Majmua pdf
Arablarning O’rta Osiyoga bosqiniga qadar kitoblar kutubxonalarda saqlangan
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Yordamchi tarix (2)
Arablarning O’rta Osiyoga bosqiniga qadar kitoblar kutubxonalarda saqlangan,
halifa Usmon tomonidan pergamantga yozilgan “Qur`oni Karim” 681 yili yozilgan bo’lib, hozirgi kunda u Oybek nomli O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyida saqlanmoqda. Qog’ozning kashf qilinishi kitob rivojlanishida yangi davrni ochdi. Qo’lyozma kitoblar odamlarni kitobga bo’lgan extiyojini qondira olmadi , qog’ozning kashf qilinishi kitobning ko’payishiga, tarqalishiga, turli rasmlar, xoshiyalar bilan kitob chiqarish imkonini berdi, hattotlik, muqavasozlik kasblari shakllandi. 45 XV – asrning 40 – yillarida Germaniyalik Iogann Gutenberg zomonaviy kitob bosish san`atini ixtiro qildi, u dastlab yog’ochdan keyinchalik metaldan harakatlanadigan harflarni tayyorlab, qog’ozning ikki tomoniga kitob bosishni kashf qildi. 1465 yili Italiyada, 1468 yili CHexoslavakiya va SHveytsariyada, 1470 yili Frantsiyada, 1473 yili Polsha va Vengriyada, 1477 yili Angliyada kitob bosish keng tarqaldi. XVIII – XIX asrlarda bosmaxona, badiiy bezak sohalari alohida kasb sifatida shakllandi. 1798 yilda Litografiya, ya`ni, Toshbosma ixtiro qilindi, endi kitoblarni rasmli hamda turli bezakli qilishi mkoniyati yaratildi. Pergament – maxsus ishlov berilgan mol teri bo’lib, qadimda xat yozish uchun ishlatilgan, birinchi bo’lib Pergam shahrida (Kichik Osiyodagi qadimiy shahar - Pergam shahri nomidan olingan bo’lib, hozirgi kunda Bergama nomi bilan ataladi) xat yozishda papirus o’rniga pergamentdan foydalanilgan. Pergam shahri kutubxonasida pergament qo’lyozma kitoblar ko’pligi jihatidan Misr (uzoq Aleksandriya) kutubxonasidan keyingi ikkinchi o’rinda turadi. Qog’oz – o’simlik tolasidan tayyorlanadigan maxsulot bo’lib, ermizning II – asrida Xitoyda ixtiro qilinganliga haqida ma`lumotlar mavjud.VI – VIII asrlarda O’rta Osiyo, Koreya, YAponiya, Hindistonga, VIII – XI asrlarda Arab halifaligiga, XI - XII asrlarda Evropaga keng tarqalgan. Xitoylik CHay Lun degan kishi qog’oz tayyorlashda eng murakkab usullardan foydalangan. Xitoyda qog’oz tayyorlash uchun bambuk va ipakli darahtlardan foydalanilgan. Qalam – turkcha “qara” va “tash” so’zidan olingan bo’lib, ko’mirning bo’lagi yoki grafit (qalam qattiq siyoh) ga aytiladi. Ko’mirning yozish xususiyati borligi insoniyatga olovdan foydalanish boshlanganidan ma`lum. XIV – asrdan boshlab Italiyaliklar qalami keng tarqalgan. Qalam ichdagi qattiq siyoh shaklidagi qalam XVI – asrdan boshlab uchraydi. Qalam ichiga quyib ishlatiladigan grafit (qora mineral) xom ashyosi 1565 yilda Britaniyaning Kamberlend grafligida, Ispaniyadan keyinchalik Sbirdan topilgan. Birinchi bo’lib yog’ochdan qilingan qalam 1790 yilda Frantsuz olimi N.Kante (1755 – 1805 y.y.) tomonidan ixtiro qilingan. Bir vaqtning o’zida Chex olimi Gartmut birinchi bo’lib grafit va loy tuproqdan o’zgaruvchan Yozuv vositasi ishlab chiqarishni taklif etgan, shu taklif asosida XVIII – asrda Lomonosov grafitli qalam ixtiro qilgan. Qalam ishlab chiqarish uchun 3 protsess : qalamning asosi, qalam taxtachalari va qalam ishlab chiqarishdan iborat. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling