Majmua pdf


Demak, tarixiy geografiya


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/85
Sana26.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1127786
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   85
Bog'liq
Yordamchi tarix (2)

Demak, tarixiy geografiyamamlakatlar tarixidagi geografik tomonlarning tarixiy
jarayonlarini o‘rganadi. CHunki bunday tarixiy geografik tomonlarni bilmasdan turib,
mamlakatning rivojlanish bosqichlarini ham o‘rganib bo‘lmaydi.
Tarixiy geografik tadqiqotlarni olib borishda xuddi tarix fani kabi tarixiy manbalarga
tayanadi. Alohida kiymatga ega bo‘lgan tarixiy - geografik asarlar, turli xujjatlar, qadimgi
xaritalar va h.k. Xususan, davlatning chegaralari ko‘rsatilgan qonunlar, kelishuvlardir. Ammo
bular haqida ma’lumotlar kam. Eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan arxeologik manbalar - bo‘lib,
ulardan ayniksa, qadimgi davrga oid iqtisodiy geografik tadqiqotlarda mamlakatning iktisodiy
ahvoli, xo‘jaligi, hunarmandchilik turlari, savdo-sotik aloqalari kabi ma’lumot-larni olish mumkin.
Tarixiy geografiyani o‘rganishda - tomonimika va antropologiya ma’lumotlari ham
muhimdir. Daryolarning nomlari, ko‘llar va boshqalar ham nomlari turli davrlarda turlicha
73


bo‘lgan. Antropologik materiallar esa xalklarning shakllanishida, aralashib ketish jarayonlari
sabablarini o‘rganadi.
Tarixiy geografiya XVI asrda alohida fan sifatida shakllandi. Uning fan sifatida
shakllanishiga XV- XVI asrlardagi ikki yirik tarixiy voqea turtki bo‘lgan:
1. Uyg‘onish davri Renessansi
2. Buyuk geografik kashfiyotlar
Uyg‘onish davrida ziyoli odamlarning kadimgi davrga, tarixga, geografiyaga bo‘lgan
qizikishi ortdi. Buyuk geografik kashfiyotlarni (XV asr boshlari - XVI asr)ni amalga oshishiga
asos bo‘lib geofafik bilimlar xizmat qildi. Odamlar, sayyoxlar, tarixchilarning qadimgi davr
geografiyasiga qiziqishi yanada kuchaydi.
Dastlabki, yirik asari bilan tarixiy geografiyaga asos solgan, sadimgi dunyoning 1-atlasini
yaratgan flamand geografi A.Orteliy (XVI asr) bo‘lib, u o‘zining xaritasida har bir xaritaga
qisqacha matn yozgan. U 1-bo‘lib geografiyaga, "tarixchining ko‘zi" bilan qaradi va «tarixiy
geografiya» terminini fanga kiritdi. Biroq Orteliy kadimgi davr mualliflari geofafiyani qanday
yoritgan bo‘lsalar, shundayligicha kabul qilgan, ularga tankidiy yondashmagan. Orteliy asaridagi
kamchiliklar XVII asrda Gollandiyaning Len Den Universiteti professori F.Klyuverning tarixiy
geografiyadan yaratgan «Qadimgi Italiya» va «Qadimgi Germaniya» nomli asarida tuzatilgan.
Tarixiy geofafiyaning rivojiga hissa ko‘shgan fransuz geofaflaridan J.B.D'Anvil bo‘lib, u
qadimgi davr geografiyasi bilan birga, o‘rta asrlar geografiyasini ham yoritgan.
XIX asrning 2-yarmidan boshlab, tarixiy va geografik asarlarning kengayishi tufayli,
ijtimoiy-iqtisodiy tarixni rivojlanishi bilan tarixiy geofafiyaning mazmuni ham kengaya
boshlaydi.
XIX asrda ruslardan terixiy geografiyaga asos solgan geofaflar V.N.Tatshsev, I.N.Boltin,
N.P.Barkovlardir. XX asr boshlarida bu fan Peterburg arxeologik institutida, Moskva universitetida
o‘qitilgan. Tarixiy kartofafiya fanining rivojida rus olimlari M.Tixomirov, V.K.YAsunskiy,
I.A.Golubsov va boshqalar xizmat qilganlar.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling