Majmuaviy yondashuv. Reja Kirish
Download 30.26 Kb.
|
Pardayev nazarbek1
Birinchidan, bu davlatlarda eksport-ishlab chiqarish hududlari (EIChH) keng tarqalgan. Yuqorida aytilganidek, EIChH tashkil qilishga qator iqtisodiy sabablar, avvalambor, eksport uchun sanoat tovarlari ishlab chiqarishni rivojlantirish, mamlakatga xorijiy kapital, ilg’or fan va texnika, zamonaviy texnik axborotlar jalb qilish zaruriyati kabi sabablar turtki bo’ladi.
Ikkinchidan, erkin iqtisodiy hududlardagi xo’jalik yuritish rejimi xorijiy ishbilarmonlar uchun erkinroq va imtiyozli bo’ladi. Bu erkin iqtisodiy hududlar orasida xalqaro raqobatning kuchayishi bilan bog’liqdir. Uchinchidan, erkin iqtisodiy hududlar faoliyati davomida ular faoliyatining tovar-sanoat diversifikatsiyasi ro’y beradi. Zamonaviy ITI yangi va yuqori texnologiya ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan ilmtalab ishlab chiqarish jamlangan erkin iqtisodiy hududlarni ilgor o’rinlarga olib chiqadi.Rivojlanayotgan davlatlar orasida Xitoyda maxsus iqtisodiy hududlar sezilarli rivojlandi. 80-yillarning boshlarida maxsus hududlarga birlashtirilgan kichik-kichik hududlar bilan boshlagan Xitoy hukumati 90-yillarning boshlarida bunday hududlarni yuzlab kvadrat kilometrga yoydi. Mamlakatda va xorijda mashhur bo’lgan «Shenchjen», «Chjuxay», «Syamen», «Shantou», «Xaynan»dan tashqari mamlakatda texnik-iqtisodiy hududlar (yigirmadan ortiq) va yangi va yuqori texnikani rivojlantirish hududlari - texnoparklar ham sezilarli rivojlandi. Shanxaydagi «Pudun» iqtisodiy rivojlanish hududiga alohida rol ajratilgan. Bu loyihaga ko’ra «Pudun» hududi bir necha o’n yil mobaynida Shanxayni Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi yirik savdo va moliyaviy markazga aylantiradi.Erkin iqtisodiy hududlar tashkil qilish Xitoy hukumati tomonidan 70-yillar oxirida e’lon qilingan «ochiq eshiklar» tashqi iqtisodiy siyosatning tashkiliy bir qismi bo’lib qoldi. Erkin iqtisodiy hududlar rivojlantirish modelini tanlashda Xitoy rahbariyati mamlakatning joriy ehtiyojlari va bunday hududlar tashkil qilishning xorijiy tajribalarini e’tiborga oldi. Singapur, Tayvan va AQSh tajribasi alohida e’tibor bilan o’rganildi. Erkin iqtisodiy hududlar tashkil qilishga tayyorgarlik davrida ular faoliyatining bir necha variantlari taklif qilindi. Natijada eksportga, xorijiy kapitalni jalb qilishga, shuningdek, ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshilashga yunaltirilgan EIH tanlab olindi. Maxsus iqtisodiy hududlar «ochiq eshiklar» siyosatini amalga oshirgan holda, mamlakatning boshqa tumanlarini bog’lab turuvchi rolini o’ynay boshladi. Xitoydagi maxsus iqtisodiy hududlar va boshqa imtiyozli investitsion iqlimdagi tumanlar faoliyatining amaliyoti shubhasiz muvaffaqiyatga erishdi. Xitoylik va xorijiy mutaxassislar EIH erishgan yutuqlar qatoriga avvalo, barqaror iqtisodiy o’sish sur’ati, hududlarga ko’p miqdorda xorijiy investistyalarning jalb qilinishi, mehnat unumdorligining sezilarli o’sishi va nihoyat, aholi turmush darajasining o’sishini kiritishadi. Erkin iqtisodiy hududlar muvaffaqiyati haqida guvohlik beruvchi misollardan tashqari ularni tashkil qilishda muvaffaqiyatsizlikka ham uchragan. Masalan, Shri Lanka, Gvatemala, Liberiya, Senegal va boshqa davlatlarda turli ko’rinishdagi erkin iqtisodiy hududlar nafaqat muvaffaqiyatsizlikka uchradi balki umuman faoliyatini to’xtatdi. Buning asosiy sabablariga siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy sabablarni ko’rsatish mumkin. Siyosiy sabablar mamlakatdagi umumiy siyosiy beqarorlik, fuqarolar kelishmovchiliklari va boshqalardir. Iqtisodiy sabablarga avvalo, erkin iqtisodiy hududlardagi investor nuqtai nazaridan juda murakkab investitsion rejim haqidagi qonunchilik kiradi. EIHdagi byurokratik bashqaruv, hududda investorlarni ro’yxatga olishda kerak bo’lmagan jarayonlar mavjudligi, hudud ustunliklarini yomon reklama qilinishi ham erkin iqtisodiy hududlar taqdiriga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Davlat va jamiyat hayotida xotin-qizlarning ishtirokini hamda tashabbuskorligini yanada oshirish, oila institutini mustahkamlash tobora dolzarblik kasb etib bormoqda. Shu nuqtayi nazardan keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar va oilalar muammolari bilan ishlashni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Prezidentimizning joriy yil 30-iyunda qabul qilingan “Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga koʻtarish hamda xotin-qizlarni kasbga oʻrgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bu boradagi ishlar natijadorligini taʼminlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Qarorda har bir mahallada mavjud ijtimoiy muammolarni aniqlash va manzilli hal etishga kompleks yondashish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga «oilabay» yondashuv tizimini joriy etish, koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifatini oshirish, bunga javobgar boʻlgan vazirlik va idoralarning masʼuliyatini kuchaytirish hamda xotin-qizlarni kasbga oʻqitish tizimini yanada rivojlantirish vazifalari aniq koʻrsatib oʻtildi. Jumladan, bundan buyon har bir oila muammosi mahalladagi xotin-qizlar faoli tomonidan koʻrib chiqilib, ijtimoiy himoya dasturi roʻyxatiga kiritilgan 70 dan ortiq ijtimoiy yordamlardan tegishlisi aynan mijoz ( oila yoki oila aʼzolarining biriga) muammosidan kelib chiqib koʻrsatiladi. Ish jarayonida murojaatchi muammolari birlamchi va majmuaviy baholash bosqichida aniqlanib, ijtimoiy xizmatlar rejasi tuziladi. Aytaylik, ehtiyojmand oila yoki murojaatchi bir martalik yordam yoki oson hal qiladigan masala yuzasidan yordam soʻrashi mumkin. Bunday holatlar yuqoridagi qarorga muvofiq ishlab chiqilgan chora-tadbirlar roʻyxatida “past darajadagi xatar” hisoblanadi. Agar muammolar ikki yoki undan ortiq boʻlsa, bu “oʻrta darajadagi xatar” deya baholanadi. Bunga ishga kirish, bolasini bogʻchaga joylashtirish va moddiy yordam olish bilan bogʻliq holatlar misol boʻlishi mumkin. Oilada muammolar toʻrt va undan ortiq ekanligi aniqlansa, yaʼni oilaviy zoʻravonlik, spirtli ichimlikka mukkasidan ketish, ishsizlik, muqim turar-joy yoʻqligi va boshqa shu kabi jiddiy muammolar “yuqori darajadagi xatar”ga kiritiladi. Mahallada majmuaviy ijtimoiy xizmat koʻrsatish jarayonida mijoz ehtiyojlarini aniqlash, unga tegishli xizmat koʻrsatish hamda belgilangan xizmatlarni koʻrsatuvchi idoralar faoliyatini muvofiqlashtirib borishga bevosita MFYdagi xotin-qizlar faoli masʼul hisoblanadi. Bir soʻz bilan aytganda, mahallalardagi xotin-qizlar faoli endilikda har bir oila va uning aʼzolari muammolarini kompleks oʻrganib, uning sabab va natijalari ustida ishlaydi. Tegishli tashkilotlar hamkorligida oilaviy muammolarning tizimli ijrosi taʼminlanishini nazoratga oladi. Yangi tizimni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish maqsadida ijtimoiy xizmatlarni joriy qilishni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika va hududiy shtablar tuzildi. Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi hamda YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida poytaxtimizda mamlakatning har bir hududidan 28 nafar tajribali mutaxassislar uchun maxsus oʻquv-malaka kurslari tashkil etildi. Ana shu oʻquv kursi ishtirokchisi sifatida men ham viloyatning har biri hududida xotin-qizlar faoli, yaʼni keys-menejerlar faoliyatini toʻgʻri tashkillashtirish va samarali ish olib borishlari uchun koʻmaklashishga, davlatimiz rahbari tomonidan oila institutini rivojlantirishga doir belgilab berilgan vazifalarning amaliy isbotini topishi uchun oʻz hissamni qoʻshishga harakat qilaman. Ijrochilarni rag'batlantirish resurslarni talab qiladi, ular rejalashtirilgan taqsimot paytida taqdim etilishi kerak. Tashkilot boshqaruv funktsiyasi sifatida ishlab chiqilgan rejalarning bajarilishini ta'minlashi kerak. Shu bilan birga, tashkiliy tuzilmaning o'zi ham rejalashtirish natijasidirAytaylik, ehtiyojmand oila yoki murojaatchi bir martalik yordam yoki oson hal qiladigan masala yuzasidan yordam soʻrashi mumkin. Bunday holatlar yuqoridagi qarorga muvofiq ishlab chiqilgan chora-tadbirlar roʻyxatida “past darajadagi xatar” hisoblanadi Download 30.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling