Majmua pdf


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/85
Sana26.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1127786
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   85
Bog'liq
Yordamchi tarix (2)

nasta’liq Yozuviga
yaqinlashtirgan. Garchi XIV asr oxirida yangi nasta’liq
Yozuvi paydo bo’lib, uni bir oz chekkaga surgan bo’lsa xam, nasriy asarlarning ko’pchilik
qismi nasx Yozuvida kilobat qilingan va XX asr boshlarigacha nasx Yozuvi bilan nasta’liq
Yozuvi xattotlar uchun asosiy Yozuv turi bo’lib xizmat qilgan.
Biz yuqorida ko’rib o’tgan Yozuv turlari kelib chiqish nuqtai nazaridan arabiy xisoblangan,
an'anaviy va mumtoz Yozuv turlari deb tan olingan va ular arab mamlakatlarida, Eronda va
o’rta Osiyoda keng qo’llanib kelingan.
44


Bundan tashqari Temuriylar davrida Xuroson va Movarounnaxr xududlarida vujudga kelgan
Yozuv turlari xam mavjudki, ularning asosiylari
«ta'liq»
,
«Shikastayi ta'liq»

«nasta'liq»
va
«Shikastayi nasta'liq»
Yozuvlaridir.
Xullas, arab olamida shakllanib, amalda qo’llana boshlagan arab Yozuvi keynchalik
Shunday taraqqiy etganki, unda vujudga kelgan Yozuv turlari haqiqiy san'at darajasiga
ko’tarilgan va bu Yozuvlarda bitilgan qo’lyozmalar hozirgacha ham dunyo miqyosida sharq
sivilizatsiyasining tipik namunasi sifatida e'zozlanib kelinmoqda.
Tayanch tushunchalar :
Nabatiy yozuvi, Ummul – kitob, Ibn Muqla, Ali ibn Hilol, Yoqut Musta'simiy, Etti yozuv
turi, Nasxi Eroniy, Kufiy yozuvi, Kufiyi bannoiy, Gulli kufiy, Muxaqqaq, Rayxoniy yozuvi,
Boysung’ur Mirzo, Suls yozuvi, Tavqi' yozuvi, Riqoyozuvi, Nasx yozuvi, Axmad Nayriziy.
5 - mavzu : Kitob bosish tarixidan.
Reja :
1.Kitob haqida mutafakkirlar fikri.
2.Kitoblarning tuzilishi va turlari,kitob bosishning boshlanishi.
3.Yozuv qurollari haqida umumiy ma`lumot.
Kitob – axborotlar,g’oya,obraz va bilimlarni saqlash hamda tarqatish vositasidir. Halqaro
miqyosda YUNESKO tavsiyasiga ko’ra 3 bosma taboqdan ortiq ,ya`ni, 48 saxifadan kam
bo’lmagan bosma asarni shartli ravishda kitob deb qabul qilingan.
Kitob siyosiy va mafkuraviy kurashning muhim qurolidir,u ijtimoiy ong mahsuli sifatida sinfiy
va partiyaviy xarakterga egadir.
A.Navoiy : “Olamda kitobdan aziz do’st yo’qdir”, “Kitoblar inson tafakkuri javohirlarini
yig’ib avlodlarga meros qoldiradi”, “Kitob g’oyat,g’oyat katta kuchdir” ;
Oybek : “Xalqning qay darajada madaniyatli ekanligini mamlakatda nashr etilayotgan
kitoblarning miqdori bilan o’lchanadi”;
Kitob ishi – bu kitobni yaratish,tayyorlash,tarqatish,saqlash va o’rganish bilan bog’liq katta
jaryonni o’z ichiga oladi.Kitobni ko’plab chiqarishni paleografiya sanoati amalga oshiradi.
Kitobning paydo bo’lish tarixi Yozuvning yaratilish va shakllanishi jaryoni bilan uzviy
bog’liqdir. Yozuvning tuzilish xususiyatlari va materiali kitboning tuzilishini belgilab beradi.
Qadimgi Misr , Rim , Yunoniston va O’rta Osiyoda dastlab insonlar tosh , palma darahti
barglari , sopol boshqa materiallarga yozishgan, shuning uchun ham qadimgi kitoblar bir necha
kilogrammdan iborat bo’lgan. Mil.avv. Dastlab papirusdan, mil.avv.II – asrga kelib
pergamentdan foydalanish boshlandi. Ayrim ma`lumotlarga qaraganda “Avesto” kitobi ham
pergamentga yozilgan.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling