Majburiyатlar hisobi


diskontlangan qiymat usuli -


Download 145.5 Kb.
bet3/19
Sana16.06.2023
Hajmi145.5 Kb.
#1489248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1353937756 40242

diskontlangan qiymat usuli - bu usulda majburiyat kelgusida uni qop-lash uchun sarf bo`ladigan pul oqimlarining diskont qiymatida aks ettiriladi.Masalan, «XYZ» korxonasi avval sotib olingan aktivlar bo`yicha yuzaga kelgan 90000 so`mlik savdo kreditorlik qarzini uzish uchun, to`lov muddati 6 oydan keyin keladigan 100000 so`mlik veksel yozib berdi. Shunga ko`ra mol etkazib beruvchi oldida to`lanadigan veksellar bo`yicha 100000 so`mlik majburiyat yuzaga keldi.


Dt «Тo`lanadigan hisobvaraqlar» 90000
Dt «Muddati uzaytirilgan diskont» 10000
Kt «Тo`lanadigan veksellar» 100000

Majburiyatlarning turkumlanishi


Korxonalarning majburiyatlari quyidagi belgilar bo`yicha turkumlanishi mumkin:


foydalanish muddatiga ko`ra;
baholashning aniqligiga ko`ra;
Foydalanish muddatiga ko`ra majburiyatlar joriy va uzoq muddatli bo`lishi mumkin.
Balans hisoboti sanasidan boshlab bir yil davomida yoki bir yildan ko`p bo`lgan oddiy operatsion tsikl davomida to`lanishi ko`zda tutilgan majburiyatlar joriy majburiyatlar deb ta`riflanadi. Bu ta`rifga javob bermaydigan majbu-riyatlar uzoq muddatli majburiyatlar deb e`tirof etiladi.
Buxgalteriya hisobiningmilliy standartlariga ko`ra joriy va uzoq mud-datli majburiyatlar tarkibida hisobga olinishi mumkin bo`lgan yo`nalishlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to`lanadigan hisobvaraqlar

  • Berilgan veksellar bo`yicha majburiyatlar

  • Obligatsiyalar muomalasi bilan bog`liq majburiyatlar

  • Хarajatlar bilan bog`liq hisoblangan majburiyatlar

  • Olingan bo`naklar va qaytariladigan depozitlar

  • Muddati o`zaytirilgan daromadlar

  • Hisoblangan soliqlar va majburiy to`lovlar bo`yicha majburiyatlar

  • Korxona ta`sischilari oldidagi majburiyatlar

  • Хodimlar oldidagi majburiyatlar

  • Moliyalashtirilgan va joriy lizing bo`yicha majburiyatlar

  • Hisoblangan foizlar bo`yicha majburiyatlar

  • Shartli majburiyatlar

  • Olingan kredit va qarzlar bo`yicha majburiyatlar

  • Boshqa majburiyatlar



Baholashning aniqligiga ko`ra majburiyatlarning turkumlanishi A.M. Ger-shun tahriri ostida bir guruh rus mutaxassislari tomonidan yaratilgan «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini qo`llash»1 deb nomlangan o`quv qo`llanmasida yaxshi yoritilgan. Unga ko`ra baholashning aniqligi bo`yicha majburiyatlar:
haqiqiy;
baholangan;
shartli holida bo`lishi mumkin.


Haqiqiy majburiyatlar harakatdagi shartnomalar, bitimlar va qonunchilik asosida yuzaga kelib ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
olingan hisobvaraqlar bo`yicha majburiyatlar;
berilgan veksellar bo`yicha majburiyatlar;
ta`sischilarga hisoblangan dividendlar bo`yicha majburiyatlar;
hisoblangan soliqlar va majburiy to`lovlar bo`yicha majburiyatlar;
hisoblangan ish haqi bo`yicha majburiyatlar va boshqalar.


Baholangan majburiyatlar deganda, ma`lum bir sana yuzaga kelmagunga qadar aniq qiymatini belgilab bo`lmaydigan majburiyatlar tushuniladi. Ularga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin:
foyda solig`i bo`yicha majburiyat. Bu majburiyatni to hamma moliyaviy xo`jalik muomalalari buxgalteriya hisobida o`z aksini topib, soliq hisobi qilinmagunga qadar aniqlab bo`lmaydi;
kafolat majburiyatlari. Bu majburiyatlarning haqiqiy qiymatini xari-dorlar tomonidan mahsulotlardan foydalanish boshlangandagina aniq-lash mumkin;
xodimlarga mehnat ta`tili xarajatlarini qoplash bo`yicha majburiyatlar. Bu majburiyat summasini mehnat ta`tiliga chiqish jadvali tasdiq-lanmagunga qadar aniqlab bo`lmaydi.


Shartli majburiyatlar – bular:
avvalgi hodisalar natijasi bo`lib, ularning mavjudligiga kelgusida yuz berishi mumkin bo`lgan bir yoki bir necha noaniq hodisalar orqali aniqlik kiritish mumkin.
avvalgi hodisalar natijasi bo`lib, kelgusida ular tan olinmasligi mumkin, chunki:
majburiyatni qondirish uchun keyinchalik iqtisodiy samara kelti-rishi mumkin bo`lgan resursning chiqib ketish ehtimoli mavjud emas;
majburiyat summasini aniq tarzda baholashning imkoni mavjud emas.
Masalan, korxonaga nisbatan uning mijozi sud jarayonini boshlagan. Sud jarayonida korxonaga nisbatan jarima to`lash bo`yicha qaror chikishi mumkin. Lekin moliyaviy hisobot tuzish sanasiga, jarima summasi ham va sud qarori ham mavjud bo`lmasligi mumkin. Yaьni jarayon yakunida majburiyat yuzaga kelishi ham, kelmas-ligi ham mumkin.

Download 145.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling