Yozuvlarni o’qish daniyalik olim V.Tomson va rossiyalik olim V.Rad`lovlar zimmasiga
tushdi. 1893yil bahorida Tomson Urxun daryosi bo’yidan topilgan Yozuvlarni o’qiganligi
haqida Daniya qirolligi Fanlar akademiyasi yig’ilishida axborot beradi. Uning boshqa xalqlar
Yozuvini deshifrovka qilib o’qishda qo’llagan tajribasi Urxun Yozuvlarining kalitin ochishda
ham qo’l keladi. U Yozuvlardan turli belgilarning qanday tovush ifodalashini bilib olgach, unga
tayangan xolda, Urxun Yozuvlaridagi butun alifboni aniqlaydi va birinchi marta «Tangri»,
«Turk» so’zlarini o’qiydi. Bu bitiktoshlarning turkiy xalqlarga mansubligi aniq isbotlab beradi.
Tomsondan keyin V.Rad`lov ham 1894 yil 19 yanvar kuni
Rossiya Fanlar akademiyasi
yig’ilishida Kultegin bitigini o’qiganligi haqida ma`lumot beradi. V.Rad`lov bu
bitiktoshlardagi turkiy Yozuvlar alifbosining 15 harfni 1893 yil kuzida,ya`ni, Tomson o’qishiga
qadar aniqlab bo’lgan edi. Shunday qilib,ikki olimning sa`yi-haraktlari bilan bu Yozuvlar – run,
ya`ni sir emasligi isbotlandi.
Bu bitiktoshlar turkiy Yozuvda bitilganligi isbotlangandan so’ng, yana bir muammo paydo
bo’ldi: Urxun – Enisey Yozuvlari qaysi Yozuv asosida kelib chiqqan: Lekin olimlar haligacha
bu xususda bir to’xtamga kela olganlari yo’q. V. Tomson bu Yozuvdagi ayrim harflarning
seliy
Do'stlaringiz bilan baham: