Majmua pdf


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/85
Sana26.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1127786
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   85
Bog'liq
Yordamchi tarix (2)

Tayanch tushunchalar :
Fravashi (hozirgi nomi Farvardin) - butun mavjudotning ruhi - xudo Axuramazdaning
sifatlaridan biri.
Ashi Vaxishta (hozirgi nomi Ordibehesht chinakam) — taqvodorlik.
Xarvatot (hozirgi nomi Xo‘rdod) - butunlik va salomatlik xudosi.
Tishtriya (hozirgi nomi Tir) - Sirius yulduzi-zardushtiylar bunga ham sig‘inganlar.
Ameretot (hozirgi nomi Mo‘rdod) - abadiylik.
Xshatra-varya (hozirgi nomi SHahrevar) - oliy hokimiyat.
Mitra (hozirgi nomi Mexr) - qadimdan bo‘lgan xudo, zardushtiylikda yorug‘lik, ahd va osmon
xudosi.
Apu (hozirgi nomi Obon) - juda qadimgi suv xudosi.
Odar (hozirgi nomi Ozar) - olov xudosi.
Dotush (hozirgi nomi Dey) - yaratuvchi.
Vohu Manoh (hozirgi nomi Baxmon) - yaxshi fikr.
Spenti Omoti (hozirgi nomi Esfand) taqvodorlik-asosiy akidalardan biri. 
Muharram - «ta’qiqlangan», «man etilgan», «muqaddas» ma’nolarini beradi. Muharramda
johiliyat davrida urush Harom qilingan.
Safar - «sariq», «za’faron» degan ma’noni beradi. Bu oyda arablarga halok qiluvchi yara toshar
edi. SHuningdek, boshqa bir farazga ko‘ra, safar oyida arablar «safariya» nomli guruh bilan
birgalikda oziq-ovqat qidirganliklari uchun bu oyga shunday nom berilgan.
Rabi ul-avval - «Rabi’» so‘zi arab tilida «bahor» ma’nosini beradi. Ammo Kadimgi arablar «rabi’»
so‘zini «kuz» ma’nosida ham qo‘llaganlar. Ushbu oy kuz faslida kelgani uchun «birinchi kuz»
ma’nosini anglatgan.
Rabi us-soniy — «ikkinchi kuz» ma’nosini anglatgan
Jumodu-l-avval, Jumodu-s-soniy - bu ikki oy qish kunlariga, sovuk qattiq bo‘lib, suv muzlagan
paytini anglatuvchiga arabcha «jamoda» so‘zidan olingan bo‘lib, «qotib qolmoq», muzlamoq
ma’nosini beradi
Rajab - arablar bu oyni uluglaydilar, yana bu oyni «kar oyi» ham deb nomlaydilar, chunki bular bu
oyda urush ovozini eshitmasdilar
27


SHa’bon - «tashaaba» so‘zidan olingan bo‘lib, «tarqalmok» ma’nosini beradi Ramazon -
«yondirmoq», «jazirama oy» ma’nolarini anglatadi. Bu oy yozning eng issik paytiga to‘g‘ri
kelgani uchun shunday atalgan
SHavvol - «ko‘tarilmoq», «olib bormoq», «ko‘chirmoq» ma’nolarini beradi. Arab qabilalari bu
oyda o‘z joylaridan ko‘chib ketardi, shuning uchun shavvol deb nomlangan

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling