Majmua pdf
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Yordamchi tarix (2)
“Qur'oni Karim”
kitoblarning onasi deb ataladi. Islom dini ildiz otib, aholi bu dinga e'tiqod qilishga boshlaganidan keyin, Qur'on va arablarning o’sha davrdagi og’zaki she'riyati asosida arab adabiy tili shakllana boshlagan. Arablarning xarbiy soxadagi qo’lga kiritgan yutuqlari, islom dinining qo’shni hududlarda tarqalishi arab tilining obro’ - e'tiborini kuchaytirgan. VII asr oxirida (685 — 705 yy.) xalifa Abdulmalik davrida (ungacha to’rtta dastlabki xalifalar va Muoviya, Yazid, Marvonlar xalifalik qilishgan edi) xalifalikning poytaxti Damashqda barcha davlat muassasalari va rasmiy yozishmalarni faqat arab tilida olib borish xaqida farmon qabul qilindi va bu farmon xalifalikning barcha xududlari ucluni uinuiniy deb e'lon qilindi. Chiqarilgan bu farmon arab tili va Yozuvining jamiyatda tutgan mavqeini yanada mustaxkamladi. Arab tilining rivojlanishi, uning xalifalikka tobe bo’lgan xududlarda keng tarqalishi arab Yozuvi va uning orfografiyasini takomillashtirish zaruratini keltirib chiqardi. Bu narsa esa, Yozuvda isloh o’tkazish masalasini ko’ndalang qo’ydi. Bu isloxni amalga oshirishda o’sha davrda Iroqning xukmdori bo’lgan Al - Hajjojning tashabbusi va xizmati ulkan bo’lgan. Yozuvda o’tkazilgan bu isloxotning vaqti aniq bilingan emas. Extimol u bosqichma — bosqich uzoq muddat davomida amalga oshirilgan va 680 yildan 780 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga olgan. Umuman arab Yozuvicla o’slia davrda o’tkazilgan isloxotning moxiyati qisqacha quyidagilardan iborat: 40 Yuqorida aytganimizdek, nabatiy Yozuvi da 22 ta harf mavjud bolgan. Bu xarflar orasida 4 ta harf shaklan juda o’xshash bo’lgan. Ular deyarli bir xil yozilgan. Ilk arab Yozuvida bu xarflarni bir — biridan farqlash uchun ularning ustiga yoki ostiga nuqtalar qo’yish joriy etilgan. Shundan keyin bu harflarning shakli bir xil yozilavergan va ular faqat tepa yoki pastdagi nuqtalar va ularning soni bilangina farqlangan. Huddi Shunday uslub bilan nabatiy tilida bo’lmagan, lekin arab tilida mavjud bo’lgan undosh tovushlar uchun ettita harf ijod etilgan. Nabatiy Yozuvidagi bitta harf arab tilida yo’q bo’lgan tovushni ifodalaganligi uchun u iste'moldan chiqarib yuborilgan. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling