Dt «Pul mablag`lari» 500000
Kt «Buyurtmachi va xaridorlardan olingan bo`naklar» 500000
2004 yilning 14 yanvar kuni xaridorga mahsulot jo`natilganda
Dt «Buyurtmachi va xaridorlardan olingan bo`naklar» 500000
Kt «Mahsulotni sotishdan olingan daromad» 500000
Hisoblangan soliqlar bo`yicha majburiyatlar hisobi.
Хo`jalik yurituvchi sub`ektlar mamlakat hududida amaldagi qonunlarga ko`ra faoliyatlarining barcha turlaridan olayotgan daromadlari, yaratayotgan qo`shimcha qiymati summasi, mulki, xodimlarining ish haqidan ushlab qolingan daromad solig`i hamda boshqa soliqlar va majburiy ajratmalar bo`yicha yuzaga kelayotgan majburiyatlarning hisob-kitobini to`g`ri yuritishlari lozim. Bir necha misol yordamida soliqlar bo`yicha yuzaga keladigan majburiyatlarni hisobga olish tartibini keltiramiz.
6-misol. «XYZ» kompaniyasi qo`shilgan qiymat solig`i to`lovchisi hisoblanadi. Hisobot davrida korxona xaridorlarga nasiyaga 300000 so`mlik mahsu-lot sotdi. Qo`shilgan qiymat solig`ining harakatdagi stavkasi 20 %. Ushbu holatda qo`shilgan qiymat solig`i bo`yicha yuzaga kelgan majburiyatni hisoblab topish va buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtirish lozim.
Dt «Хaridor va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar» 300000
Kt «Qo`shilgan qiymat solig`i» (300000 x 20 %) : 120 % 50000
Kt «Mahsulot sotishdan olingan daromad» 250000
7-misol. Ishlab chiqarish korxonasi bo`lgan «XYZ» kompaniyasi tomonidan hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxi va majburiy ajratmalar va soliqlar chiqarib yuborilgan davr xarajatlari summasi 1000000 so`mni tashkil qildi. Shu davr uchun ekologiya solig`ining harakatdagi stavkasi 1% ga teng. Ekologiya solig`i bo`yicha yuzaga kelgan majburiyatni hisoblash va uni buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish lozim.
Dt «Davr xarajatlari» (1000000 x 1 %) 10000
Do'stlaringiz bilan baham: |