Mаkrоiqtisоdiy mоdеllаr. Аsоsiy mаkrоiqtisоdiy mоdеllаrning qiyosiy tаhlili


Kеynsning mаkrоiqtisоdiy muvоzаnаt mоdеli


Download 159.19 Kb.
bet17/38
Sana22.02.2023
Hajmi159.19 Kb.
#1219809
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38
Bog'liq
makrodan mustaqil talim

Kеynsning mаkrоiqtisоdiy muvоzаnаt mоdеli

1936 yili ingliz iktisodchisi Jon Meynard Keyns kapitalizm iktisodiyotiga yangi, ish bilan bandlik nazariyasini kiritadi. U o`zining «Pul, foiz va ish bilan bandlikning umumiy nazariyasi» asarida yangicha iktisodiy muvozanat nazariyasini izoxlab berdi. Keyns makroiktisodiy muvozanatga to`lik bo`lmagan bandlik sharoitida xam erishish mumkinligini, to`la ish bilan bandlik konuniy xolat emasligini, balki tartibga solinmagan iktisodiyotda tasodifiy ro`y berishigina mumkinligini isbotlab berdi. SHuningdek, bu nazariyada iktisodiyotdagi tebranishlar fakat urush, tabiiy ofat va shu kabi vaziyatlargagina boglik emasligini, balki u tinchlik yillarida xam ichki omillarning salbiy okibatlaridan kelib chikishi mumkinligi asoslagan. Ishsizlik va inflyatsiyaning kelib chikishi investitsiya va jamgarmalarga bevosita boglik. Narxlarning oshishi va ish xakining pasayishi boshka salbiy omillar bilan birga iktisodiyotning bekarorligiga olib keladi. Bunday nomutonosibliklar rejalashtirilgan investitsiyalar va jamgarmalarning bir-biriga mos kelmasligi tufayli ro`y beradi.


Bunga sabab birinchidan, jamgarish va investitsiyalash to`grisidagi karorlarni xar xil guruxlardagi odamlar turli maksadlarda kabul kilishi bo`lsa. ikkinchidan, jamgaruvchilar va investorlarni jamgarish va investitsiyalashga turlicha sabablar undaydi. Keynschilar fikricha, jamgarma va investitsiyalar bitta omilga boglik bo`lmagan xolda turli sabablar asosida amalga oshiriladi. Masalan, kishilar kiymati o`zining ish xaki mikdoridan ortik bo`lgan maxsulotlarni sotib olish uchun, masalan avtomobil’ yoki televizor xarid kilish uchun jamgarishadi. Jamgarmalar biror shaxs yoki oilaning kelajakdagi iste`molini kondirish maksadida, ya`ni, uy xo`jaliklari oila boshligining nafakaga chikkandan keyingi xayotini yoki bolalari kelajagini ta`minlash maksadida amalga oshiriladi. Bundan tashkari jamgarmalar tasodifiy vaziyatlarda foydalanish maksadida xam amalga oshiriladi.
Investorlarni investitsiya kilishga undovchi sabablar esa foiz stavkasi bilan birga kutilayotgan sof foyda normasi xamdir. Klassiklar nazariyasi bo`yicha jamgarma va investitsiyalar mikdorini aniklaydigan asosiy omil foiz stavkasi xisoblanadi. Agarda, u oshsa, uy xo`jaliklari kamrok iste`mol kilib, ko`prok jamgarishga xarakat kilishadi. Uy xo`jaliklarida jamgarmalarning ko`payishi kredit narxlarining kamayishiga olib keladi. Bu esa o`z vaktida investitsiyaning o`sishini ta`minlaydi. Keynschilar fikricha esa, foiz stavkasi emas, balki axolining ixtiyoridagi daromadi iste`mol va jamgarish dinamikasini belgilab beradi. Keltirilgan nazariy asoslarga tayangan xolda Keyns o`zining makroiktisodiy muvozant modelini ishlab chikdi. Xaqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar. Ishlab chikarishning kamayishi natijasida mumkin bo`lgan yo`kotishlarning oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. SHuning uchun xam Keynsning iktisodiy nazariyasini ko`p xollarda jami talab nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab komponentlari, ayniksa investitsiyalarning o`zgarishi makroiktisodiy bekarorlik sabablaridan biridir.
Xaqiqiy investitsiyalar rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan investitsiyalar mikdorini o`z ichiga oladi. Rejalashtirilmagan investitsiyalarga tovar – moddiy zaxiralariga (TMZ) investitsiyalardagi kutilmagan o`zgarishlar kiradi. Ushbu rejalashtirilmagan investitsiyalar tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamgarma va investitsiyalar mikdorining o`zaro bir-biriga mos kelishiga olib keladi va makroiktisodiy muvozanatni ta`minlaydi. Rejalashtirilgan xarajatlarga uy xo`jaliklari, firmalar, davlat va tashki dunyoning maxsulot va xizmatlarni sotib olishga mo`ljallagan xarajatlari kiradi. Firmalar tomonidan ishlab chikarilgan maxsulotlarni sotishdagi kutilmagan o`zgarishlar tovar moddiy zaxirasiga rejalashtirilmagan investitsiyalar kilishga olib kelsa, xakikiy xarajatlar rejalashtirilgan xarajatlardan farq kiladi.
Rejalashtirilgan xarajatlar funktsiyasi :E=S+ I +G+Xp ko`rinishiga ega. Dekmak uning grafigi iste`mol funktsiyasi (S=a+ v (U-T) ) grafigiga nisbatan I+G+Xp mikdorda yukoriga surilgan bo`ladi. Keltirilgan Xp -sof eksport bo`lib, uning funktsiyasi esa kuyidagi ko`rinishga ega:
Xp = g - m’Y
Bu erda : g – avtonom sof eksport;
m’ - importga chegaralangan moyillik; Y – daromad.
Importga chegaralangan moyillikimport xarajatlaridagi o`zgarish mikdorini bunga sabab bo`lgang daromadlardagi o`zgarish mikdoriga bo`lib topiladi.
m’ = ΔM / ΔY;
ΔM - importga xarajatlarning o`zgarishi; ΔY - daromadlarning o`zgarishi.
YAlpi daromadlarning oshishi bilan import xam oshadi. CHunki, bunda iste`molchilar va investorlar xam milliy xam import maxsulotlarga bo`lgan xarajatlari mikdorini oshiradilar. Ayni paytda mamlakatning eksporti xajmi shu mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) mikdoriga bevosita boglik bo`lmaydi, balki tovar olib chikib ketayotgan mamlakatning yalpi daromadlari o`zgarishiga boglik bo`ladi. SHuning uchun xam mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) o`zgarishi bilan sof eksport (Xp) o`rtasidagi bogliklik salbiydir va sof eksport funktsiyasida minus ishorasi bilan belgilanadi. Keynsning makroiktisodiy muvozanat modelini ko`rib chikish jarayonini soddalashtirish uchun sof eksport mikdori yalpi daromadlar (Y) o`zgarishiga boglik emas deb olinadi. SHuning uchun sof eksport to`ligicha avtonom xarajatlar mikdoriga ko`shiladi, ya`ni avtonom xarajatlar (S + I + G +Xp) yigindiga teng deb olinadi.

Pul bоzоridа muvоzаnаt


Pul bozori modeli pulga talab va taklifni birlashtiradi. Dastlab, soddalik uchun pul taklifi Markaziy Bank tomonidan nazorat qilinadi va (M/P)s darajasida qayd qilingan deb olamiz. Agarda M -pul taklifini, P-narxlar darajasini bildirsa, M*/P* pul vositalarining real zahirasi miqdorini ko`rsatadi. (M/P) s = M*/P*


Bu yerda: M - pul taklifi darajasini bildiradi; P – baholar darajasi (ushbu modelda ekzogen o`zgaruvchi )ni ko`rsatadi.
O`zgarib turuvchi foiz stavkasi pul bozorini muvozanatda ushlab turadi. Foiz stavkasining o`zgarishi natijasida iqtisodiy agentlar o`z aktivlari tarkibini o`zgartirgani tufayli pul bozorida muvozanatga erishish uchun vaziyatga ta‘sir etib uni o`zgartirish zarur va mumkindir. Iqtisodiy agentlar o`zlarida to`planib qolgan ortiqcha naqd pullarni aksiya va obligatsiyalarga aylantirib, ulardan qutilishga intilishadi. Arzon obligatsiyalarni (kelajakda foiz stavkasi pasayishi oqibatida ular kursi o`sishini ko`zda tutib) sotib olish foydali bo`ladi.
Banklar, Ms> Md bo`lgani uchun foiz stavkasini pasaytira boshlaydi. Asta-sekin iqtisodiy agentlar o`z avtivlari tarkibini o`zgartirishi va banklar tomonidan foiz stavkasining o`zgartirilishi oqibatida pul bozorida muvozanat tiklanadi. Foiz stavkasi pasayib ketgan holatda teskari jarayon ro`y beradi.
Foiz stavkasi va pul massasi muvozanatli darajasining o`zgarib turishi pul bozorining ekzogen o`zgaruvchilari – daromadlar darajasi va pul taklifining o`zgarishi natijasida ham ro`y beradi. Pul taklifining kamayishi ham foiz stavkasining ko`tarilishiga va muvozanat nuqtasining o`zgarishiga olib keladi.
Pul bozorida muvozanatni o`rnatish va saqlab turish mexanizmi qimmatli qog`ozlar bozori rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida muvafaqqiyatli amal qiladi. Pul bozoridagi muvozanat tovarlar va xizmatlar bozoridagi muvozanat singari makroiqtisodiy muvozanatning muhim tarkibiy qismidir.

Download 159.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling