Ekilish mintaqalari. Makkajo‘xori juda keng tarqalgan. Uni tropik mamlakatlardan boshlab Skandinaviya orollarigacha uchratish mumkin. 0‘zbekistonda asosan sug‘oriladigan yerlarda doni va silos uchun asosiy, takroriy, ang‘iz ekini sifatida yetishtiriladi.
Ekilish maydonu Dunyo dehqonchiligida 2004-yilda makkajo‘xori
min ga maydonga ekilgan. Ekilish maydonlari keyingi yillarda ortdi. Dunyoda eng ko‘p makkajo‘xori ekiladigan davlat AQSH, unda 29—30 min ga maydonga ekiladi. Dunyo bo‘yicha yetishtiriladigan makkajo£xori donining 2/3 qismi AQSHga to‘g‘ri keladi. 2004-yili dunyoda
min tonna makkajo‘xori doni yetishtirildi, hosildorlik 53,4 s/ga. Osiyo mamlakatlarida 90 min tonna yetishtiriladi.
0‘zbekistonda makkajo‘xori 1990-yilgacha sug‘oriladigan yerlarda 250—300 ming ga maydonga ekilgan va yalpi makkajo‘xori don hosili 1,5—1,8 min tonnaga yetgan. 2001-yilda 90 ming gektarga ekilgan. Hosil- dorligi 34—36 s/ga.
Eng yuqori hosil AQSH da 222 s/ga yetgan. 0‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlarda 100—110 s/ga don hosili, 800—1000 s/ga silos massasi yetishtirish mumkin. Ilg‘or xo‘jaliklar katta maydonlarda 80—100 s/ga don hosili yetishtirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |