Mahsus pedagogikaning klinik asoslari
Download 1.47 Mb.
|
Document
Xotirani o'rganish uslubiyati. Nutq nuqsoniga ega bodgan bolalarning xotirasini tekshirish uchun bir qancha metodikalar ishlab chiqilgan. Ular bolalarda qisqa muddatli xotira, uzoq muddatli xotira, mantiqiy va mexanik xotiraning rivojlanish darajasini o'rganish uchun modjallangan. Qisqa muddatli xotirani tekshirishda bolaga shunday ko'rsatma beriladi: «Men har bir qatorda uchtadan (to'rttadan, beshtadan) son bodgan to'rt qator sonlarni o'qiyman. Sening vazifang — bu sonlarni o'qilgan tartibda eslab qolish, keyin bodsa xayolda birinchi sonni ikkinchisi, ikkinchisini uchinchi bilan, uchinchini to'rtinchi bilan va h.k. qo'shish va olingan to'rtta yigdndini kerakli qatorga yozishdan iborat. Metodikada qoMlanadigan qatorlardagi raqamlar va qatorlar soni bolaning yosli xususiyatlariga qarab tanlanadi. Qatorlarni o‘qish orasidagi vaqt yoshga ko‘ra 15—25 sekund bo‘lishi kerak.
Uzoq muddatli xotiraning rivojlanganlik darajasini o‘rganish uchun mo‘ljallangan metodikada bolaga shunday ko‘rsatma beriladi: «Hozir men bir qator so‘zlarni o‘qiyman, sen esa, ularni eslab qolishga harakat qil. Tayyorlan, diqqat bilan eshit: stol, sovun, odat, vilka, kitob, palto, bolta, daftar, sut, shim». So‘zlar qatori bir necha bor o‘qiladi. Tekshiruv 10 daqiqadan keyin va uch kun o‘tib amalga oshiriladi. Juftlikni eslab qolish metodikasi mantiqiy va mexanik xotira rivojlanishi darajasini o‘rganish uchun mo‘ljallangan. Bunda bolalarga ikki qator so‘z beriladi. Birinchi qatordagi so‘zlar orasida ma’naviy bogManishlar mavjud, ikkinchi qatorda esa bunday bog‘lanish yo'q. Tadqiqotchi o‘rganilayotgan qatordagi juft so‘zlarni o‘qiydi (juftliklar orasidagi vaqt 5 soniya). 10 soniyalik tanaffusdan so'ng qatorning chap tomonidagi so‘zlar o'qiladi, sinalayotgan bola esa eslab qolingan o'ng qatordagi so'zlarni yozadi. Bolalar xotirasi psixologik jihatdan diagnostika qilinganda, uning eng muhim xususiyatlaridan biri so'z, mantiq, xotira va ma’nosiga qarab tushunish, eslab qolish salmog‘ining ortishi alohida ko'rsatilgan. Logopedik mashg'ulotlarda nutq kamchiligiga ega bo'lgan bolalarning o'z xotirasini ongli boshqarish, eslab qolish va esga tushirish jaravonlarini muvofiqlashtirishga erishish mumkin. Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ruhiy rivojlanishi eshituvchi bolalarning ruhiy rivojlanishi qonun-qoidalariga bo‘ysunadi. Bu umumiy qonun-qoidalar quyidagi qoidalar bilan xarakterlanadi: • Surdopsixologiyada bolaning ruhiy rivojlanishida biologik va ijtimoiy omillarning ouzaro aloqadorligi ta’limoti muhim o'ringa ega. Biologik omillarga nerv tizimining xususiyati temperamerit tiplari, qobiliyat kiradi. Bolaning tug‘ilishgacha hayotida homila davridagi bosqichning davom etishi ona kasalligi, u qabul qilgan dorilar, tug‘ish travmalari ham biologik omil turkumiga kiradi. Ijtimoiy omillar bola yashab, rivojlanayotgan jamiyat-siyosat, idealogiya tipi, madaniyat, fan va san’at rivojlanish darajasidir. Ijtimoiy muhit shu jamiyatdan qabul qilingan ta’lim-tarbiya tizimining belgilari, inson rivojlanishining manbayi sanaladi. Ijtimoiy tajribani egallash passiv idrok etish bilan emas, balki faol formada faoliyatning turli ko'rinishlari — o‘yin, muloqot, mehnat, bilim olishda namoyon bo‘ladi. Bolalar bu tajribani kattalar yordamida egallaydilar. Eshitishning buzilishi biologik omillar asosida tug‘ruq patalogiyasi, ximik zararlanish asosida amalga oshishi mumkin. Bolalik davrining xususiyatlari kattalarga nisbatan miya strukturasining to'liqsizligi, ruhiyat komponentlarining shakllanmaganligi, nerv tizimining plastikligi va kompensatsiyaga moyilligi bilan asoslanadi. Eshitishning buzilishida kompensatsiya rolini ijtimoiy omillar — oilaviy tarbiya, emotsional tarbiya, ota-onaning ta'limi darajasi, ularning mutaxassislar bilan munosabati, korreksion ishdagi ishtiroki katta ahamiyatga ega. Barcha bolalarning ruhiy rivojlanishidagi umumiy qonuniyat uni vaqt bo'yicha tashkillashtirish hisoblanadi: bola hayotining turli bosqichlarida o‘zgaruvchi ritmi shakllanish xususiyatlari bilan belgilanuvchi mazmun bolaning ta’lim-tarbiyasi jarayoni hisoblanadi. Ruhiy rivojlanishning bir bosqichidan ikkinchisiga o'tishi ruhiy komponentlarining chuqur shakllanishi, psixologik davr-ontogenezning o‘ziga xosligi o‘zida namoyon qiladi. Bolalar ruhiy rivojlanishi hayot bosqichida miyaning faol shakllanishi bilan asoslanadi. Bir yoshdan ikkinchisiga o'tishda funksional aloqalarning murakkabligi kuzatiladi. Shuning uchun yosh davri turli pedagogik ta’sirlarga yuqori ta’sirchanligi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichlar senzetiv deb nomlanadi. Har bir yosh davrida aloqa vamunosabatlar, psixik funksiyalar qayta qurilishi amalga oshiriladi. Senzitiv bosqichlar mavjudligi, endi shakllanayotgan ruhiy funksiyalarga ta’lim ta’siri kuclili bodishi bilan xarakterlanadi. Qonuniyat L.S.Vigoteniyning bolalar rivojlanishidagi metomerafaza haqida tadimotidir. Bola psixikasi har bir yosh bosqichida o‘ziga xosdir, bu bola rivojlanishidagi intcgratsion jarayonlar funksional munosabatlar natijasi odaroq maydonga chiqadi. Evolyutsiya va invalyutsiya jarayonining birlashishi yangi bosqichda oldingi bosqichdagilarning yangilanishi yoki mavjud bodmasligini asoslaydi. Qonuniyat yuqori ruhiy funksiyalarni rivojlantirish sanaladi. Bu boshqa odamlar, kattalar bilan hamkorlik shakli sifatida namoyon bodib, asta-sekin bolaning ichki funksiyasiga aylanib boradi. Yuqori ruhiy funksiyalar murakkab tuzilmalar bodib, kelib chiqishiga ko'ra ijtimoiy hodisadir. Ular maxsus tashkil etilgan vositalar bilan jamiyatning tarixiy rivojlanish bosqichida shakllanib boradi. «Natural» psixik funksiyalarning oldingi strukturasi o‘zgaradi, ular madaniylashib, ongliylik, ixtiyoriylik, asoslanganlik sifatlariga ega bo’liba boshlandi. Nutqida nuqsoni bodgan bolalarning ruhiy rivojlanishi qonuniyatlari ruhiy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar psixik rivojlanishi qonuniyatlariga xos bodadi. Rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar atrof-muhit bilan muloqotda qiyinchiliklarga duch keladilar, ularda shaxs va o‘z-o‘zini anglashning rivojlanish xususiyatlari namoyon boda boshlaydi. Turli buzilish, nuqsonlarga ega bolalarning ruhiy rivojlanishi tahlili, L.V.Vigotskiy ta’rifi bilan aytganda, nuqson strukturasidan tuzilgan tahlildan kelib chiqadi. Birlamchi nuqson bu o'rinda — eshitishning buzilishi ikkilamchi, uchlamchi nuqsonlarga olib keladi. Ikkilamchi buzilishlar turli sabablarga koLra chaqaloqlik, maktabgacha bodgan davrda o'xshash holatda namoyon bodadi. Ikkilamchi nuqsonlar tizimli xarakterga ega bodadi, funksional o‘zaro munosabatlar strukturasini o‘zgartiradi. Ikkilamchi nuqson qanchalik birinchisiga yaqin bo‘lsa, uni korreksiyalash shunchalik murakkabdir. Masalan, nutqida nuqsoni bo'lgan bolalar talaffuz nuqsoni eshitish buzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, uni korreksiyalash mushkul vazifadir, nutqning boshqa jihatlarini rivojlantirish hali eshitish buzilishi bilan u qadar yaqin aloqada emas, shu sababli ularni korreksiyalash birmuncha yengil kechadi. Ikkilamchi nuqsonlar eshitishdagi buzilishidagi psixologo-pedagogik korreksiyaning asosiy obyekti hisoblanadi. Bola ruhiy rivojlanishining o‘ziga xosligi ikkilamchi nuqsonlarni erta korreksiyalash lozimligi dalilandi. Eshitishida nuqsoni mavjud bolalar ta’lim-tarbiyasida tushirib qoldirilgan yillar, yuqori sinflarida kompensatsiya qilinolmaydi, buzilishlar bartaraf qilinishi uchun uzoq muddat kuch talab ctadi. Ruhiy rivojlanish jarayonida birlamchi va ikkilamchi buzilishlar o'rtasidagi iyerarxik munosabatlar buziladi. Ta’lim jarayonidagi dastlabki to‘siq bu birlamchi nuqson sanaladi. Keyingi bosqichlarda psixik rivojlanishi buzilishdagi ikkilamchi nuqsonlar bolaning ijtimoiy adaptatsiyasiga to‘sqinlik qila boshlaydi. Buzilishlarning barcha tiplarida bolaning ruhiy rivojlanishida o‘ziga xos qonun-qoidalarni tasniflash mumkin (B.I.Lubovskiy). Buzilishning barcha tiplarida ma’lumotni qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va qo‘llash qobiliyatining pastligi kuzatiladi Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling