Majmua pdf


Rim papasi Grigoriy XIII ning kalendar isloxoti


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/85
Sana26.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1127786
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   85
Bog'liq
Yordamchi tarix (2)

Rim papasi Grigoriy XIII ning kalendar isloxoti. XVI asr o‘rtalariga kelib, kalendarni
isloh qilish masalasi kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo‘lib qoldi. 1582 yilda Rim papasi
Grigoriy XSH maxsus komissiya tuzdi, uning tarkibida Balon universiteti professori astronom va
matematik Ignatiy Danti (1536-1586) ham bor edi. Bu komissiyaga yangi kalendar loyihasini tuzish
vazifasi topshiriladi. Komissiya taqdim etilgan barcha kalendar loyihalarini ko‘rib chiqib, italiyalik
matematik va shifokor Aloiziy Luiji Lilio (1520-1576) loyihasini ma’kul topdi. Luiji Lilio Perudji
shahridagi universitetda meditsinadan dars bergan. Ushbu kalendar loyihasini uning o‘limidan so‘ng
ukasi Antonio Luiji nashr qiladi. Kalendar loyihasi papa Grigoriy XSH tomonidan qabul qilinadi va
kunni 10 kun oldinga surishga farmon beradi. Qabul qilingan loyihadagi tuzatishlar quyidagicha
edi:
1)1582 yil 4 oktyabr payshanba kunining ertasi 5 oktyabr emas, balki 15 oktyabr
juma kuni hisoblanadi. Bu bilan yuqoridagi 10 sutka xato tuzatilib, bahorgi teng kunlik 21
martga to‘g‘ri keldi.
2)Kelgusida yana shunday xato yig‘ilmasligi uchun 400 yilda 3 sutka kam hisoblanishi
kerak, buning uchun YUlian kalendarida 400 yilda 100 ta kabisa yili o‘rniga 97 ta kabisa yili
hisoblanadi. YUlian kalendarida asrni ifodalaydigan raqamlarning to‘rtga bo‘linmaydiganlari
kabisa yili emas, balki oddiy yil hisobldshga qaror qilindi. Masalan: 1600, 1700, 1800, 1900, 2000,
2100,2200, 2300, 2400 yillar YUlian kalendarida kabisa yillari, yangi xisob Grigoriy kalendarida esa
faqat 1600, 2000, 2400 yillari kabisa yillari, qolganlari oddiy yil, chunki 17,18,29,21,22,23 sonlari
to‘rtga bo‘linganda qoldiq koladi.
Grigoriy kalendarida yilning davomiyligi 365,242500 sutkani tashkil etib, tropik yilga
qaraganda har yili 26 116 eoniyaga ortib boradi va salkam 3300 yilda bu bir kunni tashkil qiladi.
Grigoriy kalendaridagi xatoning qiymatini aniqlash uchun dastlab kalendar yilining uzunligini
aniqlashimiz kerak bo‘ladi. Har 400 yilning 303 yili 365 kundan 97 yili esa 366 kundan iborat.
Demak, to‘rt asrda
303*365 + 97*366 = 110595 + 35502-146097
uni 400 ga bo‘lamiz.
146097:400 = 365.242500
Demak, Grigoriy kalendari tropik yildan 0.000305 sutka ortiq. Bu esa 3280 yildagi xato bir
sutka demaqdir. Grigoriy kalendarini yanada anik qilish mumkin. Buning uchun 4000 yilda bir
marta kabisa yili kamaytiriladi. Natijada 4000 yidda 1.22 sutka farq paydo bo‘ladi. Grigoriy
kalendarida YUlian kalendariga nisbatan kabisa yillarini hisoblash murakkab. Har ikkala vaqt
oralig‘idagi farqni hisoblashga kelsak, islox kilingan vaqtida farq 10 sutka bo‘lsa, 1700 yilning 29
fevralidan boshlab, bu farQ 11 sutka bo‘ladi, 1800 yilning 29 fevralidan boshlab esa 12 sutka,
1900 yilning 29 fevralidan boshlab, 13 sutkaga etdi. 2000 yilda har ikkala hisobda ham kabisa yili
bo‘lganligidan 13 sutka farq 2100 yilning 29 fevraligacha o‘zgarmay qoladi, undan so‘ng 14 sutka
bo‘ladi.
1973 yilda butun dunyoda Kopernikning 500 yillik yubileyi nishonlandi. Uning eski hisob
bo‘yicha 1473 yil 19 fevralda tug‘ilgani ma’lum. Lekin bizning bugungi kunda Grigoriy
kalendarini ishlatayotganimiz tufayli uni shu hisobga aylantirish zarur. Buni kanday hisoblaymiz?
17


XVI asrda ikki kalendar orasidagi fark 10 kun bo‘lgan va bugungacha davom etgan. Bunda 325
yilda Nikey soborida YUlian kalendarining qabul qilinganda bahorgi teng kunlik 21 martga to‘g‘ri
kelganligini ham unutmasligimiz kerak. Ikki kalendar o‘rtasidagi farkni 1 mart 1700 yildan
quyidagi jadvaldan bilishimiz mumkin.
Grigorian kalendarining kulaylik tomonlariga e’tibor qaratsak unda asosan yillar bir
sistemaga tushirilib ular bo‘yicha yuz yilliklar kiritildi.
1852 yil kalendar loyihasi qabul qilinganidan so‘ng dastlabki vaqtning o‘zida uni Grigorian
kalendari nomi bilan Fransiya, Italiya, Ispaniya, Janubiy Nederlandiya, Portugaliyada,
Lyuksemburgda XV asrning 80-yillari Polshada, SHvetsariya, CHexiya, Avstriya, Vengriyaning
katolik Kanton (viloyat)larida, 1610 yilda Polsha ta’siri ostida Prussiyada qabul kilindi. Protestant
davlatlar Grigorian kalendarini uzok yillar davomida qabul qilmay keldilar, ammo undagi aniqlik,
qulayliklar tufayli keyinchalik ko‘pgina davlatlarning tan oldilar. Ular Daniya, Norvegiya,
Germaniyada 1700 yilda joriy etildi. SHimoliy Nederlandiya 1707 yil, Angliyada 1752 yilda,
SHvetsiya va Finlyandiyada 1753 yil qabul kilindi. Imperator Iosif SHning dekreti bilan 1776 yilda
Germaniyaning so‘nggi protestant erlarida ham, 1812 yilda esa SHvetsariyada qabul qilindi.
1873 yildan boshlab Osiyo mamlakatlari ham Grigorian kalendarini qabul kila boshladilar.
Dastlab 1873 yilda YAponiya, 1911 yilda .Xitoy Grigorian kalendarini kabul qildi. Diniy farqlar
tufayli Bolkonda ushbu kalendarning qabul qilinishi biroz kechiqsi. 1916 yilga kelib Bolgariyada,
1919 yilda Ruminiyada va Serbiyada joriy kilindi. RSFSR sovnarkomining 1918 yil 28
yanvardagi dekreti bilan Rossiyada qabul kilindi. (dekretga muvofiq 1918 yil yil 31 yanvardan
so‘ng 1 fevral deb emas, balki 1918 yil 14 fevral deb belgilandi). 1924 yildan buyon Grigorian
kalendari YUnonistonda, 1927 yildan Turkiyada, 1928 yildan buyon esa Misrda ko‘llanilmoqda.
Ko‘pgina davlatlarda kabul qilingan zamonaviy quyosh kalendarlari Qadimgi Rim vaqt
hisobiga kiradi. Birinchi Rim kalendari Rimga asos solingan miloddan avvalgi USH asrdan
boshlangan. Yil kunlari 304 sutkadan iborat bo‘lgan, 10 ta oy mavjud bo‘lgan. Yil boshi 1-martdan
boshlangan. Iil nomlari tartib sonlardan olingan bo‘lib, faqat miloddan avvalgi VIII asrda ulardan 4
tasi individual nom olgg.m. Yilning birinchi oyi Martius, ya’ni urush xudosi Mars nomidan olingan.
Ikkinchi oy aprilis, lotin tilidan olingan, uchinchi oy ma’buda Mayya nomiga, to‘rtinchi oy
ma’buda YUnona sharafiga ko‘yilgan. Qolgan oylarni nomida tartib sonlar nomi sakdangan:
Kvintilis – beshinchi, Sekstilis – oltinchi, September – ettinchi, Oktouber – sakkizinchi,
November – to‘kkszinchi, Destember -o‘ninchi
Mart, may, kvintilis va oktouber 31 kundan iborat, qolgan oylar 30 kundan iborat.
Miloddan avvalgi VII asrda kalendar islohoti o‘tkazildi. Bu islohot Rimning yarim afsonoviy shohi
Numa Pompiliy nomi bilan bog‘likdir. Kalendar oy - quyosh kalendari bo‘lib qoldi. Ikkita yangi oy
yanvarius-ikki yuzli xudo YAnus sharafiga qo‘yilgan. YAnusni eshik xudosi ham deyishardi.
CHunki
eshik
ikki
tomonli bo‘lib, birisi yangi yilni kutib olsa, ikkinchisi eski yilni kuzatib qolardi. SHundan
boshlab yil boshi yanvar oyi hisoblangan. Ikkinchi oy Februs sharafiga qo‘yilgan. SHu ikki oy
hisobiga
yil
365
kunga
uzaytirildi:

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling