Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash


Download 349.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana01.03.2023
Hajmi349.25 Kb.
#1238938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli Kurs ishi (2)

 
 



3. Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar.
Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin bo`lgan yo`qotishlarning 
oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. 
Shuning uchun ham Keynsning iqtisodiy nazariyasini ko`p hollarda jami talab 
nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab komponentlari, ayniqsa investitsiyalarning 
o`zgarishi makroiqtisodiy beqarorlik sabablaridan biridir. 
Haqiqiy investitsiyalar rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan investitsiyalar 
miqdorini o`z ichiga oladi. Rejalashtirilmagan investitsiyalarga tovar – moddiy 
zaxiralariga (TMZ) investitsiyalardagi kutilmagan o`zgarishlar kiradi. Ushbu
rejalashtirilmagan investitsiyalar tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamg’arma va 
investitsiyalar miqdorining o`zaro bir-biriga mos kelishiga olib keladi va 
makroiqtisodiy muvozanatni ta`minlaydi.
Rejalashtirilgan xarajatlarga uy xo`jaliklari, firmalar, davlat va tashqi 
dunyoning mahsulot va xizmatlarni sotib olishga mo`ljallagan xarajatlari kiradi. 
Firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdagi kutilmagan 
o`zgarishlar tovar moddiy zaxirasiga rejalashtirilmagan investitsiyalar qilishga olib 
kelsa, haqiqiy xarajatlar rejalashtirilgan xarajatlardan farq qiladi.
Rejalashtirilgan xarajatlar funktsiyasi :E=S+ I +G+Xp ko`rinishiga ega. 
Demak ,uning grafigi iste`mol funksiyasi (S=a+ v (U-T) ) grafigiga nisbatan
I+G+Xp miqdorda yuqoriga surilgan bo`ladi. Keltirilgan Xp -sof eksport bo`lib, 
uning funksiyasi esa quyidagi ko`rinishga ega:
Xp = g - m’Y 
Bu yerda :g – avtonom sof eksport; 
m’ - importga chegaralangan moyillik; Y – daromad. 
Importga chegaralangan moyillik import xarajatlaridagi o`zgarish miqdorini 
bunga sabab bo`lgan daromadlardagi o`zgarish miqdoriga bo`lib topiladi.

Download 349.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling