Majburiyатlar hisobi
Download 145.5 Kb.
|
1353937756 40242
- Bu sahifa navigatsiya:
- Majburiyatlar ta`rifi va ularni e`tirof etish tartibi.
www.arxiv.uz Reja: 1. Majburiyatlar ta`rifi va ularni e`tirof etish tartibi 2. Majburiyatlarni baholash tartibi 3. Majburiyatlarning turkumlanishi 4. Joriy majburiyatlarni hisobga olish tartibi 5. Uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga olish xususiyatlari Majburiyatlar ta`rifi va ularni e`tirof etish tartibi.Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari majburiyatlarni «avval amal-ga oshgan xo`jalik muomalalari yoki hodisalari natijasida kelib chiqqan, qondi-rilishi aktivlarning o`tkazilishi yoki ishlatilishiga, xizmatlar ko`rsatilishi yoki kelgusida iqtisodiy manfaatlarning boshqa yo`l bilan chiqib ketishiga olib kelishi mumkin bo`lgan korxonaning qarzlaridir” deb ta`riflaydi. Demak, maj-buriyatlarning asosiy tavsifi shundan iboratki, bunda xo`jalik yurituvchi sub`ekt avvalgi xo`jalik muomalalari yoki hodisalari ta`sirida huquqiy va jismoniy shaxslar oldida yuzaga kelgan qarzdorlik bo`yicha o`z mas`uliyatini tan oladi. Maj-buriyatlar hisobi va ularni moliyaviy hisobotda aks ettirilish tartibi «Mo-liyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim qilishning kontseptual asoslari», «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot», «Ijara hisobi» kabi Buxgalteriya hisobi-ning milliy standartlari asosida tartibga solinadi. Majburiyatlarni buxgal-teriya hisobi va hisobotida aks ettirish chog`ida e`tirof etishning tamoyillariga qanchalik tarzda rioya qilinishi hisobga olinadi. Ya`ni majburiyatlar ularni qop-lash natijasida iqtisodiy daromad keltirishi mumkin bo`lgan resurslarning chiqib ketishi yuz bersa va bu qoplash miqdorini o`lchash mumkin bo`lsa e`tirof etiladi. Buxgalteriya hisobining milliy standartlarining holatlariga ko`ra majbu-riyatlar: ularni pul vositasida to`lab berish; o`rniga boshqa aktivlarni berish; xizmatlar ko`rsatish; ushbu majburiyatni boshqasi bilan almashtirish ; majburiyatni aktsiyaga (kapitalga) almashtirish orqali qoplanishi mum-kin. Majburiyat agar kreditor o`z huquqidan voz kechgan yoki u bunday huquqdan mahrum qilingan paytda ham qoplangan deb hisoblanishi mumkin. Download 145.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling