Majmua pdf
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Yordamchi tarix (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHaxrivar-sunbula 12. Isfand-xut (baliq)
1. Farvardin-hamal (qo‘y)
7. Mexr -mezon 2. Ordibexisht-savr (xo‘kiz) 8. Obon -aqrab (chayon) 3. Xurdod-javzo (egizak) 9. Ozar-qavs (yoy) 76 4. Tir-saraton (qisqichbaqa) 10. Day -jadi (echki) 5. Murdod-asad(arslon) 11. Baxman-dalv (qovg‘a) 6. SHaxrivar-sunbula 12. Isfand-xut (baliq) 1925 yilning 21 martida Eronda yangi Quyosh hijriy kalendari joriy etildi. Bu kalendarning erasi hijriy, ya’ni 622 yilning bahorgi tengkunligidan boshlanib, oddiy va kabisa yillarining uzunliklari 365 (366) kundan har yilning 12 oyidan dastlabki olti oyi 31 kundan, keyingi beshtasi esa 30 kundan va oxirgi o‘n ikkinchi oyi oddiy yillari 29, kabisa yillari esa 30 kundan edi. Ayni vaqtda Eronshshg rasmiy kalendari hisoblangan bu kalendarda oylar, Qadimgi YAzdigard SH kalendaridagi oylar nomi bilan ataladi. Ushbu kalendarda kunlar sonining yuqoridagidek taksimlanishi tasodifiy bo‘lmay, Quyoshning yillik ko‘rinma harakatini o‘ziga aks ettiradi. Afg‘oniston rasmiy kalendari ham hijriy-shamsiy kalendar bo‘lib, uning asosida 1911 yili Eron bilan bir vaqtda qabul qilingan «Burjiy kalendar» yotadi. Bu kalendarda oylarning nomi zodiak yulduz turkumlarining nomlari bilan hamal, savr, javzo, saraton, asad, sumbula, mezon, aqrab, qavs, jaddi, dalv va hut deb yuritilib, ularda kunlarning soni 29, 30, 31 va ba’zan hatto 32 kun bo‘lardi. SHuning uchun ham bu kalendar nokulay edi. Natijada, 1958 yilga kelib (hijriy- shamsiy yil bo‘yicha 1337 yili), afg‘on kalendari ma’lum darajada Eronning hijriy-shamsiy kalendariga yakinlashtirildi. Bu uchun 32 kunlik javzo oyi kunlarining soni 31ga tushirilib, 26 o‘ninchi oy - jaddi oddiy yillari 29 kunga, kabisa yillari esa 30 kunga teng bo‘ladigan qilib qayta isloh kilindi. Natijada uning dastlabki olti oyi (hamal, savr, javzo, saraton, asad, sumbula) Eron kalendaridagi kabi 31 kundan qilinib, keyingi jaddidan boshka besh oyi (mezon, aqrab, qavs, dalv va hut) 30 kundan qilib belgilandi. Eron va Afg‘on kalendarlari bo‘yicha sanalar to‘la mos kelgani holda oddiy yillarida oxirgi ikki oy dalv va hut bir-biridan bir kunga farq qiladi. Agar Grigoriy kalendarining ma’lum sanasiga to‘tri keladigan hijriy-shamsiy yilini topish zarur bo‘lsa, u holda Grigoriy kalendari yilidan 622 ni (sana 21 martdan oldingi kunga to‘g‘ri kelsa) yoki 621 ni (agar sana 21 martdan keyingi kunga to‘g‘ri kelsa) ayirish kerak. Masalan, 1990 yilning 15 fevrali hijriy-shamsiy kalendarida qaysi yiliga to‘g‘ri kelishini topish uchun 1990 dan 622 ni ayirish kerak bo‘ladi, chunki 15 fevral 21 martdan oldin keladi. Demak, 1990 yil hijriy-shamsiy 1368 yilga to‘g‘ri kelar ekan. Hijriy-shamsiy kalendar yilning muayyan vaqtida bahorning birinchi kuni (navro‘z)da boshlangani uchun fasllar, iqlim, ob-havo va tabiatda yuz beradigan davriy hodisalarni kuzatib borishda juda kulay. SHuning uchun ham qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq barcha ishlarni olib borishda undan foydalaniladi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling