30 ga yaqini shu kabi tol yog’ochlariga yozilgan.
Xujjatlarning bir qanchasi esa charmga yozilgan.Ularning saqlanish darajasi har-xil.
Bulardan tashqari So’g’d Yozuvining qator namunalari sopol parchalarida , idishlarning sirtida,
toshda etib kelganki ularning tarixiy va madaniy jixatidan ahamiyati beqiyosdir.
So’g’d Yozuvi mil. avv. I ming yillikda Osiyoda keng tarqalgan Oromiy Yozuvidan
kelib chiqkandir.Mil. avv. III-II asrlarda So’g’d Yozuvi to’la shakllanib bo’lgan edi.So’g’dda
savodxonlikka intilish kuchli bo’lganligi ko’pincha So’g’d davlatining ichki iqtisodiy
taraqqiyoti ham savodxonlikni talab qilar edi.SHuning uchun ham So’g’diyona savod o’rgatish
maktablari , kotiblik san`ati maktablari bo’lgan. 1965 yili Panjikentdan topilgan So’g’d alifbesi
bitilgan mashq taxtachasi , Mavrdan sopolga bitilgan kotib mashqlari bu fikrni isbotlashi
mumkin.
Endi bevosita Qolgan Mug’ddan ba`zi epigrafik yodgorliklar haqida , bu yozma
yodgorliklar o’sha paytda So’g’dning xo’jalik ishlari, bir qator yuridik xujjatlar,arab noibining
xatlari, Devashtich ko’zg’oloni haqidadir.
Bizga ma`lumki, Devashtich qo’zg’oloni bostirilgach , dastlab u avf etildi, keyinchalik
Arbinjon degan erda dorga osib o’ldirildi. Bu voqea 722 milodiy yilda bo’lgan. Olimlar
tomonidan o’qilgan va nashr qilingan juda yomon xolda etib kelgan (charmning ko’p erini qurt
egan, chirigan, Yozuvi bir qadar o’chib ketgan) arabcha xat Devashtichning arab xalifasi
noibiga xijriy 100 yilda ( milodiy 710-718 yillar) yozgan maxsus xati edi. Unda 710 yilda
Gurak tomonidan taxtdan chetlatilgan , o’zini o’ldirgan So’g’d podshosi Tarxunning bolalariga
xomiy bo’lishni noibdan iltimos qilingan edi. Bu xol arab istilosi davrida So’g’dda taxt uchun
kurash ham davom etganini ko’rsatsa ajab emas. Aslida Devashtich Tarxunning ikki o’g’liga
xomiy bo’lgan va taxtning vorisi deb ana shu ikki bolani bilgan .SHuning uchun 710 yildan
boshlab So’g’d podshosi xisoblangan Tarxunning akasi Gurakning xayot bo’lishiga qaramay
Devashtich ham o’zini Panjikent xokimi, So’g’d podshosi deb e`lon qilgan. Arablar siyosati
natijasida, ko’pchilik zodagonlar arablar tomoniga o’tgan. So’g’d podshosi Gurak ham
Devashtichning taxtga da`vosidan va xalq orasidan qo’zg’olon qo’rqib arablar tomoniga o’tib
ketgan.
Mug’ qal`asidan yana juda ko’plab xujjatlar topilgan, lekin boshqa xujjatlar ayrim fan
mavzusi bo’lganligi uchun fikrimizni shu erda to’xtatamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |