4- rasm. Mandell-Flemingning Y-r modelida muvozanatga erishish mexanizmi.
Bunday vaziyatda ikki variant yuzaga keladi:
1.Almashinuv kursi juda past bo'lganligi sababli IS va LM egri chiziqlari jahon foiz stavkasidan yuqorida kesishadi(4, a rasm). Bunday vaziyat chet ellik investorlarni mazkur mamlakat iqtisodiyotiga kapital kiritishga rag„batlantiradi. Natijada mamlakatning valutasi kursi ko'tariladi va IS egri chizig„i pastga siljiydi.
2. IS va LM egri chiziqlari ichki foiz stavkasi jahon foiz stavkasidan past bo„lgan nuqtada kesishadi(16.4, b rasm). Bunday vaziyatda mazkur mamlakat investorlari kapitallarini xorijga olib chiqib ketishdan manfaatdor bo„lishadi. Natijada milliy valutaning almashinuv kursi pasayadi va IS egri chizig„i yuqoriga siljiydi.
Shunday qilib muvozanat LM egri chizig„ining gorizontal liniya bilan kesishish nuqtasida jahon foiz stavkasi darajasida o„rnatiladi.
Mandell-Flemingning Y-e modeli 5.- va 6. -rasmlarda tasvirlangan.
5-rasmda vertikal o„qda almashinuv kursining turli darajalari, gorizontal o„qda esa daromadning miqdorlari tasvirlangan. Foiz stavkasi o„zgarmas va jahon foiz stavkasiga teng deb tasavvur qilinadi. Bunday vaziyatda grafikda ikki tnglama tasvirlanadi:
1) Y=C(Y-T)+I(r*) +G+Xn(e), IS;
2) M/P= L(r*,Y), LM*.
Iqtisodiyotda muvozanat IS va LM egri chiziqlarining kesishish nuqtasida ta‟minlanadi. Bu kesishish nuqtasi almashinuv kursi va daromadning darajalarini aks ettiradi.
Grafikda tovar bozoridagi (IS*) va pul bozoridagi(LM*) muvozanat tasvirlangan. Jahon foiz stavkasi belgilab berilgan sharoitda LM* tenglamasi yalpi daromadni almashinuv kursiga bog„liq bo„lmagan holda qayd etadi.
5-rasm. Mandell-Flemingning Y-e modeli
6-rasm. Mandell-Flemingning Y-e modeli
6-rasmda LM egri chizig„i gorizontal liniya bilan belgilangan jahon foiz stavkasi r* ga teng bo„lgan holatda aks ettirilgan. Bu egri chiziqlar birgalikda almashinuv kursiga bog„liq bo„lmagan daromad darajasini aniqlab beradi.
7-rasmda LM* egri chizig„i qanday qilib vertikal liniya ko„rinishini olishi aks ettirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |