Majmua pdf
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Yordamchi tarix (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qadimgi turkiy epigrafik yodgorliklarning o’rganilish tarihi.
- N.Yadrintsev
- N.YAdrintsev topilmasidan so’ng bu Yozuvlar Urxun- Enisey
Tayanch tushunchalar :
Ieroglif, Mixxat, Bilingva , Poleografiya ,Epigrafika , kontekst. 2 - mavzu: Qadimda turkiy epigrafik yodgorliklar. Reja: 1. Qadimgi Turkiy epigrafik yodgorliklar, ularning o’rganilish tarixi. 2. Urxun-Enisey yodgorliklari. 3. O’rta Osiyoda topilgan Turkiy bitiklar. Qadimgi turkiy epigrafik yodgorliklarning o’rganilish tarihi. Bir necha ming yillar davomida shakllangan turkiy Yozuvlar taqdiri Shumer mixxatlari kabi uzoq vaqtgacha jamoatchilikka ma`lum bo’lmay keldi. XVIII asrda turkiy xalqlar Yozuvlari haqida dastlabki ma`lumotlar paydo bo’ldi. Lekin Yozuvlar qaysi xalqka mansub ekanligi muammoligicha qolaverdi. CHunki bu Yozuvlarni xech kim o’qiy olmadi. 1691 yilda o’z davrining yirik olimi,Moskvadagi Gollandiya elchixonasi a`zolaridan biri Nikolay Vidzen Verxotur shahridan uncha uzoq bo’lmagan joyda noma`lum alifboda yozilgan bitigtoshlarni topdi. N.Vidzenning bu sohaga qiziqishiga Sibir viloyati boshlig’i Golovin sababchi bo’lgan edi. U Sibir bo’ylab sayohat qilib yurganida Ob daryosining o’pirilgan joyidan odam suyaklari saqlangan yog’och quti, kumush boldoq, idishlar topadi. Bu 32 topilmalarni u N.Vidzenga sovg’a qiladi. Lekin bu topilmalar va Yozuvlar qaysi xalqqa tegishli ekanligi noma`lum edi. Oradan 5 yil o’tgach 1696 yilda Tobolslik boyar o’g’li Semen Remezov ham Sibir erlarining haritasini chizayotib , bir punktiga Urxun toshi deb belgi qo’yadi. Noma`lum Yozuv bitilgan bu tosh haritada chegara vazifasini o’tay boshlaydi. Bunday Yozuvlar haqida 1710 yilda asirlikka tushgan shved zobiti Filipp Ioganin Stralanberg to’liqroq ma`lumot beradi. Asirlikda u 13 yil yashab noma`lum Yozuvning jadvalini ham chizib oladi. Uningcha bu Yozuvlar run Yozuvlari deb atala boshlandi. Run deb atalishiga sabab , got Yozuviga tashqi jixatdan o’xshashligidir. Runa - sir ma`nosini bildiradi. Qadimgi olmonlarning run Yozuvi milodiy II-III asrlarda kelib chiqqan .Turkiy Yozuvlar esa G’arbdagi run Yozuvlari paydo bo’lgunga qadar ham mavjud edi. 1716 yili Pyotr I Dantsigda professor Breynning tabiyot-tarix muzeyini borib ko’radi. SHundan so’ng olimdan bu sohada iqtidorli kishi berishni iltimos qiladi . Breyn do’sti , tibbiyot fanlari doktori Daniil Gotlib Messershmidtni tavsiya qiladi. U tarix, jug’rofiya, botanika soxasida ham bilimdon edi. Oradan ko’p o’tmay D.Messershmidt Peterburgga chaqirildi. Unga Sibirning fizik tasvirini yaratish topshirildi. U etti yil tinimsiz ishladi. Qadimiy turkiy yodnomalarning ilk to’plovchisi va tadqiqotchisi bo’lgan F.I Stralanbergning faoliyati ham D.G.Messershmidt nomi bilan bog’liq.Ular 1720 yili Tobolsk shahrida tanishadi. Messershmidt xukumatdan uni ham o’z ekspeditsiyasiga kiritishni iltimos qiladi. Ular ikki yil davomida birga ishlashadi. 1730 yili ular Lyubenda «Ovro’pa va Osiyoning sharqiy va shimoliy qismining tarixiy hamda jug’rofiy tasviri» kitobini nashr etdilar. Bu kitob ikki olimning kundaliklaridan iborat bo’lib , unda dunyo ahamiyatiga molik fikrlar bayon qilingan edi. SHundan so’ng Enasoy Yozuvlari haqidagi ilk munozaralar boshlandi. Bu Yozuvlarni shakliga qarab , gox slavyan, gox keltlarga, va greklarga nisbat berdilar. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha : “ turkiy xalqlar Sibirning erli axolisi emas shuning uchun bu Yozuvlarning Turkiy xalqlarga tegishli ekanligi haqida gap bo’lishi mumkin emas ” . XIX asrning II yarmida «Slavyan nazariyasi» unutila boshlandi. Bu davrlarda qadimshunoslar Enasoy,Abakan daryosi qirg’oqlaridan ,Oltinko’l yaqinidan ,Buluk daryosi bo’ylaridan ko’plab toshga yozilgan Yozuvlarni topdilar. Lekin bu Yozuvlarning taqdiri ham avalgi Yozuvlarning taqdiriga o’xshab noma`lumligicha qolaverdi. Yozuvlarning turkiy xalqlarga tegishli ekanligini birinchi bo’lib N.Yadrintsev isbotlab berdi. U topilgan Yozuvlarning taxminan 2000 yillar ilgari yaratilganini , turkiy xalqlarning skif va gotlarga qo’shni bo’lganligini , bu Yozuvlar turkiy xalqlarga taaluqqli ekanligini aniqladi. Lekin bu bitigtoshlarda nimalar ifodalanganligi noma`lumligicha qolaverdi. N.M.YAdrintsev boshliq ekspeditsiyaning Urxun va Tula daryolariga qilgan safarlari run bitiglarini butun dunyoga mashhur qildi. U topgan «tangacha» li bitigtoshlar ko’pchilik tarixchilarning diqqatini o’ziga jalb qildi. Kultegin bitigida xitoycha Yozuv matnlari ham bor edi. Bu matnlardan ma`lum bo’lishicha , bitigtoshlarning biri Biliga xoqon va ikkinchisi ukasi, lashkarboshi Kultigin sharafiga bitilgan ekan. N.YAdrintsev topilmasidan so’ng bu Yozuvlar Urxun- Enisey Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling