Majmua pdf
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Yordamchi tarix (2)
Misr kalendari. Misr Quyosh kalendarining vatani hisoblanadi. Qadimdanoq bu o‘lka
olimlari Quyoshning yozgi tik turish davrini va eng yorug‘ yulduz Sirlus (Katta It turkumida) ning geliakik chiqishi (birinchi ko‘rinishi) davriga to‘g‘ri kelishini kuzatganlar. SHuningdek, ular Siriusning tong oldi chiqishi davri Nil daryosining toshqini boshlanish paytiga to‘g‘ri kelishini bilganlar. Qadimgi Misrliklar tabiatning mana shu uch hodisasiga (Quyoshning yozgi tik turishi, Siriusning chiqishi va Nilning toshqinini) ko‘ra yilni hisoblaganlar. Nilning toshqini boshlanishi misrliklar xo‘jalik hayotida katta ahamiyatga ega edi. CHunki, ayniqsa, boshoqli ekinlarning hosili shunga bog‘liq edi. Quyosh, Nil va Sirius qadimgi misrliklarning kalendari vazifasini o‘tagan edi. Nil daryosining birinchi toshishidan ikkinchi toshishigacha .bo‘lgan vaqg, Quyoshning ikki yozgi tik turishi orasidagi vaqg Sirius(Sotis)ning geliakik chiqishi oralig‘idagi vaqtlar Qadimgi misrliklarning asosiy vaqg birligi bo‘lib qoddi. Bu Sotis va Nil yili nomlarini oldi. Mazkur Misr kalendari tabiiy va anik edi. Unda bir yil 365 sutkaga (tropik yildan 0,25 sutka qisqa) teng edi. Bu kalendarda dastlab yil oylarga bo‘linmagan. U uchta mavsumdan iborat bo‘lgan. Bular «suv toshqini (Nil toshqini)», «hosil» (qishloq xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ullaniladigan davr), «yo‘qliq» (suvning kam vaqti, hosilni yig‘ish davri) mavsumlari deb atalgan. Birinchi mavsum Quyoshning yozgi tik turishdan oktyabrgacha, ikkinchi mavsum 3 Раҳмонқулова 3. Хронология. Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, - Т.: 2006. 88-89-6. 21 oktyabrdan-martgacha, uchinchisi martdan-iyungacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga olgan. Keyingi davrlarda oy tushunchasi paydo bo‘ldi va ular o‘n ikkitaga bo‘lindi. Har oy 30 kundan iborat edi. Demak, bir yil 360 kundan va besh ko‘shimcha kundan iborat bo‘lgan. Bu qo‘shimcha kunlarni yunonlar «epagamen» deb atadi. Miloddan avvalgi IV ming yillikda yaratilgan bu kalendarda dastlab, oylarning nomlari bo‘lmagan. Ular har bir mavsumga (4 oydan) bo‘lingan va shu bilan farklangan. Keyinchalik ular quyidagicha atalgan. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling