Majmua pdf
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Yordamchi tarix (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abag‘amno
- Kalendar
- 3. Kalendarlar va ularning turlari (Quyosh, Oy, oy-kuyosh kalendarlari). Vaqt tushunchasi.
- Hafta va uning turlari.
Tayanch tushunchalar :
Xronologiya - vaqt birligi, bo‘linishini o‘rganadi, «xronos» - vaqt, «logos» - fan. Birinchi xronologiya xaqidagi ma’lumotnomalar to‘plami - XIX asrning 1-yarmida P.V.Xavskiy «Xronologiya jadvali»ni tuzgan. Abag‘amno - Misrliklar qo‘shimcha besh kunni (kichik oy) deb ataganlar. Anqnaqt - Misrliklar kabisali yilni esa (alomat) deb ataganlar. «Musriy» - Misrliklar qo‘shimcha kunni so‘nggi oyining oxiriga ko‘shganlar va uni shunday ataganlar. Kalendar - lotincha «kalendarium» so‘zidan olingan bo‘lib, qarz kitobi ma’nosini anglatadi. 2-mavzu. VAQT SANASI BIRLIGI. ENG QADIMGI KALENDARLAR Reja 1. Vaqt tushunchasi. Hafta, sutka, soat tushunchalari. Dastlabki soatlar. 2. Kalendarlar haqida tushuncha. 3. Kalendarlar va ularning turlari (Quyosh, Oy, oy-kuyosh kalendarlari). Vaqt tushunchasi. Vaqtning eng muhim xususiyatlaridan biri, uning bir tomonlama, ya’ni olg‘a, kelajak tomonga yurishidir. Matematiklar ta’biri bilan aytganda, manfiy vaqt bo‘lishi mumkin ham emas. Vaqtni o‘lchash uchun soniya, daqiqa, soat, sutka, hafta, oy va yil birliklari kabul qilingan. Olingan va butun dunyo mamlakatlarida bir xil qabul qilingan. Aniq vaqtning asosiy manbai astronomik kuzatishlardir. Maxsus asboblar yordamida yulduzlarni kuzatib, aniq vaqtni (soniyaning mingdan bir ulushlari aniqligida) topiladi. Hafta va uning turlari. Vaqt - tabiatdagi davriy hodisaga, Erning o‘z o‘qi atrofida aylanish davriga nisbatan hisoblanadigan o‘lchov birligidir. O‘rta asr solnomachisi Dostopochtenniy, «yilning uzunligini - tabiat, oyning uzunligini -an’analar, haftaning uzunligini belgilaydi», - deb yozgan edi. Vaqtning sun’iy birligi bo‘lgan haftalar, qadimda uch, besh va etti kundan iborat bo‘lgan. Bobil va SHumer matnlarida etti kunlik hafta mavjudligi haqida ma’lumotlar berilgan. Etti 6 kushshk hafta vaqt o‘lchovi sifatida SHarkda Bobilda ishlatilgan. Rimda ham dastlab sakkiz kunlik hafta bo‘lib, unga A harfidan N harfigacha bo‘lgan nomlar berilgan. Rimda imperator Avgust davrida (miloddan avvalgi 63-milodning 14) etga kunlik hafta keng tarqalgan. Etti kunlik hafta yaxudiylardan misrliklarga, ulardan rimliklarga va so‘ngra G‘arbiy YOvropaga tarqalgan. Bobilliklar ettini «qutlug‘ son» deb hisoblaganlar. Bu sig‘inish o‘sha davrda ma’lum bo‘lgan beshta «sayyora» - «planeta» yoki «daydib yuruvchilar» va ular qatoriga qo‘shib hisoblangan Oy va Quyosh bilan bog‘liq bo‘lgan. Ular Er atrofida etti sayyora - Oy, Merkuriy, Venera, Quyosh, Mars, YUpiter va Saturn aylanadi, deb hisoblaganlar. Haftalarga sayyoralarning nomi berilgan. Bu nomlarni rimliklardan so‘ngra, G‘arbiy Evropa xalqlari ham qo‘llashgan. Lotincha, fransuzcha va inglizchada ularning ko‘rinishlarini quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling