Rayhoniy Yozuvi
yoki
xatti rayhoniy
– Hozirgacha Sharq paleografiyasida bu Yozuv
turiga aniq ta'rif berilmagan. Bir xil olimlar rayxoniy Yozuvi bilan muxaqqaq Yozuvi
o’rtasidagi farq rayhoniy Yozuvidagi chiziqlarning faqat ingichkaligi va go’zalligidan
iborat, bundan boshqa ular o’rtasida farq yo’q desalar, boshqalarning fikricha, agar muxaqqaq
Yozuvidagi harflarning o’zaro mutanosibligi qonun - qodasiga rioya qilgan holda nasx Yozuvi
bilan bir xil xajmda xarflar yozilsa, bu rayxoniy Yozuvi bo’ladi. Yana uchinchi toifa
olimlarining fikricha, muxaqqaq Yozuvida ayrim harflarni tashkil etuvchi doiralar kvadratga
yaqinroq turadi. Rayhoniy Yozuvi xam muxaqqaq Yozuvi bilan bir xil funktsiyani bajargan va
XVII asrning o’rtalariga kelib, o’rnini
Nasx
Yozuvi
ga bo’shatib bergan va iste'moldan chiqib
ketgan. Yana Shuni ayliSh joiz,ki, XIV - XV asrlardayoq ayrini xattotlar bu Yozuvni
qo’lyozmalarning hoshiyalaridagina ishlata boshlagan edilar.
4.
Suls Yozuvi
yoki
xatti suls
— O’rta asrlarda bu Yozuv musulmon olamining barcha
xududlarida eng keng tarqalgan Yozuv turlaridan edi. Bu Yozuvni muxaqqaq Yozuvi bilan
qiyoslasak, muxaqqaq Yozuvida tantanavorlik, ulug’vorlik aks etib tursa, suls Yozuvida esa,
o’ziga xos mayinlik, noziklik ustun turadi. Bu Yozuvda harflardagi yo’g’on yoziladigan qism
bilan ingichka yoziladigan qism o’zgacha bir noziklik bilan almashinadi. Bu Yozuvda
chiziqlarning uchdan bir qismi to’g’ri chiziqdan va uchdan ikki qismi egri chiziq va dumaloq
shakldan iborat bo’lgani uchun bu Yozuv
« suls »
deb atalgan. (arabchada bu so’z
«uchdan
bir»
ma'nosini bildiradi). O’rta asr an'analariga binoan, xukmronlarning rasmiy ko’rsatmalari,
farmonlari shu Yozuvda bitilgan. Shuningdek, qo’lyozmalarning titul varaqlari, oxirgi sahifasi
suls Yozuvida amalga oshirilgan. Me'moriy yodgorliklarda bezak o’rnida ishlatilgan suls
Yozuvlarini ham uchratish mumkin.
5.
Do'stlaringiz bilan baham: |