Majmua pdf


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/85
Sana26.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1127786
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   85
Bog'liq
Yordamchi tarix (2)

Deshifrovka noma`lum Yozuv bitilgan matnni o’qish demakdir. Buning uchun tatqiq
etilgan yozvuvdagi belgilarni o’sha belgilar bilan yozilgan tildagi so’zlarga o’xshatish,
matnlashtirishdir. Noma`lum til yoki noma`lum Yozuvni o’qish uchun qandaydir bir tayanch,
asos bo’lishi kerak: chunki yo’qdan bor bo’lmaydi. Agar tayanch bo’lmasa, asos topilmasa,
jiddiy natija chiqishini ham kutmaslik kerak.
“Deshifrovka” tushunchasi keng ma`noda aytilganda odatda yozma yodorliklar ustida
ijtimoiy olib boriladigan uch xil ishni o’z ichiga oladi. 
Birinchi, variantda tatqiqotchi noma`lum tilda, biroq ma`lum Yozuvda bitilgan xat yoki
xujjatni tushunib olishi va o’qishi kerak. Masalan, xett mixxtida yozilgan matn va etrusk tilini
yoki bizga yanada tanishroq misol – Portugaliyada lotin alifbosidan foydalanishni olaylik. Agar
portugal lug’ati va grammatikasi bo’lmasa, portugalcha matnni qanday qilib o’qish mumkin?
Buning uchun tatqiqotchi so’zlarning ma`nosini tushunishi va gramatik formalarini bilishi
lozim.
Ikkinchi variantda,til aniq ma`lum yoki ma`lum deb xisoblanadiyu, lekin matn
noma`lum Yozuv bilan bitilgan, masalan, Kiprning tuginli sistemasida yozilgan Yunon Yozuvi
yoki oddiy misol: siz nemischani tushunasiz, biroq faqat lotincha harf (shriftni) o’qiy olasiz va
got harflarini bilmaysiz. Bu erda tatqiqotchiga bir xil belgilar sistemasini boshqa xil sistemaga
o’tkazishga to’g’ri keladi.
Nixoyat uchinchi, oxirgi variant sizga til ham, Yozuv ham noma`lum. Bu tatqiqot eng
qiyin biroq eng jozibali xol albatta. Bunda tatqiqotchi bir xil Yozuv sistemasini boshqa
sistemaga o’tkazishi va ma`nosini tushunib olishi lozim. Bu vaqtda yordamchi fanlarning
imkoni boricha barcha ilmiy vositalarining yordami zarur. SHuning uchun, masalan, Xett
mixxatida yozilgan matnni o’qish bilan Misr ierogliflari yoki mixxatni o’qishni bir darajaga
qo’yib bo’lmaydi.
Noma`lum matnni o’qish, ya`ni deshifrovka qilishning eng barakali vositasi – bilingva
dir, ya`ni turli tillarda yozilgan biroq ozmi-ko’pmi bir xil mazmunga ega bo’lgan ikki parallel
matndir.
Masalan, rus va o’zbek tillarda yozilgan e`lonlar bunga misol bo’la oladi. Agar bilingva
bo’lmaganida Misr ierogliflarini ham Bobil mixxatlarini ham o’qib bo’lmas edi. 
Agar bilingvalar bo’lmasachi, unda nima qilish kerak?
Bunda yuqorida ta`kidlaganimizdek tatqiqotchiga qo’l keladigan barcha variantlardan
foydalaniladi.
Lekin Shunday xolatlar ham bo’ladiki, eng ishonchli bo’lib, ko’ringan bilingva ham
Yozuvni o’qishga yordam berolmaydi, masalan:
Bunday bir necha yil ilgari Likiya bilingvalari topildi. mil.avv. bir necha asr davomida
bu podsholik gullab yashnagan. Bilingvalarning topgan tatqiqotchilarning quvonchi ichiga
sig’mas edi. Axir shu paytgacha Likiyakiliklar Yozuvni o’qish imkoni bo’lmagan edida. Biroq
olimlar bexuda quvonishgan ekan, topilgan narsalar bilingva emas,balki Likiyaliklar bir necha
so’zdan iborat yozib qoldirgan qabrtoshlarlar bo’lib chiqdiki, bu so’zlar lug’at tuzish uchun
kamlik qilar edi.
1974 yili Turkiyaning Janubida Frantsuz arxeologlari balandligi bir metrdan sal
oshiqroq tosh devorni topishadi. Dvorga ikki tilda emas, balki bir yo’la uch
tilda:Likiyaliklar,qadimgi Misrliklar va Oromiy tilida bitilgan Yozuv – tirilingva ni ko’rib
olimlarning sevinchi to’lib toshdi. Oromiy Yozuvi qadimgi Yunon Yozuvi kabi yaxshi
o’rganilgan edi. U qadimgi Eron imperiyasida davlat tili vazifasini o’tagan.
31


Shunday qilib, tatqiqotchi Yozuvni o’qishga kirishar ekan, avvalo Yozuv sistemasining
umumiy xususiyatini aniqlaydi. U oxirgi satrning to’ldirilmay qolgan qismidan, Yozuvning
yo’nalishini bilib oladi, so’zlarning bo’laklarga ajralishi ajralmasligini aniqlaydi, bo’laklarga
ajratilgan taqdirda bo’laklar qanday belgilar: chiziqcha, nuqta, ikkita nuqta va xokazolar bilan
muntazam takrorlanayotganligiga e`tibor beradi.
So’ngra belgilar sonini belgilab chiqadi. SHunga qarab, u qanday Yozuv:
harfli,bo’g’inli, ideografik yoki aralash Yozuv bilan ish ko’rayotganligini bilib oladi. ? Belgilari
soni 30 tadan kam bo’lgan Yozuvning harfli sistema bo’lishidan ko’ra, bir necha yuz belgidan
iborat, Yozuvning esa murakkab bo’g’inli sistema bo’lishi aniqroqdir.
Tatqiqotchi atoqli otlarni bilingva yordamida (agar bo’lsa) birinchi navbatda topadi.
Ular olimni noma`lum Yozuvga olib kiradigan so’qmoq yo’l bo’lib xizmat qiladi,masalan,
V.Tomson Urxun Enisey bitigtoshlardagi Yozuvlar ichidan birinchi bo’lib, “Turk”, “Tangri”
so’zlarni o’qiydi. Bilingva bo’lmagan xollarda noma`lm tilda yozilgan tekstni o’qib tushunishi
uchun quyidagi ikki usuldan foydalaniladi.
Birinchi - kombinatsiyaga asoslangan usul,bunda Yozuv o’qilayotgan ( lekin tarjima
qilinmagan) , tekstidan kelib chiqayotgan qonuniyatlar asosida tushuntiriladi va
sharhlanadi.Turli guruxdagi belgilarning tuzilishi va o’zgarishini, umuman tekstning tuzilishini,
jumlaning asosiy bo’laklari qanday o’rin egallganligini kuzata borib, keyin xulosa chiqariladi.
Ikkinchsi - etimologik usul. Bu usul o’qitilayotgan tekstdagi so’zlarni taxlil qilingan
qardosh tildagi so’zlarga taqqoslashga asoslangan, biroq bu usulni qo’llash uchun mazkur ikki
tilning qardoshligini isbotlaydigan jiddiy dalillar zarur. Harf (belgi)lar shaklining o’xshashligi
etarli dalil bo’la olmaydi, masalan: ruscha “N” bilan lotincha “N” ning shakli bir xil lekin ular
har xil o’qiladi.
Yozuvchi har qanday kontekstda o’qish mumkin bo’lgandagina deshifrovkani
nixoyasiga etgan deb xisoblash mumkin. 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling