Majmuaviy yondashuv. Reja Kirish
Boshqaruvchilarga qo’yiladigan talablar
Download 30.26 Kb.
|
Pardayev nazarbek1
Boshqaruvchilarga qo’yiladigan talablar.
Menejmentning asosiy funktsiyalari boshqaruv jarayonlari bilan to’g’ridan-to’g’ribog’langan. Boshqaruvga jarayon sifatida qaraladi, shuning uchun ham, ish bo’yicha boshqalar yordamida maqsadlarga erishish, bu qandaydir bir marotabalik, vaqtin- chalik harakatlar emas, balki o’zaro bog’langan harakatlarning uzluksizligi va davomiyligidir.Bu harakatlar boshqaruv Boshqaruvning har bir funktsiyasiga muvofiq jarayonning to’xtab qolishi ham taqdim qilinishi mumkin, shuning uchun ham, funktsiyalar o’zaro bog’langan, o’zaro uzluksiz harakatlarning birligidan iborat. Boshqaruv jarayoni barcha funktsiyalarning yig’indisi hisoblanadi. Menejmentning eng to’liq mazmuni va mohiyati jarayon sifatida boshqaruvning umumiy sharoitlari ko’rinishidagi ijtimoiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar asosiy funktsiya- larni aks ettiradi Majmuaviy hududlar alohida ma’muriy tumanlar hududida umumiy xo’jalik yuritish rejimiga nisbatan alohida, imtiyozli rejim o’rnatish bilan tashkil qilinadi. Ularga Xitoyning 5 ta mahsus iqtisodiy hududlarini, Braziliyadagi «Manuas» hududini, Argentinadagi «Olovli yer»ni, sanoati rivojlangan davlatlarning kam rivojlangan hududlaridagi erkin tadbirkorlik hududlarini kiritish mumkin.Turli ko’rinishdagi erkin iqtisodiy hududlarning o’xshash tomonlari ularda o’zida tadbirkorlar uchun bojxona, moliyaviy, soliq imtiyozlari va umumiy rejimga nisbatan ustunliklar bo’lgan qulay investitsion iqlim mavjudligidadir. Turli hududlarda imtiyoz va rag’batlantirishlar ba’zi jihatlari bilan farq qiladi. Imtiyozlar to’rtta asosiy guruhga ajratiladi: Tashqi savdo imtiyozlari. Bu alohida bojxona-tarif rejimini kiritish (ekport-import bojlarini kamaytirish yoki bekor qilish) va tashqi savdo operastiyalarini amalga oshirish tartibini soddalashtirish; Soliq imtiyozlari. Bunda faoliyatning ma’lum ko’rinishlari soliq imtiyozlari orqali rag’batlantiriladi. Bu imtiyozlar soliq bazasi (daromad, mulk qiymati va h.k.), uning tarkibiy qismlari (amortizatsiya ajratmalari, ish haqiga xarajat, transport), soliq stavkalarining darajasi, soliqqa tortilishdan doimiy va vaqtinchalik ozod qilish masalalari; Moliyaviy imtiyozlar. U o’z ichiga turli shakldagi subsidiyalarni oladi. Ularga kommunal xizmatlarning arzonligi, er maydonlari va ishlab chiqarish binolari, ijara haqini kamaytirish, imtiyozli kreditlar berish kiradi; Ma’muriy imtiyozlar. Korxonalarni ro’yxatdan o’tkazish va xorijiy fuqarolar kirib-chiqishini engillashtirish, shuningdek turli xizmatlar ko’rsatish maqsadida ma’muriyat tomonidan maxsus hududlar ajratilishi. Erkin iqtisodiy hududlar tashkil qilishning jahon tajribasi ularning umumiy yutuqlari, umumiy xususiyatlari va rivojlanishining o’ziga xos tomonlari haqida ma’lum bir xulosalar chiqarishga imkon beradi. Sanoati rivojlangan davlatlardagi erkin iqtisodiy hududlar yaxshi rejalashtirilganligi va ularni boshqarishning moslashuvchanligiga bog’liqdir. Bu hududlarni tashkil qilish ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan juda foydali bo’lib, ko’plab ish o’rinlarini tashkil qilishda, xalqaro tovar ayirboshlashni jonlantirishda, tashqi savdo aloqalari natijalarini yaxshilashda, ilmiy-ishlab chiqarish salohiyatini oshirishda katta rol o’ynaydi. Rivojlanayotgan davlatlardagi erkin iqtisodiy hududlar ham o’ziga xos qator o’xshashliklarga egadirlar. Download 30.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling