boshqacharoq chiqarish yo’li bilan erishilgan. Tavqi
1
Yozuvida nafaqat bir so’z
ichidagi
Yozuvlar, balki ayrim so’zlar xam qo’shib yozilgan. Islom olamida bu Yozuvdan
xukmronlar u yoki bu farmonga, ko’rsatmaga imzo qo’yishda foydalanganlar. Bundan tashqari
davlat ahamiyatiga molik boIgan muxim hujjatlar, qozilarning chiqargan
hukmlari ham shu
Yozuvda bitilgan. Vaqt o’tishi bilan XIV asrdan keyin qo’lyozmalarning so’nggi sahifalari,
undagi turli xil qo’shimcha ma’lumotlar shu Yozuv bilan bitilgan.
Dunyoviy mazmundagi
qo’lyozmalar, hamda
“
Qur'oni Karim”
yangi ko’chirilgan nusxalarining
hoshiyalari ham
ko’proq shu Yozuv turida yozilgan.
6.
Riqo Yozuvi
yoki
xatti riqo
– Bu Yozuv turi tavqi' Yozuvining kichraygan
shakli bo’Iib, u ham suls Yozuvi bazasida vujudga kelgan. U xam
xukmronlarning farmon va
yorliqlarini yozishda qo’llanilgan. Riqo Yozuvi o’zining xususiyatlari bilan tavqi' Yozuvidan
farq qilmaydi. Faqat riqo tavqi'ga qaraganda maydaroq va ingichkaroq yoziladi. Qisqa qilib
aytganda bu Yozuv ham tez yozishga mo’ljallangan, xarflari dumaloq shaklli Yozuvdir. Bu
Yozuvning taraqqiyotini kuzatgan olimlarning fikricha, bu Yozuv kichkina qog’oz
varaqchalariga yoziladigan shaxsiy maktublarni yozishga mo’ljallab yaratilgan Yozuvdir.
Shuning uchun xam bu Yozuv
Do'stlaringiz bilan baham: