Majmua pdf


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/85
Sana26.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1127786
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   85
Bog'liq
Yordamchi tarix (2)

Bilga xoqon bitigi – Bilga xoqon 734 yil 25 noyabrda o’z yaqinlari tomonidan o’ldiriladi.
Uning o’g’li Ichan xoqon 735 yili otasining xotirasi uchun Kultegin bitigidan 1 km uzoqlikda
bitiladi. Bu Yozuvni ham Bilga xoqonning amakisi Yullig Tegin yozgandir. Bitigtosh ag’darilib
3 bo’lakka bo’lingan, shuning uchun ham Yozuvlarning ma`nosi unchalik tushunarli emas.
Bitigtosh Bilga xoqonning taxtga o’tirishidan boshlanadi. Bitigtoshda Bilga xoqonning
xoqonlik yillari, davlatni adolatli boshqarganligi aytiladi. Bitigtoshning so’nggi misralarida
Bilga xoqonning o’z xalqiga qilgan nasixatlari aks etgan: “xalq xoqonidan, er-suvidan (ya`ni
vatanidan) ayrilmasa, ezgulik ko’radi, baxtli, betashvish yashaydi”.
Bilga xoqon bitigtoshini ham Xitoy ustalari o’rnatgan. Bitigtosh oxirida esa uning
muallifi Yullig tiginning ismi keltiriladi:
«Turk bilga xoqonning so’zlarini bu tosh ustiga men yozdim,Xoqonning jiyani men Yullig
Tegin,bir oy 4 kun o’tirib yozdim…»
Bunga xoqonning vafoti sanasi bitiktoshda quyidagicha ko’rsatilgan:
35


«Otam xoqon it yili uchinchi oyning yigirma oltisida vafot etdi. To’ng’iz yili beshinchi
oyning yigirma ettisida dafn marosimini qildirdim».Bu it yili 734 yilga to’g’ri kelsa kerak. 
O’rta Osiyodan topilgan turkey bitiglar. Turkiy bitigtoshlar O’rta Osiyoda ko’p
topilmagan. Asosan Talas vodiysidan topilgan xolos. Talas bitigtoshlarini topish va
jamoatchilikka ma`lum qilishda M.E. Masson 1930 yilda Tereksoyda o’tkazgan arxeologik
qazishmalari natijasida urxun – enasoy xarfi shaklidagi ikki qator Yozuv bitilgan tosh topdi.
YAna Talasdan 1933 yilda ettita katta – kichik hajmdagi bitigtosh topildi. 60-yillarda ham O’sh
viloyatida Batken tumani xududida qabr toshiga bitilgan va qadimgi turk davriga oid bitigtosh
ma`lum qilingan.
YOdgorliklarning tarqalishi kengligi ham hozircha muammo bo’lib turibdi. Bu erlarda
topilgan Yozuvlar xattotlik maxorati jixatidan turli-tuman, chunki Yozuv keng xalq orasida
qo’llangan. Yozuvning yaxshi egallagan odamlarning katta bir guruxi orasida u kengroq
qo’llanilgan. Masalan, yirik Urxun yodnomalari xusnixat bilan yozilgan, uning ijodkorlari
Yozuv maxoratini egallagan, maktabda maxsus o’qitilgan. Mayada toshlardagi Yozuvlarni
bitishda ushbu Yozuv avtorlarining kasb mahorati etishmasligi sezilib turadi,ular xunuk xat
bilan yozilgan. 
Qadimgi turkiy Yozuvlar tarqalgan o’lkalar orasida O’zbekiston xududlarining ham
alohida o’rni bor ekanligi qator topilmalar orasida isbotlanmoqda. Masalan, Farg’ona
vodiysidagi Isfaradan topilgan turkiy bitig, A.N. Bernshtam e`lon qilgan Farg’ona turkiy bitigi,
Quvada topilgan xum sirtidagi turkiy bitig, S.T. Klyashtorniy o’qigan Farg’onadan topilgan
bronza uzugiga yozilgan bitig va boshqalar bu fikrni tasdiqlaydi. 
Tadqiqotlar O’zbekiston xududida yashagan yangi turkiy bitiglar topilishiga olib
kelmoqda. 1986 yili O’z. FA Arxeologiya instituti tomonidan Andijon viloyatining Marhamat
tumanida joylashgan Lunbitepa yodgorligida qazish ishlari boshlandi. Bu yodgorlik maydoni
60x90 metr, balandligi 8 metr keladigan tepa bo’lib, V – VIII asrlarga oid bo’lgan
mustahkamlangan qishloq qo’rg’oni edi. Bu erda xayot IX – X asrlarda uzilib qolgan.
Bu yodgorlikda ko’plab ashyoviy dalillar qatori qadimgi turkiy Yozuviga daxldor muxim
obida topildi. Bu obida buyi 20 sm.dan sal ortiqroq, qorin qismining keng nuktasi 16 – 17 sm,
bo’yin qismi tor xumcha bo’lib, uning og’zi labidan elkasiga birlashuvchi bir yoqlama
ushlagich bandi bor. Uning bandi sirtiga pastdan yuqoriga yo’nalgan qadimiy turkiy bitik o’yib
tushirilgan. 
Bitik idish xumdonda pishirilishidan oldin bitilgan. Bu xumcha yodgorlikning VI – VII
asrlarga oid qatlamidan chiqdi. Xumcha bog’ida quyidagi Yozuv mavjud.
1
2
3
4
5
6
7
Bu erdagi birinchi va oltinchi xarflar « k » xarfini ifodalar ekan. Har ikki o’rinda ham
xarflar Urxun–Enisey yodgorliklaridagiga qaraganda bir oz farqli. Buni biz bu Yozuv
mutaxassis bo’lmagan bir qiziquvchan kishi tomonidan yozilgan bo’lishi mumkin deb
izoxlaymiz. To’rtinchi xarf « m » deb o’qilgan. Tunyuquq bitigtoshida shu xarfni birlashtiruvchi
chizig’i to’g’ri 
yozilgan bo’lsa, bu erda qiyaltirib yozilgan. Qolgan harflar nomlanishi quyidagicha: «k, i, a, m,
i, k, ch». Turk xatinning tovushlar uyg’unligi (singarmonizm) qonuniga moslashganligi, bu erda
36


so’zlarning qattiq yoki yumshoq o’zakli ekanligini aniqlashga imkon beradi. SHunga asosan
fikr yuritadigan bo’lsak, birinchi so’z yumshoq o’zaklidir, chunki u « k » tovushi bilan kelgan.
Turkiy so’zlarda bilamizki, ikki unli yonma-yon kelmaydi. Demak, so’z chegarasi ham shu erda
bo’ladi: « i » birinchi so’zga, « a » harfi ikkinchi so’zga taalluqli bo’ladi. Beshinchi belgi « i »
ning qattiq (variantini) undan keyingi belgi esa yumshoq « k » ni ifodalaydi. «i» oldingi, « k »
esa oxirgi so’zga tegishlidir. SHundan kelib chiqib bitigni uch so’zga ajratish mumkin:
o’rtadagi qattiq, ikki yondagisi esa yumshoq o’zakli so’zlardir. Endi so’zlrni o’qib chiqishga
harakat qilamiz: 1 va 2-xarfi birinchi so’zga birlashadi, ularning oldiga qadimiy turkiy imlo
qoidasiga ko’ra tushirib qoldirgan yumshoq «E» tovushini ko’shsak, «eki» - deb o’qish mumkin
bo’ladi. Qadimgi turkiy talaffuzda ikki so’zi eki tarzida ishlatilgan. Xarflarning ikkinchi
guruxini (a, m, n) «amin» - deb o’qish mumkin. V.Radlovning turkiy loxjalar bo’yicha
lug’atida bu so’zga «yashamoq, turmoq, turish, xayot, makon» deya ta`rif berilgan.
So’nggi ikki xarfni « k » va « ch » birlashtirib «xech» yoki «ekach» deb o’qilsa bo’ladi.
Mahmud Qoshg’ariyning lug’atida o’z singlisidek qiz «ekach» deb atalgan. YAna bir faraz
matndagi «ekach» so’ziga « a » qo’shimchasi qo’shilsa, u jo’nalish kelishigida «egachimga»
shaklini oladi. YUqoridagi da`volar asosida ko’zachadagi Yozuvni quyidagicha o’qish mumkin
bo’ladi:

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling