Majmua pdf
Mesopotamiya kalendarlari
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Yordamchi tarix (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Nisanu 30 7.Tashritu 30 2. Ayru 29 8.Araxsamna 29 3. Sivanu 30 9.Kislivu 30 4. Duuzu 29
Mesopotamiya kalendarlari. Mesopotamiyadan topilgan yozma yodgorliklarda miloddan
avvalgi 2500 yilda shumerlar Oy-quyosh kalendarlaridan foydalan-ganlari to‘g‘risida ma’lumotlar saqlangan. Bobilda Hammurapi (miloddan avvalgi 1792-1750) hukmronligi davrida nafaqat ikki daryo oralig‘ida, balki Old Osiyodagi eng yirik siyosiy, madaniy markazga aylandi. Hammurapi bir 22 kancha islohotlar, jumladan, kalendar islohotini ham o‘tkazadi. U ikki daryo oralig‘idagi turli xil kalendarlarni bekor qilib, yagona kalendarni joriy etdi. Ur shahri kalendari butun Bobilda rasmiy kalendar sifatida qabul qilindi. Bu kalendar dastlab Oy kalendari bo‘lib, har bir yildagi toq oylar o‘tgiz, juft oylar yigirma to‘qqiz kunlik o‘n ikkita oydan iborat edi. Oylar shunday nomlangan: 1. Nisanu 30 7.Tashritu 30 2. Ayru 29 8.Araxsamna 29 3. Sivanu 30 9.Kislivu 30 4. Duuzu 29 10.Tebetu 29 5. Abu ZO I.SHaabatuZO 6. Ululu 29 12.Addaru 29 Oy nomlari bobilliklarning turmush tarzi bilan bog‘liq edi. «Nisanu»-harakat qilmoq, qadam tashlamoq, «Ayru»-yorqin, yorug‘, «Abu»-adovat, «Tashritu»-boshlanish, «Tebetu»-loyqa, «SHabatu»-vayronagarchilik (yomg‘ir natijasida), «Addaru»-bulutli degan ma’nolarni bildirgan. Bobilliklar kalendardagi «baxtli» va «baxtsiz» kun tushunchasiga katta e’tibor bergan. Ularda dastlab besh, so‘ngra etti kunlik haftalar bo‘lgan. Besh kunlik hafta «hamushtu» deb atalgan. Bobilliklar yarim kechasini kunning boshlanishi hisoblaganlar. SHuning uchun Quyosh botgandan so‘ng yangi Oy ko‘rinishi bilan oyning birinchi kuni boshlangan. Musulmon va yaxudiylarning ham kalendarlarida shu tamoilga amal kilingan. Bobilda Hammurapi xukmronligi davrida Oy kalendaridan Oy-kuyosh kalendariga o‘tildi. Ular aniq xisob-kitoblarsiz ko‘shimcha oylarni joriy qildi 4 .Ular ikkinchi ululu oyini qo‘shadi. Bobidda bu usul miloddan avvalgi .VI asrgacha ko‘llanilgan. Bobilda miloddan avvalgi VI asrga kelib Kleostat siklidan «oktaeterida»dan foydalangan. Unda sakkiz yilda uchta ikkinchi, beshinchi, sakkizinchi yillarda embolistik oylar joriy etiladi. Milodsan avvalgi IV asrga kelib Kleostat siklining o‘rnini Meton sikli egallaydi. Unda xar 19 yilda 7 ta (3, 6, 8, 11, 14, 17, 19 yillar) embolistik oy joriy kilinadi. Bobilda Oy-quyosh yili 22 mart 20 aprel oralig‘ida boshlangan. Mazkur Bobil kalendari keng tarqalgan. Uni miloddan avvalgi XII asrda Ossuriya, keyinroq Ahamoniylar, salavkiylar, parfiyaliklar qabul qilganlar. Qadimda Bobilda astronomiya fani taraqqiy etgan. Oy jismlari xarakatini kuzatish maqsadida minoralar (zikkuratlar) bunyod etildi. Miloddan avvalgi 700 yillarda Bobilda astronomiya fanidan «Mulapin» deb nomlangan darslik yaratiladi. Bobilda dastlabki vaqtlar eradan foydalanmagan. Voqealar podsho-larning xukmronligi davriga qarab xisoblangani bois noqulayliklar tug‘dirgan. Bobilda qabul qilingan dastlabki eng qadimgi era sifatida Nabonassar erasini (miloddanav.747-743 yillarda xukmronlik qilgan) aytishimiz mumkin. Nabonassar ajdodlaridan qolgan butun yodgorliklarni buzishga farmon berib, yangi erani boshlaydi (bu YUlian kalendari bo‘yicha miloddan avvalgi 747 yil 26 fevralga to‘g‘ri keladi). Nabonassar erasi bir qator davlatlarda qo‘llanilib kelingan. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling