolalar ichida 72% meningitdan kar bo‘lib qolganligi aniqlangan.
Nutqini saqlab qolgan kar bolalar. Maktab yoshida yoki bog'cha yoshida kar bo‘lib qolgan bolalar nutqi ustida maxsus ish olib borilsa bolaning nutqini saqlab qolish mumkin, agar bunday ishlar olib borilmasa bola bor nutqini ham yo‘qotadi. Karlarda eshitish qobiliyati butunlay yo‘qolmaydi, ko'pchiligida ozgina bo‘lsa ham saqlanadi. Kuchli tovushni ajratishadi, ayrimlari qulog‘i oldida gapirganni qabul qilishadi. Orttirilgan karlikda eshitish qobiliya­ti qisman saqlanib qolgan bolalarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

  1. eng past chastotalarni qabul qiluvchi bolalar (128—256 Gs).

  2. past chastotalarni qabul qiluvchilar (512 Gs gacha).

  3. past va o‘rta chastotalarni qabul qiluvchilar (1024 Gs ga­cha).

  4. keng diapazondagi chastotalarni qabul qiluvchilar (2048 Gs va undan yuqori).

  1. g

    uruhdagi kar bolalarning ayrimlari quloq oldida chiqarilgan kuchli tovushga reaksiva beradi, hech qaysi undoshli tovushlarni, so‘zlarni ajrata olmaydi
    .

  1. guruhdagi kar bolalar 2 m masofadagi gapni eshitishadi hamda tanish bolgan jumla va so'zlarni ajratishadi.

Keyinchalik kar bo‘lib qolgan bolalar. Keyinchalik kar bo‘lib qolgan bolalar, ya’ni maktab yoshigacha yoki maktab yoshida kar bo‘lib qolganlar. Ular kar bo‘lishidan oldin orttirgan nutqini qisman bo‘lsa ham saqlab qolishadi. Nutqning saqlanib qolisli darajasi bir qator sabablarga bog‘liq bo‘ladi:

  1. bola o‘sib va rivojlanayotgan muhitga

  2. nutqni o'stirish uchun islilar olib borilganligi yoki olib bormaganligi;

  1. eshitishni qisman boisa ham saqlanganligi yoki butunlay yo'qligi;

  2. eshitishning saqlangan qismini ishlata bilishligi va h.k.

Agar nutqini rivojlantirish ustida ish olib borilmasa, 4—5 yoshi­da eshitish qobiliyatini yo'qotgan bolalar maktab yoshiga yetganda gapirmaydilar. 2—3 yoshda eshitish qobiliyati buzilgan bola­lar bilan nutqni rivojlantirish maqsadida maxsus ish olib borilsa, ularning nutqi yo‘qolmasdan aksincha rivojlanadi. «Keyinchalik kar» bo‘lib qolgan bolalar degan ibora ishlatilganda, karlikning necha yoshda paydo bolganligi emas, balki asosan karlikda nutq saqlanganligi nazarda tutiladi.
Sabablari: yuqumli kasalliklar ichida epidemik ensefalit asosiy sabablardan hisoblanadi.
Maxsus maktablarda odatda eshitish qobiliyatining buzilishi bilan birga nutqi ham rivojlanmagan bolalar yuboriladi. Bolaning eshitishi qisman saqlanib nutqi rivojlanmagan boisa keltirilgan tasnifga qarab ommaviy maktabga yuborib bolmaydi. Aksincha eshitishning pasayishi og‘ir darajada, bolaga sharoit tug‘dirish tufayli, nutqi yaxshi rivojlangan boisa, uni ommaviy maktabda o'qitish kerak. Agar eshitishning pasayganligi vaqtida aniqlanmasa, atrofdagilar beparvo bolsalar, ya’ni nutqni o‘stirish usti­da faol ish olib borilmasa, yoki oilada sharoit bolmasa (masalan, kar-soqovlar oilasi), eshitish qobiliyati qisman nutqi rivojlanmay qoladi. Shundav qilib maxsus zaif eshituvchi bolalar maktabida bolalarni saralashda cshitishning pasayish darajasi cmas, balki nutqdagi yetishmovchiliklar nazarda tutiladi.


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling