Majmua pdf


Qadimgi shaharlarning tarixiy geografiyasi


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/85
Sana26.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1127786
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   85
Bog'liq
Yordamchi tarix (2)

Qadimgi shaharlarning tarixiy geografiyasi. Jamiyatdagi ma’lum bo‘g‘in sifatida ilk
shaharlarning paydo bo‘lishi butun jamiyat hayotidagi chuqur sifatiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq
bo‘lib, ushbu tarixiy - madaniy rivojlanish natijasida shaharlar qishloqlardan ajralib chikadi. Ushbu
ajralish tufayli ikkala qarama-qarshilik birlashuviga asoslangan jamiyat rivojlanishinining davr
taqozo etgan o‘ta muhim yangi konuniyatlari ma’lum tuzum sifatida o‘rnatiladi. Muhim yangi
ijtimoiy jarayon sifatida shaharlar shakllanishidagi dastlabki shart-sharoitlar ilg‘or va nisbatan jadal
rivojlangan (ma’lum tarixiy va tabiiy sharoitlarda, albatta) jamiyatda, ko‘p qirrali mehnat
taqsimoti jarayonining doimiy chuqurlashuvi natijasida paydo bo‘ladi.
Ilk shaharlarning paydo bo‘lish asoslari va omillari masalalari bo‘yicha turli yillarda
V.M.Masson, B.ALitvinskiy, A.A.Asqarov, T.SH.SHirinov, E.V.Rtveladze, A.S.Sagdullaev,
B.Eshovlar tadqikot ishlarini olib bordilar. Ular o‘z tadkiqotlarida ilk shaharlar paydo bo‘lish
asoslari, omillari va shart-sharoitlari, dunyo tarixidagi qadimgi shaxarlar bilan qiyosiy taxlil
masalalari ko‘rib chiqildi. SHuni alohida ta’kidlash joizki, kammahsul mehnat va ishlab
chikaruvchi kuchlarning nisbatan past darajasi sharoitida mehnat taqsimoti jamiyat
79


rivojlanishining yagona asosi edi. Ayrim tadqikotchilarning fikricha, doimiy tabakalanish jarayoni
va ishlab chiqarish faoliyatining ixtisoslashuvi mehnatning umumiy hajmi va qo‘shimcha mahsulot
o‘sishini ta’minlab, ehtiyojlar tartibining murakkablashuviga olib keladi. Bu jarayon esa o‘z
navbatida ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy-maishiy imkoniyatlar yaratadi . O‘rta Osiyoning har
bir tarixiy-madaniy vohasida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va rivojlangan dehqonchilik.asosida ilk
shahar markazlari paydo bo‘ldi. O‘zidd ilk shaharsozlik belgilarini aks etgiruvchi markazlarga
hozirgi kunda Janubiy Turkmanistondagi Oltindepa, Namozgohsepa, Ulug‘depa, janubiy
O‘zbekistondagi Sopollitepa, Jarqo‘ton, shimoliy Afg‘onistondagi Mundigaq, janubi-sharqiy
Erondagi So‘xta, shimoliy Erondagi Hisor kabilarni kiritish mumkin. 
Jamiyatdagi mavjud shart-sharoitlar va omillar miloddan avvalgi SH ming yillikning oxiri P
ming yillikning boshlariga kelib, O‘rta Osiyo xududlarida o‘zida shaharsozlik madaniyati
belgilarini aks ettiruvchi axoli manzilgoxlarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Dastlabki shaharlarda
aholining turli ishlab chikarishdan kelgan ko‘shimcha mahsuloti, yirik inshootlar-saroylar,
ibodat-xonalar, mudofaa inshootlari kabi kurilishlarda, madaniy va iqtisodiy aloqa-larda o‘zining
moddiy aksini topdi.
CHust madaniyati yodgorliklari tarkibiga kiruvchi asosiy katga manzilgohlar Dalvarzintepa,
CHust, Ashqoltepalar Farg‘ona vodiysidagi o‘zida ilk shaharsoapik belgilarini aks ettiruvchi
yodgorliklar hisoblanadi. Aynan Dalvarzintepa va CHustning atrofi devorlari bilan o‘rab olingan
bo‘lib, ularda hukmdor yashaydigan ark ajralib turadi. Dalvarzintepa miloddan avvalgi P ming
yillikning so‘shti choragidan boshlab ma’lum muddat Farg‘ona vodiysining yirik madaniy va
iktisodiy markazi bo‘lib xizmat qilgan.
So‘g‘diyonada, xususan Samarqand So‘g‘di hududlarida ilk davlat uyushmalari va shaharlar
shakllanishida quyidagi yirik omillar shubhasiz etakchi rol o‘ynaganligini ta’kidlaydi.
So‘g‘diyonaning Hisor tog‘ oldi tizmalarida, Qashqadaryoshshg yuqori oqimida va Qarshi
vohasida shaharsozlik madaniyatining uzluksiz shakllanish jarayonlarini kuzatish mumkin. O‘rta
Zarafshon vohasidagi eng yirik va dastlabki ochilgan ko‘hna shahar Afrosiyob hisoblanadi.
A.Makedonskiy davridagi Marokanda (Samarqand) aynan Afrosiyob o‘rnida joylashganligini
V.L.Vyatkin, N.I.Veselovskiy kabi sharqshunoslar ilgari surganlar. Ular Marokanda shahrining
ikkita qal’asi borligini K.Kursiy Ruf ma’lumotiga asoslanganlar. So‘g‘diyona davlatchiligida
Afrosiyob muhim ahamiyatga ega. Qashqadaryo vohasi (Janubiy So‘g‘d)da YOrqo‘rg‘on ko‘hna
shahri bo‘lgan.
Miloddan avvalgi U1-1U asrlar Buxoro vohasining eng muhim ajralib turadigan tomoni -
Buxoro, Varaxsha, Ramish, Xo‘ja Bo‘ston kabi ko‘hna shaharlarning paydo bo‘lishidir.
Miloddan avvalgi U-1U asrlarga kelib hozirgi Buxoro o‘rnida va atroflarida shaharsozlik
madaniyati rivojlangan izlarini kuzatish mumkin.
Xorazmning eng qadimgi shahar - qal’alaridan biri bo‘lgan Ko‘zaliqirning shakllanishi
miloddan avvalgi UP-U asrlarga oiddir. Ushbu yodgorlikni S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm
ekspeditsiyasi chuqur o‘rgangan.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling