Majidova zulfiyaning


Download 26.34 Kb.
bet2/3
Sana23.12.2022
Hajmi26.34 Kb.
#1049004
1   2   3
Bog'liq
Hayvonlar sistematikasi maqsadi, uslublari, qisqacha tarixi va o`rni

Hayvonlar sistematikasi -sistematikatning bir boʻlimi. Hayvonlar sistematikasini ilk bor Aristotel (miloddan avvalgi 4-asr) ishlab chiqqan. U hayvonlarning 252 formasiga tavsif berib, ularni 2 ta katta guruh: qonlilar (hozirgi umurtqalilar) va qonsizlar (hozirgi umurtqasizlar)ga va 8 ta kichik guruhlarga ajratgan. Aristoteldan soʻng 2 ming yil davomida Hayvonlar sistematikasida deyarli hech qanday oʻzgarish boʻlmadi. Faqat ingliz biologi J.Rey (1693) sistematikaning asosiy birligi — tur tushunchasini fanga kiritadi.
Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasini shved naturalisti K.Lin-ney yaratgan. U "Tabiat sistemasi" (1735) asarida 4200 turdan ortiqroq (jumladan 1222 tur umurtqali va 1936 tur umurtqasiz) hayvonlarga tavsif bergan. K.Linney hayvonlarni oʻzaro tobe taksonomik kategoriyalar: tur, urugʻ, turkum va sinfga boʻlishni, turni 2 nom: urugʻ va tur nomi bilan atash (binar nomenklatura)ni taklif etdi. Lekin Linney ishlab chiqqan sistema mukammal emas edi. Mas, u sodda hayvonlar, boʻshliqichlilar, ignaterililardan iborat bir-biridan uzoq hayvonlarni zoofitlar — hayvon-oʻsimliklar guruhiga birlashtirgan. Fransuz olimlari J.Kyuvye va jlamark K. Linney sistemasini takomillashtirishdi. J. Lamark "Umurt-qasizlar sistemasi" (1801) va "Zoologiya falsafasi" (1809) asarlarida hayvonlarni umurtqasizlar va umurt-qalilarga, umurtqasizlarni infuzoriyalar, poliplar, nurlilar, chuvalchanglar, hasharotlar, oʻrgimchaksimonlar, qisqichbaqasimonlar, halqalilar, moʻylovoyoqlilar va mollyuskalar sinflariga ajratgan. J.Kyuvye "Hayvonot dunyosi va uning klassifikatsiyasi" (1817) asarida hayvonlarni 4 ta asosiy shoxga ajratgan. Keyinchalik bu shoxlarga fransuz zoologi A.Blenvil (1825) tip (nurlilar, boʻgimlilar, mollyuskalar, umurtqalilar) nomini bergan.
J.Lamark va J. Kyuvye sistemasini ingliz zoologi R.Grant (1826) yanada takomillashtirib, nurlilar tipidan gʻovaktanlilar tipini ajratib chiqardi. Nemis zoologi K.Zibold esa nur-lilar tipini 3 ta mustaqil: eng sodda hayvonlar, zoofitlar va chuvalchanglar tiplariga ajratadi. U zoofitlarga koʻpchilik nurlilarni, chuvalchanglarga halqalilarni kiritadi. Boshqa hal-qalilar esa boʻgʻimoyoqlilar tipiga kiritildi. Nemis olimi K.Foxt (1825) chuvalchanglar tipini yassi, toʻgarak va halqali chuvalchanglarga ajratadi. Ingliz anatomi E.Rey Lankester (1877) bu guruhlarni tip nomi bilan atashni taklif etadi. Nemis zoologi K.Klaus (1874) hayvonlarni 9 tipga boʻladi. Bu sistema ancha uzoq vaqt saqlanib qoldi. Vaqt oʻtishi bilan olimlarning faqat tiplar soniga emas, balki ularning tarkibiy qismiga nisbatan ham tushunchasi oʻzgarib bordi. Mas, umurtqalilar (keyinchalik xordalilar) tipiga qobiqlilar (19-asr oxirigacha mollyuskalarning bir xili sifatida qaralgan) va ichak bilan nafas oluvchilar kiritilgan. Hayvonot dunyosi oʻrganilgan sari faqat yangi turlar, urugʻlar, oilalar emas, hatto ancha yuqori taksonomik darajadagi guruhlar (turkum, sinf, hatto tip)lar ham kashf etildi. Mas, 1955-yilda rus olimi A.V.Ivanov pogo-noforalar tipini kashf etdi.
Hayvonot dunyosi, odatda, 2 kenja olam: bir hujayralilar va koʻp hujayralilarga; koʻp hujayralilar esa parazoylar va haqiqiy koʻp hujayralilarga ajratiladi. Parazoylarga gʻovaktanlilar, haqiqiy koʻp hujayralilarga boshqa barcha tiplar kiritiladi. Haqiqiy koʻp hujayralilar oʻz navba-tida nurlilar (boʻshliqichlilar, taroqlilar) va ikki tomonlama (bila-teral) simmetriyalilar hamda birlamchi ogʻizlilar (chuvalchanglar, mollyus-kalar, exiuridlar, boʻgʻimoyoqlilar, sipunkulidlar, paypaslagichlar) va ikkilamchi ogʻizlilar (chalaxordalilar, ignaterililar, xordalilar)ga boʻlinadi. Ayrim zoologlar parazoylar va haqiqiy koʻp hujayralilar bilan birga ularga teng mavqega ega boʻlgan fagotsitellasimonlar guruhini ham taklif etishadi. Oxirgi guruh eng tuban tuzilgan koʻp hujayralilar — plastinkasimonlar tipini oʻz ichiga oladi.
Hayvonot dunyosining turli xil sistemasida tiplar soni 10 dan 33 tagacha, hatto undan ham koʻproq koʻrsatiladi. Koʻpchilik zoologlar maʼqul-lagan va oʻquv adabiyotlarida keltiriladigan sistematikaga asosan bir hujayralilar kenja dunyosi 5 tip: sar-komastigoforalar, mikrosporidiyalar, miksosporidlar, sporalilar, infuzoriyalarga boʻlinadi. Qolgan hayvonlar plastinkasimonlar, gʻovaktan-lilar, boʻshliqichlilar, taroqlilar, yassi chuvalchanglar, toʻgarak chuvalchanglar, nemertinalar, tikanboshlilar, halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, boʻgʻimoyoqlilar, ignaterililar, chala-xordalilar, pogonoforalilar va xor-dalilar tiplariga boʻlinadi. Hayvonot dunyosi oʻrganilgan sayin koʻplab yangi turlar kashf qilinmoqda. Yer yuzida hayvonlarning 1,5 mln. (ayrim maʼlumotlarga koʻra 3,0—3,5 mln.)Ga yaqin turi maʼlum.
Fransuz paleontologi J. Kyuvyenij hayvonlarni 4 shox (umurtqalilar, yumshoqtanlilar, boʻgʻimlilar, nurlilar) ga ajratish toʻgʻrisidagi taklifiga asoslanib, fransuz zoologi va anatomi A. Blenvin (1825) "T." tushunchasini fanga kiritadi. J.Kyuvye fikricha, T. Oʻzgarmas, biri ikkinchisi bilan bogʻlanmagan. Rus olimlari A.O.Kovalevskiy va I.I.Mechnikovlar koʻp hujayrali organizmlarning barcha T.i embriogenezi umumiyligini aniqladi. Hozir T.ga muayyan guruhga mansub organizmlar kelib chiqishidagi umumiy stvol sifatida qaraladi. Hayvonot olamidagi T.lar soni va nomi toʻgʻrisida yagona fikr yoʻq. Har xil sistemalarga qaraganda hozir hayvonot dunyosida 10 dan 33 tagacha (koʻpincha 18—25) T. Mavjud. Mas., J.Kyuvye davridan boshlab ayrim zoologlar halqali chuvalchanglar bilan boʻgʻimoyoqlilarni yagona boʻgimlilar T.iga birlashtirishni yoki yaqingacha T. Hisoblangan eng sodda hayvonlarni bir necha T.ga boʻlishni tayutif etishadi. T.lar tarkibiy jihatdan ham bir-biridan farq qiladi. Mac, plastinkalilar T.i 2, pogonofalar 150, boʻgʻimoyoklilar bir mln.dan koʻproq turni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, T.ning kenja T.ga boʻlinishida ham munozarali fikrlar mavjud.
Sistematik nomenklaturada T. (typus) — muayyan takson nomining tavsifi bilan bogʻliq boʻlgan oʻsimlik yoki hayvon nusxasi (golotip); agar golotip nusxa saqlanmagan boʻlsa, etalon sifatida shu seriyadagi boshqa nusxalar (paratip) yoki tipik material olingan joydan yigʻilgan yangi nusxalar (laktotip), baʼzan T.ning original tavsifi yoki rasmi etalon sifatida qabul qilinadi. Urugʻ T.i — shu urugʻ tavsifi uchun asos boʻlgan tur; T. Oilasi — T. Urugʻi. ...TIPIYA (yun. Typos — iz; nusxa) — oʻzlashma qoʻshma soʻzlarning birinchi qismi; poligrafiya usulida nashr, chop etish bilan aloqadorlikni bildiradi (mas., fototipiya, avtotipiya).
Hozirgi davrda 1,6 milliondan ortiq, jumladan 133000 dan ortiq qazilma hayvonlar, 1,3 milliondan ortiq bo‗g‗imoyoqlilar, 118000 dan ortiq molluskalar, 42000 dan ortiq umurtqali hayvonlar turi aniqlangan. Yaqin davrgacha Bir hujayralilar Eng sodda hayvonlar (Protozoa) kenja dunyosi nomi bilan Hayvonot dunyosi tarkibiga kiritilgan. Ammo ular orasida heterotrof turlar bilan bir qatorda aftotrof oziqlanadigan turlarning bo‗lishi hayvonlar bilan o‗simliklar orasidagi farqni aniq belgilashga imkon bermaydi. Zamonaviy sistemada Hayvonot dunyosi (Animalia) Parazoylar (Parazoa) va Haqiqiy ko‗phyjayralilar (Metazoa) kenja donyosiga ajratiladi. Parazoylar - haqiqiy to‗qima va organlari rivojlanmagan, ko‗pchilik hujayralari harakatchan va o‗z shakli va funksiyasini o‗zgartirib turish xususyatiga ega bo‗lgan hayvonlar. Bu kenja dunyoga G‗ovaktanalilar tipi kiradi. Eng sodda hayvonlar esa Yashil suv o‗tlari va Zamburuglar bilan birga Protistlar (Protista) dunyosini tashkil etadi. Quyida Hayvonot dunyosining yirik sistematik guruhlari: tiplari va sinflari bo‗yicha asosiy ma‘lumot keltirilgan. 1.Plastinkalilar (Placozoa) tipi otuvchilarga yaqin turadi. 2 turi ma‘lum. 2. G‗ovak tanalilar (Porifera, yani Spongia) tipi. 5000ga yaqin turi ma‘lum. Ohakli g‗ovaktanlilar (Calcarea), Oddiy g‗ovaktanlilar (Demospongiae), Shishasimon, ya‘ni Oltinurli g‗ovaktanalilar (Hexactinellida) sinflarga ajratiladi. 3. Mезозоylar (Mesozoa) tipi. Parazit yashash ta‘sirida juda soddalashgan hayvonlar. Ularni yassi chuvalchanglardan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. 4. Otuvchilar (Cnidaria) tipi. Yaqin davrgacha bo'shliqichlilar (Coelen-terata) nomi bilan atalgan. 10000 -11000 turi ma‘lum. Gidrozoylar (Hydrozoa), Scyfoidlar (Scyphozoa), Korall poliplar (Anthozoa) sinflariga ajratiladi. 5.Taroqlilar (Ctenophora) tipi. 100-150 ga yaqin turi ma‘lum. Paypasla-gichlilar (Tentaculata) va Paypaslagichsizlar (Atentaculata) sinflariga ajratiladi. 6. Yassi cuvalchanglar (Plathelminthes) tipi. Kiprikli chuvalchanglar (Turbellaria), So‗rg‗ichlilar (Trematoda), Tasmasimon chuvalchanglar (Cestoidea) sinflariga ajratiladi. 25 000 ga yaqin turi mavjud. 7. Nemertinalar (Nemertini) tipi. 1000 ga yaqin turi ma‘lum. Ko‗pchilik turlari dengiz sohil yaqinida tarqalgan. Ayrim turlari chuchuk suv va tuproqda yashaydi; molluskalar yoki qisqichbaqaasimonlarda parazitlik qiladi. 8.Tikanboshlilar (Acanthocephala) tipi. 300 ga yaqin turi ma'lum. 9.Og‗izaylangichlilar (Rotifera) tipi . 1300 dan ko‗proq turi aniqlangan. 10.Qorinkipriklilqar (Gastrotricha) tipi. Taxminan 100 dan 600 gacha turi bo‗lishi taxmin qilinadi. 11.Kinorinxlar (Kinorhyncha) tipi. 30 ga yaqin turi dengizda yashaydi. 12.Priapulidlar (Priapulida) tipi. Bir necha turi Atlantika, Shimoliy muz okeani, Antarktika suvlarida tarqalgan. Suv tubida loyqaga ko‗milib yashaydi. 13. Tugarak chuvalchanglar (Nematoda) tipi. 80000 ga yaqin turi ma‘lum. Tuproq va suv havzalarida erkin yashaydi yoki odam, hayvon va o‗simliklarda parazitlik qiladi. 14. Qilhuvalchanglar (Nematomorpha) tipi. Voyaga etgan davrida ichagi reduksiyaga uchraydi. Lichinkasi suv hasharotlari va qisqichbaqasimonlarda parazitlik qiladi. Ular tanasidan suvga chiqib, voyaga etadi. 320 turi ma‘lum. 15.Ichki teshiklilar (Entoprocta) tipi. 60 turi asosan dengizlarda tarqalgan. 16.Mshankalar (Ectoprocta) tipi. Bryozoa deb ham ataladi. 5000 ga yaqin turi ma‘lum. Yopiqog'izlilar (Phylactolaema), Yalang'ochog'izlilar (Gymnolae-mata) sinflariga ajratiladi.
17.Sikloforalar (Cycliophora) tipi. Omar qisqichbaqasi og‗zidan topilgan parazit umurtqasizlar. Uch turi ma‘lum. 18.Foronoidlar (Phoronida) tipi. 12 turi dengiz tubida nay ichida hayot kechiradi. 19. Yelka oyoqlilar (Brachiopoda) tipi. 280 turi aniqlangan. Qulfsizlar (Inarticulata) va Qulflilar (Articulata) sinflariga ajratiladi. 20. Molluskalar, ya‘ni yumshoq tanalilar (Mollusca) tipi 100 000 ga yaqin turi mavjud. Monoplakoforalar (Monoplacophora), (Chig`anoqsizlar), ya‘ni Egatqorinlilar (Solenogastres), Sovutlilar (Polyplacophora), Kurakoyoqlilar (Scaphopoda), Qorinoyoqlilar (Gastropoda), Ikki pallalilar – (Pelecypoda), Boshoyoqlilar (Cephalopoda) sinflarga bo`linadi. 21. Sipunkulidlar (Sipunculida) tipi. 250 ga yaqin turi ma‘lum. Dengiz tubida uyacha ichida hayot kechiradi. 22.Exiuridlar (Echiurida) tipi. 130 ga yaqin turi aniqlangan. Dengizning chuqur qismida suv tubida hayot kechiradi. 23.Halqali chuvalchanglar (Annelida) tipi. 12 000 ga turi bor. Ko`ptuklilar (Polychaeta), Kamtuklilar(Oligochata), Zuluiklar (Hirudinea) sinflari kiradi. 24.Pogonoforalar - Pogonophora tipi. 100 ga yaqin turi aniqlangan. Dengizlarning 1000 m dan chuqurroq qismida nay ichida yashaydi. 25.Beshog'izlilar (Pentastomata) tipi. Tilchalilar (Linguatulida) deb ham ataladi. Yuksak umurtqalilar (sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar) nafas olish organlarida parazitlik qiladi. 26.Imillab yuruvchilar (Tardigrada) tipi. 600 turi malum. To`rt bo`g`imli tanasining har bir bo`g`imida bir juftdan oyoqlar bor. 27.Onixoforalar (Onychophora) tipi. Birlamchi traxeyalilar (Protracheata) ham deyiladi. Sernam tropik mintaqalarda keng tarqalgan. 75 turi ma‘lum. 28. Bo‗g‗imoyoqlilar (Arthropoda) tipi. Taxminan 1,5-2 млн. Turi mavjud. Qisqichbaqasimonlar (Crustacea), Laboyoqlilar (Chilopoda), ikkijuftoyoqlilar (Diplopoda), Dengiz o`rgimchaklari (Pycnogonida), Pauropodlar (Pauropoda), Symfillar (Symphyla), Hasharotlar (Insecta), O`rgimchaksimonlar (Arachnida), Merostomasimonlar (Merostomata) sinflariga ajratiladi. 29. Qiljag'lilar (Chaetognatha) tipi. Okeanlarda taxminan 115 turi ma‘lum. Ko`pchilik turlari planktonda yashaydi. 30. Igna terililar (Echinodermata) tipi. 5000 ga yaqin turi dengizlarda tarqalgan. Beshta sinf: Dengiz bodringlari, ya‘ni Dengiz ko`zachalari (Holothu-roidea), Dengiz yulduzlari (Asteroidea), Ilondumlilar (Ophiuroidea), Dengiz nilufarlari (Crinoidea), Dengiz tipratikanlari (Echinoidea) sinflariga bo‗linadi. 31.Chalaxordalilar (Hemichordata) tipi. Chuvalchangsimon hayvonlar. Dengiz tubida yashaydi. 100 ga yaqin turi bor. Ichak bian nafas oluvchilar (Enteropneusta) va Qanotjabralilar (Pterobranchia) sinflariga ajratiladi. 32. Xordalilar (Chordata) tipi. Lichinka xordalilar, Boshqutisizlar, Umurtqalilar tiplariga ajratiladi. Lichinka xordalilar (Urochordata), ya‘ni qobiqlilar (Tunicata) kenja tipiga Appendikulariyalar (Appendicularia), Assidiyalar (Ascidiacea), Pelagik qobiqlilar (Thaliacea) sinflari; Boshqutisizlar (Acrania) kenja tipiga Boshxordalilar (Cephalochordata) sinfi kiradi. Umurtqalilar (Vertebrata), ya‘ni Boshqutililar (Craniata) kenja tipi Jag`sizlar (Agnatha) va Jag`lilar (Gnathostomata) bo`limiga ajratiladi. Jag`sizlar eng sodda umurtqalilar - miksinlar va minogalardan iborat To‗garak og`izlilar (Cyclostomata) sinfini o`z ichiga oladi. Umurtqalilar kenja tipining jag`lilar bo`limi Baliqlar (Pisces) va To`rtoyoqlilar (Tetrapoda) katta sinflariga ajratiladi. Baliqlar katta sinfi Tog`ayli baliqlar (Chondrichthyes), Suyakli baliqlar (Osteichthyes) sinflaridan iborat. To`rtoyoqlilarga esa Suvda hamda quruqlikda yashovchilar (Amphibia), Sudralib yuruvchilar (Reptilia), Qushlar (Aves), Sutemizuvchilar (Mammalia) sinflari kiradi. Shunday qilib, zamonaviy sistemada "hayvon" nomi taksonomik ma‘noda faqat ko‗phujayralilar bilan bog`liq. Hayvonot dunyosiga muayyan belgi va xususiyatlar, xususan, oogameyaga, to`qimali tuzilishga, kamida ikkita murtak varag`iga, embrional rivojlanish davrida blastula va gastrula davrlariga ega bo‗lgan organizmlar kiradi. Ko`pchilik hayvonlarning nerv va muskullari rivojlangan. G`ovak tanalilar, Plastinkalilar, Mezozoylar va Knidosporidiyalarda muskul va nervlarning bo`lmasligi ikkilamchi xususiyatga ega.


Download 26.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling