Majmua pdf


Mug’ tog’idan topilgan So’g’d arxivi xujjatlari va ularning mazmuni


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/85
Sana26.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1127786
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   85
Bog'liq
Yordamchi tarix (2)

Mug’ tog’idan topilgan So’g’d arxivi xujjatlari va ularning mazmuni. 1932 yilning
baxorida Zaxmatobod tumanida (hozirgi Ayniy)Xayrobod qishlog’i yaqinidagi Qolgan Mug’
nomli tepalik yonbag’rida cho’pon Jo’rali Mahmudali o’g’li kolxoz qo’ylarini o’tlatib
yurganida, qal`adan noma`lum Yozuvda bitilgan xatni topib oladi.CHo’pon qishloqqa qaytgach
xatni mahalliy savodxon kishilarga ko’rsatadi. Lekin xatni hech kim o’qiy olmaydi.
Voqeadan habardor bo’lgan A.Pulodiy (Zaxmatobod tumani partiya komitetining birinchi
kotibi) –xatni Do’shanbega jo’natadi.U erda xatni sobiq SSSR FA Tojikiston bazasining ilmiy
kotibi A.Ivasilev ko’radi. Undan fotonusxa olib Peterburgga –So’g’d Yozuvidan xabardor olim
A.A.Freymanga jo’natadi.
Shu yili kuzda Qolgan Mug’da qazish ishlari boshlab yuborildi. Qazishmalar natijasida
400 ga yaqin ashyoviy dalillar topildi, qal`a arxitekturasi o’rganib izoxlandi, avval
topilganlari bilan birga 80 dona yozma yodgorlik tekstlari qo’lga kiritildi.Ulardan 74 tasi
38


So’g’dcha, 2 tasi arabcha, bittasi turkiy bo’lib fan uchun benixoya kimmatbaxo
ma`lumotlarni beradi.
Bu erdan topilgan So’g’d Yozuvi yodgorliklari uchun ishlatilgan materiallar Yozuv
taraqqiyotini o’rganishda muhim ob`ektdir.So’g’d Yozuvi va O’rta Osiyo Yozuvlarining eng
Qadimiylari metall predmetlari yuzasidan bizgacha etib kelgan.Ularda xatning shaklan eng
sodda turlaridan tortib , yuksak kursiv xusnixat shaklarigacha mavjud. So’g’d Yozuvining
keyingi namunalari ko’pincha ipakdek nafis va pishiq «xitoy» qog’oziga bitilgan. Bundan
tashqari Samarqand qog’ozi ham keng tarqalgan bo’lib,lekin,tadqiqotchilar fikricha VII-VIII
asrlarda bu erda qog’oz ishlab chiqarish qiyin bo’lganligi uchun qog’oz etishmagan va juda
qimmat turgan. SHu sababli ko’pincha xo’jalik xisobi ishlarida kundalik extiyojlar uchun
qog’oz bilan bir qatorda yog’och ham keng qo’llanilgan.YOg’och - toldan yasalgan tayoqchalar
bo’lib (uzunligi 0,5m va undan ortiq) ularning po’stlog’i shilingan , ko’pincha uzunasiga ikkiga
bo’lib ishlatilgan. YOg’ochning bo’rtik va tekis yuzalariga yozilavergan. Mug’ xujjatlarining

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling