Majmua pdf


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/85
Sana26.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1127786
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   85
Bog'liq
Yordamchi tarix (2)

Tayanch tushuncha :
Katta Xorazm — Amudaryoning kuyi oqimidagi shimoliy erlar, Murg‘ab vohasi va Parfiya
xududlari.
Baqtriya — hozirgi Surxondaryo, Tojikistonning Amudaryoga yaqin erlari va SHimoliy
Afg‘oniston xududlari.
So‘g‘diyona — Zarafshon daryosidan suv ichgan erlar va Qashqa vohasi xududlari bo‘lib, hozirgi
Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlari hududida shakllangan.
80


Marokanda - Samarqand, Afrosiyob o‘rnida joylashgan.
Afrosiyob - O‘rta Zarafshon vohasidagi eng yirik va dastlabki ochilgan ko‘hka shahar.
YOrko‘rg‘on - Kashqadaryo vohasi (Janubiy So‘g‘d)dagi shahar.
4-mavzu: MARKAZIY OSIYONING AHMONIYLAR DAVRIDAGI TARIXIY
GEOGRAFIYASI, SALAVKIYLAR DAVLATI, YUNON-BAQTRIYA DAVLATI,
KUSHON PODSHOLIGI 
Reja:
1. O‘rta Osiyoning Ahmoniylar davri tarixiy geografiyasi.
2. A.Makedonskiy tomonidan O‘rta Osiyoni bosib olinishi tarixiy geografiyasi.
3. Salavkiylar davri tarnshy geografiyasi.
4. Parfiya va YUnon-Bakgriya podsholigi tarixiy geografiyasi.
5. So‘g‘diyona, Qang‘ (Kanxa) va Farg‘ona (Davan)ning tarixiy geografiyasi.
6. Kushon podsholigi tarixiy geografiyasi.
7. Buyuk Ipak yo‘li va uning kengayishi tarixiy geografiyasi.
O‘rta Osiyoning Ahmoniylar davri tarixiy geografiyasi. Miloddan avvalgi VI asrda
Eronda Ahmoniylar davlati vujudga kelgan. Bu davlat ikki asr mobaynida yashagan. Uning
xududlari Misrdan to SHimoli-G‘arbiy Xindistonga qadar cho‘zilgan edi. Ahmoniylar davlatining
poytaxti Persopol’ shahri bo‘lgan.
Ahmoniylar shohi Kir P Midiya, Kichik Osiyodagi Lidiya, Bobilni bosib olgach, so‘ngra
Baktriyaga yurish boshladi. O‘zbekiston tarixidan ma’lumki, miloddan avvalgi 530 yilda
massagetlar malikasi To‘maris tomonidan halokatga uchraydi. SHunga qaramay o‘lka Ahmoniylar
tarkibiga kirgan: Batstriya, So‘gdiyona, Xorazm kirgan.
Doro I ga qarshi ko‘tarilgan Margiyonadagi ko‘zg‘olon Markaziy Osiyo viloyatlarida
yagona ko‘zg‘olon emasdi. Bunday qo‘zg‘olon Parfiyada ham ko‘tarilgan. Bu qo‘zg‘olon
miloddan avvalgi 521 yilning yozigacha davom etgan edi. Doro I davrida Ahmoniylarga qarshi erk
va ozodlik uchun saklar hzm bosh ko‘targanlar. Buni biz Bixustun yozuvlarida ochiq ko‘ramiz.
Doro I saklarni quvib Orol sohillarigacha borgan, u saklar hukmdorini asir olganligi, boshqa bir
Skunxa ismli lashkarboshi saklar o‘zlarini Doro I ga topshirganliklari qayd etiladi. Bu voqealar
milodsan avvalgi 520—518 yillarda yuz bergan. Ahmoniylar hukmronligiga qarshi ozodlik va erk
deb bosh ko‘targan xalq qahramonlari timsoliga SHiroq harakati ham yorqin misol bo‘la oladi.
Jangnoma tilidagi mashhur afsona hisoblangan «SHiroq>> tarixiy voqealar asosida vujudga
kelgan va barchaning e’tiborini o‘ziga tortgan. Bu qadimgi afsonani byrinchi marta yunon
tarixchisi Polien o‘zining «Harbiy hiylalar» degan asarida keltirgan. Asarda SHiroq — Siyrak deb
nomlangan, afsonada sak kabilasidan chiqqan otboqar SHiroqning buyuk jasorati, tadbirkorligi,
vatanparvarligi fazilatlari hikoya qilinadi. SHiroq o‘z qabilasi manfaatlarini himoya qilib, Eron
shohi Doro lashkarlariga karshi chiqadi va harbiy hiyla bilan uning ko‘shinlarini chalg‘itib, suvsiz,
Qizilsumning dasht-sahrosiga boshlab boradi. Suvsizlik va ochlikdan, darmonsiz qolgan g‘anim
lashkarlar halokatge uchraydi. El-yurt vayronagarchiliqdan saqlab qolinadi.
Asarning eng e’tiborli, ta’sirchan joyi shundaki, SHiroqning o‘zi ham dushman qo‘lida
halok bo‘ladi, lekin SHiroq uchun bu o‘lim mag‘lublik emas edi, uning orqasida ona Vatan
himoyasi, katga bir xalqning taqdiri yotardi. P1iroq o‘zi halok bo‘lsa-da, yurtdoshlarini, vatanini
katta bir ofatdan saklab qoldi.
81


Bu ko‘tarilgan ko‘zg‘olonlar Doro I ni bir qator islohotlar o‘tkazishga majbur qilgan. U hatto
saroy zodagonlari xuquqlarini ham cheklab qo‘yadi va qattiqqo‘llik bilan siyosat olib boradi,
mamlakatda o‘zining mutlaq hokimiyatini joriy qiladi.
Osiyo xududi Ahmoniylar tomonidan Baqtriya va Marg‘iyona bilan birga hisoblaganda 12
satraplikka bo‘lib idora qilingan. Bu satrapliklar podsho xazinasiga har yili 360 talan
5
jarima
to‘lagan. Parfiya, Xorazm, So‘g‘d va Areya birgaliqda 16 satraplikdan iborat bo‘lib 300 talan,
saklar va kaspiylar esa 15 satraplik bo‘lib, ular xar yili Doro I xazinasiga 250 talan jarima solik
to‘laganlar.
Markaziy Osiyo aholisi shahanshoh xazinasiga xar yili to‘lab turgan aniq -miqdordagi
soliklarga ko‘shimcha yirik davlat kurilishlarida ham ishlab berar edilar. Xullas, Markaziy Osiyo
xalklari milodsan avvalgi VI — IV asrlarda, ya’ni kariyb 200 yil mobaypida Eron Ahmoniylari
xukmronligi ostida yashadilar. Ular doimo erk va ozodlikka intilib kurashdilar. Faqat miloddan
avvalgi IV asrlarga kelib Ahmoniylarning markaziy hokimiyati kuchsizlana boshlagach, zulm
asoratida bo‘lgan xalqlar o‘z mustaqilliklariga erishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Markaziy Osiyoda o‘z mustaqilligiga birinchilar katorida Xorazm vohasi erishdi.
Baqtriya esa to Iskandar Zulqarnayn istilosiga kadar Ahmoniylar hukmronligi ostida
bo‘lgan.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling