Majmua pdf
Urxun – Enisey yodgorligi
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Yordamchi tarix (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tunyuquq bitigtoshi
- Kultegin bitigtoshi
Urxun – Enisey yodgorligi. Qadimgi Turkiy bitigtoshlarning Urxun Yozuvida bitilgan yirik
namunalari quyidagilardir. Tunyuquq bitigtoshi, Kultegin bitigi, 34 Bilga xoqon bitigtoshi, Kuli chur bitigtoshi, Mayun chur bitigtoshi. Tunyuquq bitigtoshi 2-turk xoqonligiga asos solgan Eltarish xoqonning maslaxatchisi va sarkardasi Tunyuquqka bag’ishlanib, 712 – 716 yillari o’yib yozilgan. Tunyuquq bu bitigni o’zi xayotligida yozdirgan. Bitigtosh Ulan – Batordan 66 km. janubiy sharqidagi Bain TSokto degan joydan topilgan. Bitigtoshni Elizaveta Klements 1897 yili shimoliy Mo’g’iliston safariga borganda topgan. Tunyuquq bitigtoshi Kultegin va Bilga xoqon bitigtoshidan mazmunan farq qiladi. Bitigtoshda turkiylarning dushman qabilalariga qarshi kurashi, Tunyuquqning xalq oldidagi xizmatlari xikoya qilinadi. Tunyuquq Turk xoqonligi Xitoyga bo’ysundirilgan vaqtda (630 – 680 yillar) Xitoyga ko’chib ketgan Turk oilasida tug’ilgan. Faqat qaysi turkiy uruqqa mansubligi aniqlanmagan. Keyinchalik turklar xitoyliklardan mustaqillikka erishgan paytda Eltarish qutlug’ xoqon tomoniga o’tib, Bilge xoqon davrida ham Turk xoqonligida birinchi vazir va harbiy qo’mondon vazifalarida qolgan. Bu Tunyuquq Tosh yodgorligi Tula daryosining yuqori oqimidan, Kultegin va Bilga xoqon yodgorliklari atrofidan topilgandir. Faqat yodgorlikning qaysi yili o’rnatilganligi aniqlanmagan. Kultegin bitigtoshi Bilga xoqon bitigtoshi bilan bir vaqtda paydo bo’lgan. Radlov bu bitigni nemis tiliga tarjima qilgan. Bu bitigtosh marmarga o’yilgan, qalinligi 41 sm, balandligi 3 metr 15 sm, tub qismining kalinligi 1 m. 24.sm. Marmar tosh o’rtasida bosh burchakli qalqon bor. Unga balandligi 64 sm, kengligi 40 sm. bo’lgan lavxa o’yilgan. Lavxada arxar surati naqshlangan. U xoqonlik tamg’asi xisoblangan. Orqa tomonga bitigtoshning o’rnatilish tarixi, xattot Yozuvida bitilgan. Uning old tomoniga 40 satr, o’ng va chap tomoniga 13 satrdan Yozuv bitilgan. Ba`zi joylarida Yozuv o’chib ketgan. Bu marmartoshga yozish ishini Yullig Tegin ismli kishi bajargan. Bu bitigtosh Kulteginning akasi Bilga xoqon ko’rsatmasi bilan amalga oshirilgan. Bitigda asosan xalqqa murojaat qilingan. Bitig 732 yili Kul tigin xotirasi uchun Bilga xoqon tarafidan bitilgandir. Kultigin 731 yili to’qqiz-o’g’izlar bilan bo’lgan jangda xalok bo’lgan edi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling