Majmua pdf


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/85
Sana26.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1127786
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   85
Bog'liq
Yordamchi tarix (2)

Xorazm kalendari. Qadimgi Xorazmda Quyosh kalendariga asoslangan yil hisobidan
foydalanilgan. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, Xorazm yil hisobi O‘rta Osiyodagi eng
Qadimgi yil hisoblaridan biri hisoblangan. Xorazm kalendarida bir yil 12 oyga bo‘lingan va har
bir oy 30 kundan iborat bo‘lgan. Qo‘shimcha 5 kun yil oxirida o‘n ikkinchi oyga qo‘shilgan va
bir yil 365 kunni tashkil ettan. Har yili qoldiq sifatida ortib qoladigan chorak kunga Xorazm
kalendarida e’tibor berilmagan. YAngi yil bahorgi tengkunlikdan boshlangan. Oy nomlari Abu
Rayhon Beruniy asarida ikki xil to‘liq va qisqartirilgan shakllarda keltiriladi. Oylarning to‘liq nomi
20


juda uzun bo‘lib, ko‘pchilik tovushlarni undosh harflar tashkil qiladi. Beruniy Xorazm kalendari oy
nomlarining to‘liq va qisqartirilgan shaklini quyidagicha keltiradi: 
Xorazm kalendari oylarishshg to‘liq nomi
1.Ruchnofunovsrochi
7. Avmriy
2. Ardushfvsirx ankom
8. YOnoxn foxsrson rochibk
Z.Xrvdodfvihiriy
9. Arvfvfimxkobhrfin
4.Jiriy forozok
YU.Vsmrfvnofkonj ankom
5.Xmdod
11. Ashmn fvird ankom
6.Axshrivriy
12 .Isbandarmajiy fvxshvm.
Xorazm kalendaridagi oylar nomlarining qiskartirilgan shakli 
1.Novsorjiy. 7. Avmriy.
2. Ardvst.
8. Enoxi.
3. Xrvdod.
9. Arv.
4. Jiriy.
10. Rimjd.
5. Xmidod.
11. Arshmn.
6. Axshrivriy.
12. Isfandorajiy.
Abu Rayhon Beruniy oylarining to‘liq nomini bergan bo‘lsa-da, ammo kundalik ish
yuritishda va ma’muriy xujjatlarda oylarning yuqorida keltirilgan kisqa shaklidan foydalanilgan. IV-
VSH asr qadimgi xorazm yozuvi hujjatlarida va XP-XIV asr arab-xorazm yozuvi manbalarida oy
nomlari yuqoridagi shakllarda ko‘llanadi. O‘n ikkinchi oyga ko‘shiladigan 5 kunning maxsus nomi
bo‘lmagan. Yil oylari kunlariga ortiqcha kunlarni ko‘shish, ya’ni yilni kabisali kilish kalendar
tarixida muhim masala bo‘lgan. Beruniy Xorazmda kabisali yylga o‘tish masalasiga ham to‘xtalib
o‘tib, ular ortikcha besh kunni oxirgi oyga ko‘shganliklari to‘grisida ma’lumot beradi.
Xorazmliklar bilan so‘g‘diylar yil boshini belgilash uchun ortiqcha kunlarni ko‘shishda bir xil
amal kilganlar. Xorazm kalendarida ham oyning har bir kuni (30 kuni) alohida nom bilan
yuritilgan. Beruniy Xorazm kalendaridagi oy kunlarining nomini ham berib o‘tadi. (Ushbu
ma’lumot Z.Rahmonqulovaning «Xronologiya» nomli o‘kuv ko‘llanmasidan olindi
3
.)

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling