Majmua pdf
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Yordamchi tarix (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Rossiyada o‘tkazilgan pul isloxoti.
Tayanch tushunchalar :
Turkiston boni. Turma qog‘ozi. Junaidxonyu. Oq tanga. Qora tanga. YArim shoyi. Tanga. Tilla 12-mavzu: Qadimgi rus tangalari. Reja: 1. Qadimgi rus tangalarining paydo bo‘lishi. 68 2. Rossiyada o‘tkazilgan pul isloxoti. VIII asr oxirlarida qadimgi rus davlati xududiga katta miqdorda sharq tangalari kirib kela boshladi. Bu tangalar “dirxam” deb atalib, O‘rta Osiyo, Kavkaz orti, Eron, Kichik Osiyo, Messopotamiya kabi hamda Arab Xalifaligining katta xududida, Afrika va Ispaniyaning turli joylarida zarb qilinar edi. Ilgari VI – VII asrlarda Rusga sharq tangalaridan sosoniylarning draxmalari ham etib kelgan edi. Dirxamlar yirik dumaloq shaklda zarb qilinar edi. Uning ikkala tomonida ham yozuvlar bo‘lar edi. Bu yozuvlar xalifa yoki shoxning nomi, zarb qilingan shaxar, yil va shu kabilar edi. Rus davlatiga Evropa tangalari XI asr davomida kirib kela boshladi. Bu tangalarning asosiy qismini german fenniglari, Anglo sakslarning pennlari tashkil qilar edi. Vizantiya tangalari ham qadimgi Rusda katta rol o‘ynadi. Vizantiyaning oltin tangalari xalqaro savdo ishlarida ko‘proq foydalanilsa, mis tangalaridan ichki savdodagi pul muomalasida keng foydalanilar edi. X asr oxiri – XI asr boshlarida Qadimgi Rusda o‘zining xususiy tangasini chiqarish uchun birinchi marta ko‘rinish bo‘ldi. YOzma manbalarda rus tangalarini zarb qilishning boshlarinish haqida ma’lumot saqlanmagan. Lekin shu narsa aniqki, Rusda tanga zarb qilish tasodifiy emas, balki bu butun Rus tarixning rivojlanishi davomida, avvalo ikki yuz yil davomida uning territoriyasida sharq tangalarining muomalada bo‘lganligi natijasida yuzaga keldi. Tanga zarb qilish Vladimir I Svyatoslavich knyazlik qilgan davrda (980 – 1015), aniqrog‘i, 988 yilda xristianlik rasman qabul qilingandan keyin boshlandi. Bu xaqda Iso payg‘ambarning oltin tangalarida va kumush tangalarning ba’zilarida tasvirlanganligi dalolat beradi. Tanga zarb qilishni Vladimir I ming o‘g‘illari Svyatopolk (1015 – 1019) va YAroslav Mudriy (1019 – 1054) lar davom ettirdi. Oltin tangalarni faqat Vladimir zarb qildirgan edi. Uning 4 ta turdagi tangalari ma’lum. Bu tangalarning old tomonida knyaz, orqa tomonida Isoning tasviri bor edi. Pul muomalasi davrida XII – XII – XIV asrlar pulsiz davr xisoblanadi. Mo‘g‘ul – tatarlarning xujumi natijasida Rossiyada iqtisodiy hayot inqirozga uchragan. XIV asrning so‘nggi choragida 350 yillik tanaffusdan so‘ng, Rusda yana tangalar zarb qilingan. YAngicha iqtisodiy va siyosiy sharoitda rivojlanish yo‘liga chiqib, bir vaqtning o‘zida bir qancha shaxar markazlarida zarb qilana boshlandi. Dastlab rus knyazliklari orasida Moskva knyazligi, knyaz Dmitriy Donskoy davrida zarb qilindi. “Dmitriy” nomi bilan ataldi. Old tomonida, qo‘lida qilich ushlab turgan kishi yoki “xo‘roz” aks ettirildi. Aylanasiga “Buyuk knyaz Dmitriy muxri” deb yozildi. Orqa tomoniga To‘xtamish nomi yozildi, bu uning Oltin O‘rdaga vassalligini bildirar edi. Mana shunday tangalar Rus davlatining feodal tarqoqligi davrida XIV asrlarda barcha shaxar markazlarida zarb qilingan. Albatta, Rus davlatida markazlashgan davlatning tashkil topishi jarayoni, tangashunoslik soxasiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Bu esa Moskva knyazligi atrofida yagona Rus davlati qaror topganligi o‘z ifodasini topgan. Buyuk knyaz Ivan III davrida o‘ziga xos tangalar zarb etilgan. 1534 – 1535 yillarda Elena Glinskaya tomonidan pul isloxoti o‘tkazildi. YAngi tangalarning vazni va o‘lchov birligi o‘zgardi. Mis tangalar – kopeykalar paydo bo‘la boshladi. 69 Rus tangalari mis metaliga asoslanadi. Biroq Ivan Grozniy ham o‘z davrida yangi tangalarini zarb qildira boshladi. Lekin katta qiymatdagi tangalarning yo‘qligi salbiy oqibatlarga olib keldi. 1610 yilda Moskva knyazi Vasiliy SHuyskiy davrida oltin tangalar – koopeykalar zarb qilina boshlandi. “Trivennik” va “pyatachok” pullari muomalada bo‘la boshladi. 1654 yili Aleksey Mixaylovich tomonidan yana pul isloxoti o‘tkazildi. Yirik kumush tangalar “Taler” kabi, yirik mis tanga “dengi” – koopekykalari muomalada bo‘la boshladi. Bu isloxot ham iqtisodiyotga xech qanday ta’sir ko‘rsatmadi, salbiy oqibatlarga olib keldi. XVII asr oxiri XVIII asr boshlarida Rossiyada xokimiyat, mashxur javdat arbobi sarkarda Pyotr I xokimiyat tepasiga kelishi bilan davlatning barcha soxalarida o‘tkazgan isloxotlari o‘z natijalarini bera boshladi. Jumladan isloxot numizmatika soxasida ham olib borilgan. 1700 yilda “poltina” va “polpoltushka” nomli mis tangalar zarb qildirgan. 1710 yili kumushdan “poltina”, “polpoltushka” zarb qildirgan. Nihoyat, 1704 yilda kumush rubl ko‘p partiyada mis koopeykalar zarb qildirgan, undagi yozuvlar slavyan xarflari bilan bitilgan. 5 va 10 tiyinlik tangalar rubl – taler, kumushdan “oltin” tangalar, rubl, “taler” va mis tangalar, oltin – chervonetslar zarb qilina boshlangan. Bu esa mamlakat iqtisodiyoti uchun ijobiy oqibatlarga olib kelgan. CHernovets og‘irligi 3,4 gramm G‘arbiy Evropaning dukati bilan tenglashtirilgan. Mana shu tarzda XVIII asrda Pyotr I ning isloxotlari natijasida Rossiyaning iqtisodiy hayotida stabillashuv jarayoni ro‘y berdi. Bunga chernovets, rubl deb nomlangan pullarning zarb etilishi ham ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling