Majmua pdf
HAFTA KUNLARINING NOMLANISHINING ASTRONOMIK IFODASI
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Yordamchi tarix (2)
HAFTA KUNLARINING NOMLANISHINING ASTRONOMIK IFODASI
Oy (dushanba) Venera (juma) Mars (seshanba) Saturn (shanba) Merkuriy (chorshanba) Quyosh (yakshanba) YUpiter (payshanba) Qadimda sayyoralarning nomi soatlarga ham berilgan. Bir haftada 168 soat (24x7) bo‘lgan. SHanbaning birinchi soatini (shuningdek, 8, 15, 22 soatlarini) 23 soatini YUpiter, 24 soatini Mars boshqargan. Etti kunlik hafta G‘arbda imperator Avgust davrida keng tarkaldi. Miloddan avvalgi 321 yilda Konstantin «Hamma fuqarolar Quyosh kuni dam olsin»,- deb farmon berdi. Slavyanlarda ham etti kunlik hafta bo‘lib yakshanba «nedeley», ya’ni «hech narsa qilma», «ishlamaydigan kun» - deyilgan. Dushanba - «ponedelnik» -«nedeley»dan keyingi kun, vtornik seshanba) - «nedeli»dan so‘nggi ikkinchi, sreda (chorshanba) - nedeli (haftaning o‘rtasi), «chetverg», «pyatnitsa»-to‘rtinchi va beshinchi kun deb ataladi. «Subbota»- sabbat (shabat)-ya’ni dam olish so‘zidan olingan. Qadimgi Rusda zamonaviy yakshanba XVI asrgacha «nedeli» deb atalgan. Hafta so‘zining o‘rnida esa «sedmitsa» ishlatilgan. Qadimgi Skandinaviya xalklarida shanba - «kidagzyau» «hammom kuni» degan ma’noni bildirgan. Bu shvedlarda (lorsdau va lagsdau) ham sakdanib qolgan. Ba’zi xalqlarda eston, latish, arab, yunon va xitoyliklarda hafta nomlari tartib raqami bo‘yicha atalgan. Haftalarni raqamlash Qadimgi Bobilda ham mavjud bo‘lgan. Masalan: Saturn kuni baxtsiz hisoblangan bois, shu kuni ular biror bir ish bilan shug‘ullanishmagan «shabbat» - «osudalik» nomini olgan. SHu nom keyinchalik arab va slavyan tillarida ham ishlatilgan. Ba’zi xalqlarda haftalarning tartib raqami boshqacharoq qo‘yilgan. Masalan, gruzin tilida beshta shanba mavjud. Haqiqiy shanba - «shabati»dan tashqari yana, ikkinchi shanba (orshabati) - ya’ni dushanba, uchinchi shanba (samshabati seshanba, to‘rtinchi shanba (otxshabati) - chorshanba,beshinchi shanba (xutshabati) payshanba, juma - paraskevi va yakshanba - kriva deb ataladi. Forschada ham hafta nomlarida "shanba, so‘zi olti marta takrorlanadi. YAkshanba - birinchi shanba, dushanba -ikkinchi shanba, seshanba-uchinchi shanba, chorshanba - to‘rtinchi shanba va payshanba-beshinchi shanba tarzida. Juma - muqadsas kun hisoblanadi. Haftalarning forscha nomlari Kavkaz Osiyo xalqlari tomonidan ham ishlatiladi. Ozarbayjon tilida «bozor» - yakshanba, turkchada xam yakshanba - «pazar», «pazartesi» - bozordan keyin-gi kun deb ataladi. Angliyada vaqtlar shanba haftaning oxirgi kuni hisoblangan. Galfrid Monmutskiy 1 (XP asr) asarlaridan bunga bir talay misol topishimiz mumkin. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, turli nomlarda va shakllardagi haftalardan foydalanilgan. 7 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling