Majmua pdf
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Yordamchi tarix (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-mavzu. MARKAZIY OSIYONING QADIMGI DAVR TARIXIY GEOGRAFIYASI Reja: 1. Markaziy Osiyo qadimgi davr manzilgoxlari
Tayanch tushuncha :
Tarixiy geografiya - mamlakatlar tarixidagi geografik tomonlarning tarixiy jarayonlarini o‘rganadi. Tarixiy geografiyaning asosiy tarkibiy qismlari - aholini joylashishi tarixiy geografiyasi, xo‘jaligining tarixiy geografiyasi, tarixiy-siyosiy geografiyasi, tarixiy iqtisodiy geografiyasi. 2-mavzu. MARKAZIY OSIYONING QADIMGI DAVR TARIXIY GEOGRAFIYASI Reja: 1. Markaziy Osiyo qadimgi davr manzilgoxlari 2. Mis-tosh va bronza asri davri tarixiy geografiyasi. Markaziy Osiyo ibtidoiy davrdagi manzilgohlar. Vatanimiz xududida yashagan ilk ajdodlarimizning manzilgohlari ilk paleolit davriga oid bo‘lib, Farg‘ona vodiysining So‘x tumanidagi Seleng‘ur g‘oridan va Toshkent viloyatining Angren shahri yaqinidagi Ko‘lbuloq makonidan topib o‘rganilgan. Bu borada arxeolog olimlar A.P.Okladnikov, O‘.Islomov, M.R.Qosimov, VL.Alekseevlarning xizmatlari katgadir. Neondertal odamlar yashagan madaniyat makonlari Markaziy Osiyo xududinining 50 dan ortik joyida topilgan. Surxondaryo (Teshiktosh), Samarqand (Omonqo‘ton, Ko‘tirbuloq, Zirabuloq, Xo‘jamazgil deb nomlangan buloq yoqalari), Toshkent (Obirahmat, Xo‘jakent, Paltov nomli ungur va g‘orlarida Ko‘lbuloq yoqasi), Navoiy (Uchtut) hududlari, qo‘shni Tojikiston (Qorabura, Jarqo‘rg‘on) va Qirg‘iziston (Tossar va Georgiy do‘ngligi) hududlarida muste davriga oid yodgorliklar juda ko‘plab topilgan. Xususan, 1938 yilda Boysun g‘oridan topilgan yodgorliklar alohida qimmatga egadir. Mezolit davrida Markaziy Osiyoning deyarli barcha tumanlari, Movarounnahrning qulay imkoniyatlarga ega joylarda, jumladan, Farg‘ona vodiysining tog‘li va tog‘ oldi tumanlarida, Markaziy Farg‘onada vujudga kelgan katga va kichik ko‘llar bo‘ylarida ko‘plab manzilgohlar topilgan. Olim O‘.Islomov bu hududsa 1970-1980 yillarda keng miqyosda arxeologik tadqiqotlar olib bordi va So‘x yaqinida Obishir nomi bilanaholi o‘rtasida ma’lum bo‘lgan ungurlarda mezolit davri jamoalarining qarorgohlarini kashf etdi. Farg‘onada yana 100 dan ortiq mezolit davri yodgorliklari topildi. Mezolit davriga oid boshqa guruh yodgorliklari Toshkentning Sariqamish tumanida qadimgi Bo‘zsuv havzasida ham topildi. Bundan tashqari, O‘zbekistoning Surxondaryo viloyati Ayritom, Kattaqo‘rg‘on, Zaranchuk-gut, Dukanxona, Eski Termiz, Podaxona, Oqtosh, Ko‘hitongning Machay soyi ustada ko‘targan qoya ostidagi g‘orda ham mezolit davriga oid arxeologik ma’lumotlar topib o‘rganildi. 75 1970-1971 yillarda Machay g‘orini tekshirgan olim O‘.Islomovning fikricha, ushbu yodgorlik mezolit davrining eng so‘nggi bosqichi va ilk neolit davriga tegishlidir. Neolit davri yodgorliklari Ashgabatdan 40 kmlar chamasi shimoli-g‘arbda joylashgan, turkmanlar CHaqmoqli deb atagan joy bo‘lib, «CHaqmoqli» - deb atalishining boisi shundaki, turkman cho‘ponlari bu joydan chaqmoqgosh terishar ekan. 1956-1957 yillarda arxeolog V.M.Masson bu erda izlanishlar olib borgan. Bu joy fan olamiga «Joytun» madaniyati nomi bilan kirdi. Joytunni o‘rganish jarayonida uning atrof tumanlarida ham arxeologiyaga oid qidiruv ishlari yo‘lga ko‘yiddi. Natijada, Joytun madaniyatiga doir o‘nlab neolit jamoalarining qarorgohlari (Nayzatepa, Bami, CHo‘pontepa va boshqalar) ochildi. Bu er aholisi dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Akademik S.P.Tolstov tomonidan qadimgi Xorazmda, Amudaryoning quyi havzasida «Kaltaminor madaniyati» nomi bilan tarixga kirgan. Bu madaniyat Xorazm hududidagi Jonbosqal’a nomi bilan ma’lum bo‘lgan 4 ta makonni tekshirish orkali aniklandi va o‘sha makon yaqinidagi joy nomi bilan Kaltaminor madaniyati nomini oldi. Bu miloddanav. 1U-SH ming yillikda yashagan ovchilar va balikchilar jamoasi madaniyatidir. Neolit davri madaniyati topilmalari Vatanimizning Zarafshon, Qashkadaryo vohalari va boshqa hududlarda ham mavjud va ular olimlar tomonidan o‘rganilgan. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling