Majmua pdf
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Yordamchi tarix (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xitoyda tangalarning zarb qilinishi.
Tayanch tushunchalar :
Slaayanlar, sharqiy slavyanlar. Grivna. Vizantiya tangalari. Anglosaks penlari. CHernovets. SHarq tangalari. Oltin tanga. 13-mavzu: Qadimgi va O‘rta asr tangalari. Reja: 1. Qadimgi davrda savdo munosabatlarining yo‘lga qo‘yilishi. 2. Xitoyda tangalarning zarb qilinishi. O‘rta Osiyo va SHarqiy Turkiston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik, xamkorlik aloqalari tarixiy ildizi qadimgi davrga borib taqaladi. Masalan: Kushon davlatida oltin, oltin mis tangalar zarb qilingan bo‘lib, bu tangalar O‘rta Osiyo bilan bir qatorda SHarqiy Turkiytonni savdo muomalasida ham ishlatilar edi. Keyinchalik Eron Sosoniylar xukmronligi davridagi kumush tangalarning SHarqiy Turkistonda topilishi o‘zaro savdo va madaniy aloqalarini ko‘rsatib beruvchi faktdir. Eramizning IV – VI asrlarining birinchi yarmida O‘rta Osiyo da va SHarqiy Turkistonning bir qismini o‘ziga birlashtirgan Eftaliylar davlati ham o‘z Eron sosoniylarining pullariga taqlid qilib zarb qilganlar. XI – XII asrlardagi Qoraxoniylar, XIII asrdagi Mo‘g‘ullar istilosi, XIV – XVI asr Temur va Temuriylar davri va undan keyin SHarqiy Turkistonda 1514 – 1533 yillari Sulton Sayilxon xukmronlik qilgan YOrkent xokimligi davrida to SHarqiy Turkistonni Manjur imperiyasi bosib olgunga qadar (1759) O‘rta Osiyoda yuritilgan pullarning tashqi ko‘rinishidagi yozuvlari va uning og‘irlik vaznlarida ko‘p o‘xshashlik mavjud. 1759 yili Xitoydagi Din sulolasi Manjur Xitoy feodallari SHarqiy Turkistonni bosib oldi. U erda XV asrda Sulton Sayilxon xukmronlik qilgan YOrkeng xonlignini ag‘darib tashlab, bu 70 joyda Din sulolasi o‘z xokimiyatini o‘rnatdi. Ular SHarqiy Turkistonni qo‘shni xalqlar bilan bo‘lgan o‘zaro madaniy iqtisodiy aloqalarni uzib qo‘yish maqsadida ilgari savdo muomalasida yuritilgan kumush va mis tangalarni yo‘q qildi. Kumush tangalarni quyma yombiga aylantirib, mis tangalarni esa qayta quyib, 1760 yildan Xitoy pullarini chiqara boshladi. Imperator Syan Lun davrida (1736 – 1795) zarb qilingan bronza pullarning old tomonidan Syan Lun Tun Bao (imperator Syan Lun puli hammajoyda yuritiladi) deb yozilgan bo‘lsa, orqa tomonida bu pullar zarb qilingan shaxarning nomi manjur, xitoy va uyg‘ur tillarida yozilgandir.Undan keyin Xitoy imperatorlaridan Szya Sin(1796-1820), Dao Guan (1822-1850). Oyan’ Fen (1851-1861) davrlarida ham xuddi ana shunday pullarni har bir imperator o‘z nomidan chiqara boshladi. Bu bronza pullarni erli xalqlar yarmoq pul deb atala boshladi. Tyan-SHan tog‘ining shimoliy tomoni bu o‘lkaga XVII asr boshlarida hozirgi Mo‘g‘iliston va Oltoy torlaridan ko‘chib kelgan va 1755 yillari manjur xitoylar tomonidan bu o‘lkani bosib olish jarayonida butunlay yo‘q qilib qirib tashlangan junror qabilalari nomida Jung‘oriya deb ataladi. Sin sulolasining Qoshg‘arda zarb qilingan bronza pullari bilan Jung‘oryada zarb qilingan pullar bir birlarining xududlarida yuritilmas. Bu pullarning old tomoni o‘xshash bo‘lsa xam lekin uning og‘irlik vazni bir biridan farq qilgan. YAna Qoshg‘arda zarb qilingan yarmok pullarning orqa tomoniga zarbxonalar xitoy, manjur va uyg‘ur tillarida yozilgan bo‘lsa, ilida zarb qilingan pullarda faqat manjur yozuvida “iliy“ deb yozilgan, unda xitoy va uyg‘ur yozuvlari yo‘q. ( Ilida- Jung‘oriya). Milliy ozodlik xarakatlarining eng kattasi 1826 yildagi Jaxongir xuja qo‘zg‘oloni edi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra Jaxongir xuja Qoshg‘ar, Xutan, YOrkent va yangi erlarni egallab olgandan so‘ng bu joylarda o‘z nomidan tangalar zarb qilgan. Jaxongir xo‘ja qo‘zg‘olonini Qo‘qon xoni Muhammad Alixon qo‘llab-quvatlab unga Qoshg‘arni ozod qilishda o‘z qurolli kuchlari balan yordam beradi. SHuning uchun ham Muhammad Alixon Qo‘qonga qaytib kelgandan keyin 1828 yildan boshlab Qo‘qonda zarb qilgan tanga pullarni “G‘ozi” nomi bilan chiqara boshladi. Bu tangalarning old tomonida (Muhmmad Alixon G‘ozi) deb yozilgan bo‘lsa, orqa tomoniga “zarb Qo‘qon latif” deb yozilgan. 1864 yil 4 iyunda Kugarda boshlangan uygur xalqining milliy ozodlik harakati tez orada butun SHarqiy Turkiston hududiga tarqalib bu erda 5 ta mustaqil xonlik hokimiyati tashkil topishiga sabab bo‘ldi. Rashid addin xonning Kugarda olib borgan muhim iqtisodiy choralaridan biri u o‘zining siyosiy va iqtisodiy quvvatini mustaxkamlash uchun Kugarda 1864 yilining o‘zidan o‘z nomidan Xitoy pullari tilida, ya’ni o‘rtasi to‘rtburchak shaklidagi teshikka ega bo‘lgan mis pullarni qo‘yishga boshladi. Bu pullarni chiqarishda u qo‘zg‘olondan ilgari Kugar va oqsuvda Sin sulolasi tomonidan qurilgan zarbxonalardan foydalangan.Kugardagi zarbxonalardan chiqarilgan pullarning old tomoniga Rashid ad-din xon Sayil G‘ozi deb yozilgan bo‘lsa, orqa tomoniga “Zarb dor-as salta – nat Kugar” deb yozilgan. SHunday pullar Oqsuv zarbxonalarida ham qo‘yilgan bo‘lib uning old tomoniga “Rashid ad-din Sayil G‘ozi “ deb yozilgan. Orqa tomoniga esa “Zarb dor as Saltanat Oqsuv” deb yozilgan. 1865 yilning yanvarida Buzruk xo‘ja Qoshg‘arga kelgandan so‘ng uni xon deb elon qildi. SHundan keyin YOqubbek davlat to‘ntarishi qilish maqsadida atrofiga o‘ziga sodiq kishilarni to‘pladi. U hokimiyatni butunlay o‘z qo‘liga oldi. 71 1866 yili Qo‘qonda kumush pullar zarb qildirdi. “Bir misqoli shar’i” (SHar’i sharq musulmon davlatlarida og‘irlik o‘lchovi birligi bo‘lgan . SHar’i – (2,95 gramm-bir misqol shari 4,25 grammga tengdir) YOqubbek 1865-67 yillarda Qoshg‘ar.Xuton va Kugar xonliklarini birlashtirish asosida Tyan – SHan tog‘ining janubidagi boshqa shaharlarni qo‘shib olib Ettishahar davlatini o‘zi bosh hukmdori bo‘ldi.(Qoshg‘ar, Xuton, YOrkent, YAngi Xisor, Oqsuv, Kugar va Ko‘rpa). SHundan so‘ng u Qoshg‘arda kumush va mis pullarni zarb qildi. O‘z nomidan emas, balki Qo‘qon xoni Sayd Sultonni otasi Mallaxon nomidan chiqardi. Qashg‘ar zarbxonalarida chiqarilgan bo‘lsa ham o‘z tangalariga “zarb Qo‘qon “ deb yozilgan. Sanalarda YOqubbekni Ettishaxarda hukmronlik qilgan 1867-1873 yil qo‘yilgan. Qo‘qon tilla pullarini og‘irligi 4,5 grammni tashkil qilsa, Qoshg‘ar tilla pullarining og‘irligi 3,6 grammni tashkil qilgan. YOqubbek Qo‘qon xoni Mallaxon nomida 1873 yillargacha zarb qildi. 1873 yildan keyin tilla, kumush va mis pullarini Mallaxon nomidan emas, balki Abd al-Azizxon undan keyin Murodxon nomidan zarb qilish boshlandi. Lekin bu tangalarni orqa tomoniga “Zarb-dar-as Saltanat Qoshg‘ar” deb yozilgan . Ettishaxar davlati faqat ichki savdo munosabatlari bilan cheklanib qolmay, qo‘shni mamlakatlar bilan aloqa qiladigan halqaro talablarga javob beradigan tilla va kumush pullr zarb qilindi. Bu tangalar uch xil birlikda bo‘lib uning shakli nomi ham O‘rta Osiyodagi uch xonlik davrida yuritilgan pullarga o‘xshab ketadi. Ular O‘rta Osiyo va SHarqiy Turkistonda bir xil nom bilan oltindan zarb qilingani tilla deb atalsa, kumushdan ishlangan pullar tanga, mis pullar yarmoq yoki chaqa deb yuritilar edi. Tilla pullani og‘irligi 3.6 gramm , kumush tanga 1,8 gramm, mis pul og‘irligi 3.6 grammni tashkil qilgan. O‘zaro nisbati quyidagicha: 50 dona mis (chaqa) pul bir tanga kumush, 25 dona kumush bir tilla tangaga teng edi. Sin xonligi Ettishaxarni mag‘lubiyatga uchratkach bosib olingan erlarda bir qator siyosiy va iqtisodiy chora tadbirlar o‘tkazdilar. SHunday tadbirlardan biri Sin xonligining SHarqiy Turkistonda olib borgan pul isloxatidir. Bu isloxat Ettishahar davlati tomonidan muomalaga chiqarilgan uch xil (tilla, kumush, mis) birligini yo‘q qilib, 1878 yildan boshlab SHarqiy Turkistonda yuritish uchun maxsus kumush va mis pullarni chiqardi. Kumush pullar 5 xil nomda chiqarildi: 1.YArim misqol-1.80 gr. 2.Bir misqol-3.6 gr. 3. Ikki misqol 7.20 gr. 4.Uch misqol 10.80 gr. 5.Besh misqol 18 gr. Ular asosan Qoshg‘ar.Xutan.YAngi Xisor.Oqsuv va Urumchida zarb qilingan . Bu tangalarda zarb qilingan joylar nomi manjur va uyg‘ur tillarida berilgan bo‘lib, pulning nominali (qiymati) xitoy va uyg‘urchada berilgandir. Tangalarni zarb qilingan yili musulmoncha hijriy yil va arab raqami bilan yozilgan. Bundan tashqari SHarqiy Turkistonda yuritilgan kumush pullar ichida ba’zi kumush pullarga xitoy ieroglifi bilan “Syan pin” uch misqol yoki “Syan pin” – besh misqol deb yozilgandir. Uning ma’nosi shuki, Xitoydagi Xo‘kan o‘lkasining og‘irlik o‘lchov birligi asos qilib olingan bo‘lib, Qo‘qon o‘lkasida yuritilgan bir sar “Syan pin” ning og‘irligi taxminan 390 gr. Ga teng bo‘lgan. 1878 yildan boshlab SHarqiy Turkistonda kumush pul sistemasi yurgizildi(Xitoyda 1879 yil). XIX asr oxiriga kelib tovar pul munosabatlari kuchayishi bilan pulni savdo kapitalidagi ro‘li oshib bordi. 72 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling